Xalqaro xotin-qizlar kuni



Download 50.54 Kb.
Sana21.01.2017
Hajmi50.54 Kb.
8-MART--- “XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI” ga bag`ishlab o`tkazilgan “MUQADDASSAN , AYOL!” mavzusidagi ma`naviyat saboqlari uchun ssenariy

Tadbir o`tkaziladigan sahna bahoriy bezaklar : gul , lola, boychechak hamda qaldirg`och aplikatsiyalari bilan bezatilgan. Sahna po`parasiga bayramga bag`ishlangan rasm va devoriy gazeta ilib qo`yiladi.

1- boshlovchi: Har salomning salmog`i alik bilan o`lchanur,

Olamning jilmayishi quyosh bilan o`lchanur.

Kulib tursa toleing , dilbarlikdan dil yonur,

Assalomu alaykum , yongan dillar xush ko`rdik.

2-boshlovchi: Bu dunyoda har tongdan oftob so`rab yashaylik,

Tunni qora demasdan , mohtob so`rab yashaylik.

Keling , ko`ngil ko`zini nurga o`rab yashaylik,

Assalomu alaykum, yorug` kunlar xush ko`rdik.

Assalomu alaykum , muhtarama ustozlar hamda bir – biridan go`zal qizlar! Sizlarni 8-mart – “Xalqaro xotin- qizlar bayrami “ bilan muborakbod etgan holda navbatdagi “MUQADDASSAN, AYOL!” mavzusidagi ma`naviyat kechamizni e`tiboringizga havola etamiz. Marhamat , tinglang va tomosha qiling.

Furqatning “Fasli navbahor o`ldi…” g`azaliga bastalangan qo`shiq sadolari ostida 4 nafar qizlar davraga chiqib , raqs ijro etiladilar.

1-o`quvchi: Ayollarni , qizlarni bahorga qiyoslashadi , bahorni ularga. Go`zallik , nafosat , yangilanish , hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg`unlashib ketadi.

2-o`quvchi: Garchi Aflotun yaralmagandur ayol,

Ammo Aflotunga ham bahsh etgan kamol.

Berishibdi donishmandga bir savol:

(2-o`quvchi she`rini aytayotganda sahnaga Aflotun va uning shogirdi qiyofasidagi ikki o`quvchi chiqadi.)



Shogird : Javob bering , ey ustoz , agar bo`lsa bemalol,

Aytib bering bizlarga “AYOL” so`zin ta`rifin?



2-o`quvchi: Shunda debdi donishmand savolga javob aylab,

Har bir harf ta`rifin aylabdi kitob aylab.



Aflotun: A -- degani alloma , mehr , vafo muhabbat,

YO -- degani yoronlar , ayol jonlarga rohat ,

L -- degani latofat , ayol so`zi bir jahon!

  1. Ayol - bu shirin xayol va iffat ramzi!

  2. Ayol - bu har birimizning birinchi ustozimiz!

  3. Ayol - bu muunis opa- singillarimiz!

  4. Ayol - bu jamiyatning faol a`zosi!

  5. Ayol - bu oilaviy maslahatlarda do`st!

  6. Ayol - bu hayot sarchashmasi!

  7. Ayol - bu sevimli yor!

3-o`quvchi: 8 – mart xotin – qizlar bayrami go`zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi.

4 – o`quvchi: Bahorning ilk kunlari sizgadir bayram,

Bahor kabi beg`ubor , mushtipar ayol!

Bo`ling doim salomat siz baxtimizga,

Siz bilan hayot shirin , shirindir xayol!



5-o`quvchi: Пусть первый подснежник подарит,

Вам нежность, весеннее солнце подарит тепло.

А мартовский ветер подарит надежду,

И счастье , и радость, и только добро!



6-o`quvchi: Ayol – borliq ko`zgusi. Uning go`zalligi olamni charog`on etadi , chunki uning niyati pok , o`zi pok. Shu bois , uni avaylab – asragan yurtning kelajagi porloq , deb naql qilinadi.

7- o`quvchi: Shu ma`noda buni O`zbekistonimizga va uning bir – biridan latofatli , oqila o`zbek ayollariga nisbatan aytsak , xato bo`lmaydi.

8- o`quvchi: Sizga hayot hayot emas , bilsanggiz,

Izingizdan gullar unar bilsanggiz.

Olam yorishadi bir bor kulsanggiz,

Latofat sohibi go`zal , ayollar!



9-o`quvchi: Ayol azaldan mehr- shafqat va sadoqat timsoli bo`lib kelgan. Ayol deganda ko`z o`ngimizda , avvalo , ulug` va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki , olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni , hayot sir-u asrorlari va saboqlarini onaning mehr-u saxovati tufayli o`rganadi.

10-o`quvchi: Ayol borki , olam munavvar , oila borki , hayot go`zal va maftunkor. Inson , oila , ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo`lmaydi.

11-o`quvchi: Oilani ham , jamiyatimizni ham birlashtirib , unga fayz-u barokot kiritadigan, xonadonlarimizni mehr – muhabbat , nafosat , ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo`tabar onalarimiz , munis opa – singillarimizdir.

12-o`quvchi: Chindan ham ayollarimizning oilada tutgan o`rni , beqiyos. Oqila , go`zal ayollar o`zlarining g`amxo`rligi , mehribonligi , qalbi daryoligi bilan oiladagi , qolaversa , butun jamiyatdagi muvozanatni , poklik , halollik , samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar.

1-o`quvchi: Sizning qalbingizni mengzab Quyoshga,

Adashdim , siz undan yorqin , saxiyroq.

Ko`zlaringizdagi mehr- muhabbat ,

Ko`ngillarga tutash, qalbga yaqinroq!



2-o`quvchi: Iboli , xayoli boqishlaringiz,

Zimiston go`shaga yoqadi chiroq.

Ishoning , sizning har bitta so`zingiz ,

Farzandlar yo`lida bo`ladi mayoq!



3-o`quvchi: Ulug` donishmandlar Vatanga eng munosib ta`rif izlaganda , uni Ona siymosiga qiyos etganlarida katta ma`no bor. Dunyoda “muqaddas” degan so`zga eng munosib zot ham --- ONADIR.

4-o`quvchi: Ulug bir donishmand olamni sharhlab,

Axiyri tanibdi tuqqan elini.

Zabonbaxsh etganda ehtirom aylab ,

Ona deb atabdi ilk bor tilini.



5-o`quvchi: Dunyo shoirlari Vatan sha`niga,

Sifat axtarmishlar qator va qator.

Nihoyat , kelmishlar bitta ma`niga,

Ona Vatan deya bitmishlar ash`or!

6-o`quvchi: Bisyor bo`lsa agar bol ham beqadr,

Takror aytilganda rangsizdir kalom.

Bu yorug` olamda Vatan bittadir,

Bittadir dunyoda Ona degan nom!

(Abdulla Oripov)

7-o`quvchi: Onani e`zozlash --- bizning millatimiz , xalqimiz uchun oily qadriyat darajasiga ko`tarilgan fazilat. Chunki ayolllarni qancha ulug`lasak, hayotimizning chirog`I , umrimizning guli deb e`zozlasak , demakki , oilamizni , Vatanimizni e`zozlagan bo`lamiz.

( Islom Karimov)

8-o`quvchi: Sizga go`zal ko`rinar olam,

Har biringiz dono , ziyoli.

Qayda bo`lmang , degaysiz bolam,

Sharqning guli – O`ZBEK AYOLI!



9-o`quvchi: Xalqimizning buyuk tarixida o`zinig jasorat va matonati , aql – zakovati , nafosat va nazokati bilan o`chmas nom qoldirgan To`maris , Bibixonim , Gulbadanbegim , Zebuniso , Nodira , Uvaysiy , Anbar Otin va boshqa yuzlab ayolllarimizni hamisha ehtirom bilan tilga olamiz.

10-o`quvchi: Onalarning oyog`I ostidadur,

Ravzai , jannati , jinon bog`i.

Ravza bog`in visolin istar ersang,

Bo`l onalar oyog`in tuprog`i.

(Alisher Navoiy)

11-o`quvchi: Ulug` momolarimizga xos bo`lgan oliyjanob fazilatlar bugun ham muhtaram ayolllarimiz siymosida davom etib kelmoqda. Ayollarga bo`lgan cheksiz hurmat-ehtiromimizning eana bir sababi shundaki , ayol avvalo , har bir insonning beshigini tebratadigan, oq suti bilan uning yuragiga odamiylik fazilatlarini singdiradigan , uni hayot bo`ronlaridan asrab- avaylaydigan fidoiy insondir.

12-o`quvchi: Ayollarni izzat- ikrom qilish ota- bobolarimizdan qolgan muqaddas udumdir.

1-o`quvchi: Chiroyda tengsiz , o`xshaguchi yo`q,

Illo , siz san`atkorsiz , qo`llaringiz gul.

Magar xas tutsangiz , barg yozar shu dam,

Ayyomingiz bilan qutlasam shu dam.

Ro`yi zamin ichra nozik bir xilqat,

Tantanavor o`tsin sakkizinchi mart!



2-o`quvchi: Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ham xalqimiz , avvalo , opa – singillarimiz , munis onaxonlarimiz turmushi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgandir. Onalik va bolalikni himoyalash , barkamol avlodni voyaga yetkazish , oila va mahalladagi ahillik , hamjihatlikni mustahkamlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo`nalishlaridandir.

3-o`quvchi: Tomirimni tirnar ko`hna savollar,

Yuragimda gullar shirin

Ey siz , o`zbekoyim , oftobjamollar

Men oftobga alishmagan ayollar!



4-o`quvchi: Millatning ertasi , millatning nasli,

Siz atir nafasli , siz rayhon sasli.

Ketmas bo`lib kelgan bahorsiz asli,

Men oftobga alishmagan ayollar.



5-o`quvchi : Istiqlol tufayli mehnatda baxti ochilgan ayollar juda ko`p. Ularning orasida qanchadan qancha hunarmand onaxonlar , turli tashkilotlarda rahbar ayollar , erkaklar bilan har jabhada yelkama – yelka turganntadbirkor ayollar , turli – tuman kasb sohibalari bor.
6- o`quvchi: Davlatimizning yuksak unvonlari-yu nishonlariga sazovor bo`lgan fidoiy va mehnatkash , elim deb , yurtim deb yonib yashayotgan ayollarimizning sanog`iga yetib bo`lmaydi.
7-o`quvchi: Erta bahorsa gullagan binafsha misol,

Ko`nglingiz doim beg`ubor bo`lsin.

Yangi ochilgan gul “lola” misol,

Lablaringizda doim tabassum bo`lsin!

Dildan ezgu tilaklarim sizgadir tanho,

8-mart ayyomingiz muborak bo`lsin!


8-o`quvchi: Bahor oftobiday chehrangiz kulsin,

Doim tabassum hamrohingiz bo`lsin.

Kirgan bog`ingiz gullarga to`lsin,

8-mart ayyomingiz muborak bo`lsin!


9-o`quvchi: Bahor chechaklari bo`lsin armug`on,

Siz nurli insonsiz baxtli begumon.

Bayram-la qutlayman bo`ling shodumon,

8-mart ayyomingiz muborak bo`lsin!


10-o`quvchi: Qalblardagi chiroyli tilak,

Savoblardan beradi darak.

Sizga izhor aylayin tilak,

8-mart ayyomingiz bo`lsin muborak!


11-o`quvchi : Navbatni hurmatli ayol ustozlarimizga bag`ishlangan tabrik she`rlarga beramiz:
Ustozlig-u rahbarlikni uddalagan,

Odamiylik , ezgulikni shior qilgan.

Har qadamda intizomga chaqirgan,

Hammamizga “bolam” deya mehr qo`ygan.



Manzura opa , bugungi,

Bayramingiz muborak!


O`zi dilkash , mehribon,

Ham go`zal-u bilimdon.

So`zlaydi bulbulzabon.

Yuzga kiring , bo`ling omon!



Gulchehra opa , bugungi,

Bayramingiz muborak!


Ega , kesim , to`ldiruvchi ,

Qoidasin o`rgatgan.

Ona tilim – jon-u dilim,

Deya bizga uqtirgan.



Zulxumor opa , bugungi,

Bayramingiz muborak!



( Shu kabi barcha ayol ustozlarimizni madh etuvchi she`rlar o`qiladi.)
1-boshlovchi: Mana , hurmatli ustozlar hamda bilimdon o`quvchilar! Shuning bilan 5-“B” sinf o`quvchilarining “MUQADDASSA N , AYOL!” mavzusidagi adabiy – badiiy kechamiz o`z nihoyasiga yetdi.
2-boshlovchi: Barcha ayol ustozlarni va go`zal qizlarimizni yana bir bor nafosat bayrami - 8-mart bilan sinfimiz nomidan muborakbod etamiz!

(Hamma ishtirokchilar birgalikda:)


BAYRAMINGIZ MUBORAK BO`LSIN , AZIZ AYOLLAR!

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa