Mavzu: Ssenariy tahlili.
Reja:
1) Ssenariy yaratish tartibi.
2) Ssenariy yaratish tamoyillari va tahlili.
1) Har qanday tadbir ssenariysini yaratishda yuqorida aytib o‘tganimizdek, o‘ziga xos ketma-ketlikda qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni talab qiladi. Birinchisi, tadbir (ssenariy)ni nomlash: -Tadbimi to‘g‘ri nomlash kerak, zero u butun tadbiming mazmunini ochib bersin. Nomlaganda tadbir to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar mazmuni aks etib tursin. Masalan: 0 ‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining o’quv teatrida o’tkaziladigan Mustaqillikning 25yilligiga bagHshlangan “Mustaqillik muborak” deb nomlangan teatrlashtirilgan konsert dasturining ssenariysi. Yoki, aytaylik, Toshkent shahar Mirzo Uliig ‘bek tumani 1-son madaniyat va aholi dam olish markazida о ‘tkaziladigan “Navro’zi ayyomi muborak” nomli adabiy-badiiy, musiqiy kecha ssenariysi, deyish mumkin. Ba’zan biron-bir adabiy asarlardan olingan inssenirovkalami nomlaganda xatoliklami kuzatish mumkin. Masalan, A.P.Chexovning “Ko‘rgoni keldim sog‘inib” deb nomlangan spektakliga taklif qilamiz, kabi afishalarga ko‘zimiz tushib qoladi. Aslida esa, A.P.Chexovning “Iltimos” asari asosida tayyorlangan “Ko'rgoni keldim sog‘inib” spektakli deb nomlash maqsadga muvofiqdir. Yoki Said Ahmadning “Ufq ” romani asosida tayyorlangan “Oh, bolam-a ” deb nomlangan kompozitsiyasi deb nomlash mumkin. Xullas, ssenariyda tadbiming nomlashda sinchikovlik bilan yondoshish talab etiladi. Ikkinchidan, ssenariy o‘tadigan joyi va vaqti ssenariyning eng boshida ко ‘rsatilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan: Toshkent shahar, G‘ofur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida о ‘tkaziladigan, Navro‘z tantanalariga bagHshlangan “Yana keldi, yurtimizga Navro‘z ” deb nomlangan bayram tadbiri ssenariysi Tadbir о ‘tkaziladigan sana: 2017-yil 21 -mart Vaqti: soat 11.00 Uchinchisi, tadbir o‘tadigan joyni ta’riflash, sahna bezagi, unda joylashtirilgan anjomlar haqida ma’lumot berish kerak bo‘ladi. Masalan: Quyichirchiq tumani madaniyat va aholi dam olish markazi xodimlari tomonidan Markaziy o‘yingohda o‘tkaziladigan “Navro‘z -pok niyatlar ayyomi” ommaviy sayil ssenariysida quyidagicha beriladi: “Bahoriy bayram tongida karnay-surnay sadolari tabiat go’zalligi-yu, bahor faslining fusunkorligini madh etmoqda. Do’stobod shahri markaziy o'yingohi hamda markaz ко‘chalari odamlar bilan gavjum. Markaziy o'yingoh va ko’chalarga “N avro‘z bayrami muborak, jon 0‘zbekiston!”, “Navro‘z bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!”, “Elim e’zozlangan, suygan Navro‘zim!” kabi shiorlar osib qo’yilgan. Maydonga, hududdagi daraxtlarga havo pufakchalari (sharlar) va bayroqchalar ilinib bezatilgan. О‘yingoh atrofida kо‘chma do’konlar, qandolatchilik mahsulotlari va ichimlik suvlari bilan savdo do’konlari tashkil qilingan. Markaziy о ‘yingohning bir chekkasida tasviriy san’at turiari, har-xil hunarmandchilik buyumlari ko’rgazma savdosi tashkil qilingan. Bayramning qiziqarli о ‘tishi uchun hofizlar, san ’atkorlar, askiyachilar, badiiy jamoalari, tabarruk qariyalar, Mehnatfaxriylari, Qahramon onaxonlar, shoirlari taklif qilingan. Mehmonlar о ‘z joylarini egallagach, fon orqaliyangrayotgan karnay-surnay sadolari ostida bayram jarchilari milliy kiyimlarda tadbiming boshlanishi, bahor kelganligi haqida jar sola boshlaydi ”. Yoki, Isoqtoy tomonidan yozilgan “AyоI qalbi - bahor elchisi" mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbir ssenariysida bu jarayon quyidagicha tasvirlangan: “Institut oldidagi maydon manzarasi ко ‘ngillarga surur va bahoriy kayfiyat beruvchi lavhalar, bannerlar bilan bezatilgan. Tashrif buyurgan mehmonlarni institutning yosh о ‘qituvchilar va iqtidorli yigit qizlari iltifot va yaxshi kayfiyat bilan qarshilaydilar. Universitet foyesi esa kunning mazmun mohiyatini namoyon qiluvchi ко‘rgazmalar, kitoblar ko’rgazmasi, Zulfiyaxonim portreti hamda Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo’Igan tuman oliy о ‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar talabalari rasmlari, idar faoliyatiga oid lavhalar bilan diqqatni tortadi. Sozandalar jamoasi diltortar kuy chalmoqdalar. Institut xotin qizlari kengashi a’zolari turli yuqori tashkilotdan kelgan mehmonlarni kutib oladilar va institut xotin qizlar kengashi faoliyati bilan tanishtiradilar. Belgilangan muddatda anjumanlar zaliga taklif qiladilar, mezbonlar diplomatiya san ’atining ibratli madaniyatiga xos e’tibor va iltifot bilan mehmonlarni kutib oladilar. Kuy fonida parda ochiladi. Sahna bahor tarovati, mo’tabar va munavvar zot - ayol timsolini aks ettiruvchi gullar, rang-barang gazlamalar, (atlas va adras) bilan bezangan, Zulfiyaxonim va uning bebaho va beqiyos adabiy xazinasidan namunalar ham kechaga alohida mazmun baxsh etib turibdi”.
2) Ssenariyda ekspozitsiya sujet va konflikt boshlanishidan oldin keladigan muqaddima hisoblanadi. Ekspozitsiya ssenariy boshida, o‘rtasida va oxirida bo‘lishi mumkin (asosan boshida keladi). Ko‘pincha ekspozitsiyada masalaning tarixi hikoya qilinadi. Ssenariylarda turli xil ekspozitsiya ko‘rinishlaridan (kinolavha, musiqa, qo‘shiq, she’r, foye yoki tadbir o‘tadigan joyda yaratilgan muhit va boshqalar) foydalaniladi. Ekspozitsiya ssenariyda turli ko‘rinishlarda (afishalar, taklifnomalar, prolog va epiloglar) shaklida keladi. Tomoshabinni kechaga tayyorlashda ekspozitsiya muhim rol o‘ynaydi. Ekspozitsiya - bu asardagi yuzaga kelgan ziddiyatga qadar qahramonlar qiyofasini shakllantirilgan sharoitning va unga qaror topgan xarakterlarning tasvirida namoyon bo‘lishi mumkin. Bosh voqea - bu prologdan keyingi ko‘rinish bo‘lib, voqealar rivojini ta’minlovchi omildir. Bunda tadbiming g‘oya va maqsadiga uzoqroq bo‘lsada urg‘u beriladi. Voqealar rivoji - bu tadbir mazmuni va sujetinining murakkablashuviga yordam beruvchi voqealar bo‘lib, ular tugun, qaramaqarshilik, kurash, to‘qnashuv va qiyinchiliklami yengish jarayonidir. Ssenariy sujetining muhim xususiyati - voqealar rivojidir. Ssenariyda konfliktli holat yaratish va voqea rivojlanishi uchun qahramonlar shunday tavsiflanishi kerakki, ular o‘zlarining asl qiyofalarini ko‘rsatsinlar, o‘z e’tiqodlarini himoya qilsinlar. Har bir qahramon zimmasiga aniq vazifalar topshiriladi. Qahramonlar esa ana shu qiyinchiliklar, vazifalami qarama-qarshi holatlar bilan kurashda hal etadilar. Ssenariyda asosiy voqealar rivoji va harakat taraqqiyoti hal etilayotgan vaqtda tomoshabinlaming holatini hisobga olish, uning faolligini oshirish muhim masaladir. Zero, madaniy-ma’rifiy muassasa tadbirlari faqat tashkilotchilar tashabbusi asosiga qurilmay, balki tomoshabinlaming faol ishtirok etishini ham talab etadi. Shuning uchun tomosha davomida tomoshabinlarga murojaat qilish, jamoa bo‘lib qo‘shiq aytish, o‘yinlar uyushtirish, xalq urf-odatlari va an’analaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |