Taʼtillar



Download 17,21 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi17,21 Kb.
#790788
Bog'liq
Taʼtil hisoblash tartibi. GLOSSARIY





  1. Taʼtillar (Oʻzbekiston Respublikasida) — xodimlarga ish joyi (lavozimi) va ish haqi saqlangan holda har yili dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun beriladigan vaqt.

  2. Yillik mehnat taʼtilining eng kam muddati - Mehnat kodeksida yillik mehnat taʼtilining muddati kamida 15 ish kunidan iborat etib belgilangan.

  3. Yillik uzaytirilgan taʼtil - Ayrim toifadagi xodimlarga ularning yoshi, sogʻligʻini hisobga olib, yillik uzaytirilgan T. beriladi. Chunonchi, 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga, ishlayotgan 1 va 2guruh nogironlariga T. 30 kalendar kun, oʻqituvchilarga 48 ish kuni, i.t. muassasalari kichik va katta ilmiy xodimlariga 24—48 ish kuni, sudyalarga 36 ish kuni qilib belgilangan. 

  4. Qoʻshimcha taʼtil - Mehnat krnunchiligida ayrim toifa xodimlar uchun qoʻshimcha T. berish nazarda tutilgan va tegishli qonun hujjatlarida kafolatlangan. Qoʻshimcha T. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sogʻliqni saklash vazirligi tomonidan tasdiklangan mehnat sharoitlarini baxolash uslubiyati asosida belgilanadi.

  5.  Qoʻshimcha taʼtil qanday holatda beriladi - Ishning alohida tusda ekani, shuningdek, oʻta zararli va oʻta ogʻir mehnat sharoiti uchun qoʻshimcha taʼtilning eng kam muddati, uni berish shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida" 1997-yil 11 martdagi 133sonli qaroriga muvofiq belgilangan.

  6. Taʼtil davrida bayram kuni - Taʼtil davriga bayram kunlari toʻgʻri kelib qolsa, taʼtil muddatini hisoblashda bu kunlar hisobga olinmaydi.

  7. Mehnat kodeksining 142-moddasi - Yillik asosiy taʼtilni olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqarish tartibi Mehnat kodeksining 142-moddasida koʻrsatilgan.

  8. Yillik asosiy taʼtilni olish - Qoidaga koʻra, yillik asosiy taʼtil 1ish yili uchun 6 oy ishlagandan keyin beriladi. Taʼtil berish vaqti haqida xodim taʼtil boshlanishidan kamida 15 kun oldin xabardor kilinishi kerak.

  9. Mehnat kodeksining 250-moddasi - Ayrim toifa xodimlarga taʼtil ularning xohishiga koʻra, yozgi yoki ular uchun qulay boʻlgan boshqa vaqtda berilishi mumkin (Mehnat kodeksi, 250modda). 

  10. Taʼtilni qismlarga boʻlish - xodimning xohishiga koʻra, uning yozma arizasiga asosan taʼtilni qismlarga boʻlishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda taʼtilning foydalaniladigan bir qismi 12 ish kunidan kam boʻlmasligi lozim. Ayrim toifa xodimlarga ish haqi saklanmagan holda mehnat taʼtili berish nazarda tutilgan. 

  11. Taʼtilda hodim ishga chaqirilsa - Taʼtildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

  12. Yillik T. Davrida haq toʻlash - Yillik T. davri uchun xodimga oʻrtacha ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda haq toʻlash kafolatlanadi. Taʼtil haqi jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda, lekin taʼtil boshlanmasdan oldingi oxirgi ish kunidan kechiktirmay toʻlanadi.

  13. Ijtimoiy taʼtil - Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida ijtimoiy T. ham berish nazarda tutilgan. Bunday T.ni berish tartibi va miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11 martdagi 133-sonli qarorida koʻrsatilgan. 

  14. Ijtimoiy taʼtil qanday hollarda beriladi - xodim quyidagi ijtimoiy T. olish huquqidan foydalanadi: xrmiladorlik va tugish T.i (233modda); bolalarni parvarishlash T.i (232, 234, 235moddalar); oʻqish bilan bogʻliqT. (252256moddalar); ijodiy T. (258modda).

  15. Oilaviy sayohatlar uchun taʼtil - 2021-yil ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston respublikasi prezidenti qarori bilan „oilaviy sayohatlar uchun“ taʼtil turi ham joriy etildi.

  16. Bayram kuni bu - muhim voqealarga bagʻishlangan, anʼana sifatida nishonlanadigan, ish kuni hisoblanmaydigan kunlar.

  17. Bayram kunlari - Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagi kunlar bayram (dam olish) kunlari deb belgilangan: 1-yanvar — Yangi yil; 8-mart — Xotin-qizlar kuni; 21-mart — Navroʻz bayrami; 9-may — Xotira va qadrlash kuni; 1-sentabr — Mustaqillik kuni; 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni; 8-dekabr — Konstitutsiya kuni; Roʻza hayiti (Iyd al-Fitr)ning birinchi kuni; Qurbon hayiti (Iyd al-Adha)ning birinchi kuni.

  18. 6 oy oʻtmasdan taʼtil beriladigan hodimlar – jumladan, ayollarga — homiladorlik va tug‘ish ta’tili oldidan yoki undan keyin; 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga va h.kazolar.

Download 17,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish