Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.23.
 
«Kovai Ohangar» (1923) 
16 yanvarda qishloq «Turon» sahnasida Eron asotiridan olib yozilg‘on «Kovai 
ohangar» piyesasini tomosha qildiq. 
Usmonli turklarning ulug‘ adiblaridan mashhur Shamsiddin Samibekning bu atoqli 
piyesasi Toshkent o‘zbek sahnasida birinchi marotaba jonlanadir. Bu asarga Davlat 
truppasi xiyla katta ahamiyat berib, yaxshi hozirlik ko‘rgan: asarning o‘zi uchun maxsus 
dekoratsiya ishlangan. Usmonlichadan o‘zbekchaga ag‘darish vazifasini ham 
truppaning rejissuri Uyg‘ur o‘rtoq o‘zi o‘taganligidan asarning «sahnalanishi» xiyla 
tuzalgan. Yo‘q esa muharrirning o‘zi asarning bu jihatiga («sahnalanish» jihatiga) ko‘bda 
ahamiyat bera olg‘on emas. Holbuki sahna uchun yozilaturg‘on asarlarning 
muvaffaqiyatsiz chiqishiga aksar vaqt shu «sahnabob berolmaslik» sabab bo‘ladir. 
Bu asar o‘ynalg‘onda Davlat truppasi hay’atida yangi, umidli kuchlarning 
ortmag‘onlig‘i ko‘ruldi. Balki, aksicha, bazi bir epchil artistlar bir-ikki yildan beri 
sahnadan uzoqda yuradilar. Ularni qaytadan sahnaga jalb etmakka barchag‘a barobar 
bo‘lg‘on pul tangligi va uning orqasida kelgan ta’minotsizlik balosi mone’ bo‘lub 
turg‘onga o‘xshaydir. Yo‘q esa truppaning burung‘i kuchlari barchasi o‘z safida bo‘lsa, 
va buning ustiga yana yangi kuchlar qo‘shilg‘on bo‘lsa, ko‘b kuch qatnashib 
o‘ynalaturg‘on bu asar yana ham tantanaliroq, yana ham to‘laroq chiqqon bo‘lur edi. 
Qandoq qilaylikki, o‘lkamizning birdan bir san’at xazinasi zo‘r g‘ayrat, katta 
fidokorliklar bilan zo‘rg‘a-zo‘rg‘a sudralib kelmakdadir… 
Truppaning umumiy hay’ati (sostavi) bir qadar to‘la bo‘lmasa ham, epchil 
kishilarining ko‘pligi, ikkinchi bir ta’bir bilan aytsak bir qadar kuchlarning saralangan, 
talang‘on o‘tkur san’atkorlardan iborat bo‘lishi yog‘idan truppa juda jiddiy, juda kengdir. 
Buni biz «Kovai ohangar»da yaxshi ko‘rdik. Odam ozlig‘i, dabdaba kamligini 
kuchlarning yaxshiligi, sahna va dekoratsiyaning to‘lalig‘i butkul yuvub ketdi desak 
mumkin. Bu xususdagi kamchilik ancha-muncha qarashqa ro‘y bermaydir. Yozilmog‘i 
tegish bo‘lg‘on shu muqaddimalardan so‘ng endi piyesaning o‘ynalishi yog‘iga kelaylik. 
Piyesaning eng zo‘r qahramoni bo‘lubda birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi pardalarda har 
dam, har nafasda yangi-yangi falokatlar ko‘raturg‘on har daqiqada necha rangga, necha 
holat va ruhiyaga tilmoch bo‘laturg‘on Farhod ro‘lida Sayfi qori bo‘sh edi. U kungi 
Farhodda biz ruhiy holatlarning daqiqa-daqiqada o‘zgarishini, yangi voqea va hodisalar 


329 
og‘ir falokat va balolar qarshisidag‘i ko‘rub o‘tish (perejivaniye) larning eng ozini ham 
ko‘rmadik. Yana buning ustiga «yoshim saksonga yetdi» degan cholning afti basharasi 
va harakatlari ko‘brak yoshlarcha bo‘lub o‘tdi… Sayfi qori umidlik artistlarimizdan 
biridir, keyincha bunday xatolarni takrorlanmasligiga ishonamiz. ..Piyesaning katta 
qahramonlaridan biri bo‘lg‘on va «fir’avnlashgan» Zahhok ro‘lida Uyg‘ur durust edi.. 
Zaxhok g‘oyat zolim va mustabid deb ko‘rsatilgani uchuk ham uning «fir’avnlashgan»ligi 
asosiga tayanib Uyg‘ur ul ro‘lni juda qattiq o‘ynadi va shuning bilan — bizning 
fikrimizcha — biroz ortdirib yubordi. Avval Parvez bo‘lub, so‘ng Faridunga 
aylanaturg‘on yosh yigit ro‘lida Shokir yaxshi. 
Lokin bu yigit o‘yunni boshdan-oyoq bir tovush (ton) bilan olib boradir. Piyesaning 
asl, tub qahramoni bo‘lg‘on isyonchi (Qova) ro‘lida Abror yaxshi. 
Zahhokning qizi Xo‘bchehra ro‘lida Ma’suma xonim durust bo‘lsa ham uni bir 
podshoh qizi yoki to‘g‘risi, bir qiz qilib ko‘rsata olmaydi. Aksincha uning onasi 
(murabbiyasi) ro‘lidagi Ma’rifa undan ko‘ra ko‘prak jikkilab, ko‘prak jonlandi. 
Qolg‘onlardan: Pahlavon Qahshon ro‘lida Bosit, rohib ro‘lida Muzaffar, ta’birchi ro‘lida 
O‘ktam, Kova xotuni ro‘lida Robiya tekis olib bordilar. 
Bizning sahna o‘yunlarimizda bir necha kamchiligimiz borkim, unlar shu 
«Kova»da ayniqsa ko‘prak ko‘zga ilindilar: birinchi — bizda tuzanish (grim)ga ko‘b 
ahamiyat berilmaydir. Tuzanishni shoshilib yasaylar-da, so‘ngra sun’iy sochlar ostidan 
haqiqiy sochlar — ko‘b vaqt — «mana men» deb ko‘runub qo‘yadirlar. Ikkinchi — 
bizning artist va artiskalarimiz (Uyg‘urdan boshqasi) yashirin tovush chiqarishqa o‘rgana 
olmaylar. Ular birovning qulog‘iga bir narsa aytsalar tomoshachilar eshita olmaydilar, 
tomoshachilarga eshitdirilsa maxfiy, sirlik bo‘lishdan chiqib ketadir. Holbuki, ikkovining 
o‘rtasida bir yo‘l bor, uni boshqa xalqlarning sahnalarida yaxshi biladirlar. Uchinchi — 
bizning artist va artiskalarimiz (ayniqsa keyingilar)ning ko‘blari arabiy va forsiy so‘zlarni 
ko‘b yanglish gapiralar. Tarixiy piyesalarda; ayniqsa, sharq tillaridan tarjima qiling‘on 
asarlarda bu juda ko‘b bo‘ladir. Buni bitirmak kerak. 
Umuman olg‘onda «Kovai ohangar» sahnamizda eng yaxshi va muvaffaqiyatlik 
o‘ynalg‘on asarlardandir. 


330 
Bu asar xalqning so‘rovi bo‘yincha 31 yanvarda yana bir marotaba o‘ynaldi. Bu gal 
o‘ynalishida eng muhim ro‘llardan to‘rt ro‘lni almashtirib o‘ynadilar. Bu haqda ikkinchi 
marotaba tag‘in gaplasharmiz. 
___________ 
Kovai ohangar — maqola «Turkiston» gazetasining 1923 yil 6 fevral sonida 
bosilgan. 
Asotir
 
— afsona, rivoyat. 
Shamsiddin Somibek
 
(1850—1906) — turk yozuvchisi, dramaturg va faylasufi. 
«Shohnoma»ning «Kova» dostoni asosida yaratilgan «Kovai ohangar» 1906 yilda 
yozilgan. 
Muzaffar
 
— Muzaffar Muhamedov (1901, Toshkent), o‘zbek teatri aktyori va 
rejissyor, O‘zSSR xalq artisti. Ijodiy faoliyatini 1919 yplda Karl Marks truppasida 
boshlagan, jumhuriyat teatrlarida qator pesalarni sahnalashtirgan. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish