325
O‘yun o‘shal o‘zimiz ko‘rgan o‘yun, o‘ynag‘uchilar ham o‘shal o‘ynab
yurganlar… Faqat, boshig‘a «Gulyor» kuyi bilan bir xo‘r ortdirilg‘on va bu martabada
o‘yung‘a Eski shahar bola bog‘chalarining hamma murabbiyalari degundek
aralashqonlar. Xo‘r yaxshi xo‘rdur; lokin qo‘shug‘i juda uzun,
buning ustiga yod
olinmag‘onlig‘ini ham qo‘shsak, bo‘sh va ma’nosiz. Musiqa bu safar juda ezdi, bir necha
kuyni sahna bilan barobar olib bora olmadi. Grimlar ham juda ortiq darajada sun’iy edi.
Shu yod olmag‘onliqning natijasi bo‘lsa kerak, qizning onasi sovchi xotunlarga:
«Kelinglar, eson-omon keldinglarmi?» deb 80 tosh yo‘ldan kelgan mehmonga
aytilaturg‘on so‘zni aytadir. So‘ngra, sovchilar chiqib ketayotqanda, uy egasi: «Yaxshi
qolinglar!» deydir. Shunday bo‘lsa ham ona ro‘lida (1 va 2 pardalarda) R. Tutashning
juda botirlik bilan dadil gapirishi yaxshi. Bizning sahnamizda ba’zi bir artistkalarimiz
juda siqilib, tortinib o‘ynaydilar. Sahnada erkin bo‘lish — bu eng kerak narsadir. Ikkinchi
pardada aytilgan azon o‘zi juda joysiz bo‘lishi bilan barobar shu qadar tez aytildikim,
takbir ham bundan sekinroq aytilguchi edi.
Ikkinchi parda eng fojialik bir pardadir. Unda shodlik bilan qayg‘ining qarshig‘a-
qarshi kelib qolishlari juda nozikdir. Bir tarafda o‘lim, yig‘i; ikkinchi tomonda to‘y-
tomosha.
Bir tomonda faqirlik, yo‘qsulliq; ikkinchi tomonda boylik, isrof… Mana bu
pardaning ta’sirini buzg‘on narsa: qiz tomonda gap boshlang‘onda,
yigit tomonda
onaning shovqun qilib, yig‘lashi bo‘ldi. Odatda sahna ikkiga bo‘linganda, bir taraf so‘z
boshlag‘onda ikkinchi tomon tovush chiqarmaslig‘i kerak edi. So‘ngra bu parda o‘zi ham
ertarak tushdi.
Oxirgi parda butun murabbiyalar aralashqoni holda juda sovuq chiqdi; jonliliq to‘y
va kelin tushurdi vaqtidag‘i gap, so‘z, shovqun, to‘palang, o‘yun bo‘lmadi. Bu pardaning
eng qiziq vaqtida elektrikning o‘chub qolishi, oradan qariyb yarim soat o‘tkandan
keyingina bir xira chirog‘ yondirilishi… beshinchi pardaning haqiqiy fojiasi mana shular
bo‘ldi.
Ro‘llarda: Ma’suma xonim, Abror, qizning otasi yigitning otasi yaxshi edilar.
Boshqalari ham tekis o‘ynadilar.
O‘yun chog‘ida pirajekturning qilg‘on adabsizliklarini aytaylik-da, «Halima»
to‘g‘risida so‘zni to‘qtatayliq.
_______________
326
Sahnamizda — «Turkiston» gazetasining 1922 yil 16 dekabr sonida «K» imzosi
bilan e’lon qilingan.
«Halima»
—
dramaturg G‘ulom Zafariy (1889—1944) ning shu nomli dramasi.
1920 yilda sahnalashtirilgan «Halima» dramasi 20-yillarda bir necha o‘n martalab
o‘ynalgan.
«Gunohkorning oilasi»
— italyan dramaturgi P.
Djiakometti qalamiga mansub
«Xoinning oilasi» nomli asar 1921 yilda Davlat truppasi tomonidan sahnalashtirilgani
ma’lum. Chamasi, bu o‘rinda shu asar haqida gap bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: