ELEKTRON DO’KON ORQALI DAVLAT XARIDLARINI AMALGA OSHIRISH
XASANOV AXROR
1
2
3
DAVLAT XARIDI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
REJA DAVLAT XARIDINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY HUQUQIY ASOSLARI
VA ELEKTRO’N DO’KON
O‘ZBEKISTONDA DAVLAT XARIDINI TASHKIL ETISHNING AMALDAGI HOLATI TAHLILI
bu davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan tovarlar, bajariladigan ishlar va xizmatlarga aytiladi, ya’ni davlat xaridi davlat ehtiyojlari uchun tovarlar va xizmatlarni qisman yoki to‘liq davlat mablag‘lari evaziga sotib olinishidir. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksida “Davlat xaridlari – byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘lari hisobidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish” deb ta’rif berilgan.
Davlat xaridlari
2018-yil 10-apreldan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kirdi.
Qonunga ko‘ra, davlat xaridi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) davlat buyurtmachilari tomonidan pulli asosda olishdir. Davlat buyurtmachisi esa davlat xaridlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir.
Davlat xaridini tashkil etishning bugungi kundagi usuvor yo‘nalishi mazkur jarayonda internet va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda belgilab olingan bir qator muhim vazifalarning sezilarli natijalarini hozirgi vaqtda xarid jarayonlarida elektron savdolardan foydalanishning ahamiyati oshgani ham tasdiqlaydi. Davlat xaridi tizimida elektron savdolarni joriy qilish bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, bu afzalliklar uni joriy qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni kompensatsiyalaydi.
Bu maxsus talablar tatbiq etilmaydigan iste’mol tovarlarining va boshqa tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan maxsus axborot portalidagi maxsus maydonchadir.
Elektron do‘kon
Elektron do‘kon maxsus talablar tatbiq etilmaydigan iste’mol tovarlarining va boshqa tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan maxsus axborot portalidagi maxsus maydonchadir.
Elektron do‘konda quyidagi davlat xaridlari amalga oshirilishi mumkin:
• bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan (byudjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan) oshmaydigan, biroq bir yilda bir davlat buyurtmachisi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravari miqdordagi summadan
ko‘p bo‘lmagan tovarlar;
• bir davlat buyurtmachisi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan oshmaydigan miqdordagi ishlar, xizmatlar.