Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.24.
 
«Uzun Quloq Bobo» To‘g‘risida (1923) 
BOSHQARMAG‘A XAT
«UZUN QULOQ BOBO» TO‘G‘RISIDA 
Mening «Uzun quloq bobo» nomliq 2 pardalik kulgi asarimni oqqa ko‘churub 
o‘zbek truppasiga topshirmoq sharti bilan mazkur truppaning eng muqtadir bir artisti 
olg‘on edi. Hozir shul asarning mazkur artist qo‘lida borlig‘i shubhalik bo‘lub qoldi. 
Eshitganimga ko‘ra, bechora asarim Samarqand san’at havaskorlariga «tortuq» qilinib, 
berib yuborilg‘on emish. Shuning uchun gazeta orqali eshitdirmakchi bo‘lamankim, 
butun haq va huquq o‘zimda bo‘lg‘on ul asar qayda bo‘lsa ham bosdirilsa yoki sahnaga 
qo‘yulsa, 
shunga 
aloqalik 
kishilarni 
hukmga 
tortg‘umdir. 
________________ 
Boshqarmaga xat
(«Uzunquloq bobo» to‘g‘risida) — Cho‘lponning «Turkiston» 
gazetasi tahririyatiga yo‘llagan mazkur — xati 1923 yil 18 fevralda e’lon qilingan. 
Ma’lumki, Cho‘lponning dramatik asarlari salmog‘i o‘nga yaqin bo‘lgani holda, bizgacha 
birgina «Yorqinoy»ning matni, «Hujum» (V. Yan bilan hamkorilkda) ning rejissurasigina 


331 
yetib kelgan. Mazkur xat Cho‘lponning bizga ma’lum bo‘lmagan p’esasi haqida xabar 
beribgina qolmasdan, uning yo‘qolish sabablarini ham birmuncha oydinlashtiradi. 
3.2.25.
 
«Iblis» (1923) 
Ushbu mart oyining yettinchisida chorshanba kuni o‘zbek dram to‘dasi tomonidan 
qishloq «Turon»da Qofqosiya turklarining atoqli adib va shoirlari Xusayin Jovidning to‘rt 
pardalik «Iblis» fojiasi o‘ynaldi. 
O‘rtoq Xurshid qalami bilan o‘zbekchalashtirilgan bu asar bayt oralash yozilg‘on 
adabiy, ishqiy va harbiy bir tomoshadir. Bu asarda yigirmanchi madaniyat asrida 
yashag‘on odam bolalarining qo‘llaridag‘i bilim va hunarni qon to‘kish, odam o‘ldirish, 
xonumon buzish kabi egri va yomon ishlarga sarf etib, yomonliq va yaramaslikda 
Iblis(satana)dan ham o‘tib ketganliklari ko‘rsatiladur. Butun yomonliqlarning tub omili 
deb yurgazilaturg‘on Iblis bu asarda, «odam bolalarining yomonliqlarini ko‘rub 
sharmanda bo‘lub qolg‘onlig‘ini» bildiradir. Asarning asl o‘zi shundaymi yoki, qo‘l bilan 
necha marotaba ko‘chirilib yozilg‘on nusxadan o‘zbekchalashdirilib, «sho‘rbasining, 
sho‘rbasi» bo‘lub qolg‘onlig‘idanmi, bilmadim, asarda darrov sezilaturg‘on bir qarshilik 
(zidlik —protivopolojnost) bor. Yuqorida aytganimdek, «yomonliqda odam bolalari 
mendan o‘tdilar» deb da’vo qilg‘on Iblis asarda boshdan-oyoq yomonliqni o‘zi qiladir. 
O‘zi haqiqiy omil shaklida ko‘riladur. 
Odam bolalarining yomonliqlaridan to‘yg‘on va shul sabablik, ular orasidan qochib 
o‘rmonlarga ketgan Orif qisman o‘shal iblisning hiylasiga aldanib, katta jinoyatlar 
qiladur. Ya’ni: uni sevguvchi bir gunohsiz qiz (Xovar) ning zahar ichib o‘lmakiga sabab 
bo‘ladir. Oxirda kelib o‘zi suyib yurgan bir qiz uchun o‘z ukasi (Vasf) ni otib o‘ldiradur. 
1925 va 16 nchi yillarda bo‘lg‘on mashhur Chanoq qal’a urushini xayol bilan ko‘rgan 
chog‘ida (birinchi parda), odam bolalariga va ularni yo‘ldan urg‘uvchi Iblisga shu qadar 
la’nat yog‘diradurkim, sira qo‘ya qoling! Birinchi pardada shu holda bo‘lg‘on va undan 
so‘nggi pardalarda ham odamlarning yovvoyiligidan shikoyat qilg‘on ham Iblisni 
qarg‘ag‘on Orif 3 nchi pardada Iblisning qo‘lini o‘padur, uni bir pir, bir karomat egasi, 
bir Xizr deb e’tiqod qiladur. Durust, ul pardada Orif Iblisni odam qiyofatida ko‘rgan, 
tanimag‘on edi, lokin odam bolalari uchun Iblisdan hama vaqt xavf-xatar borlig‘ini 
yaxshi tushunaturg‘on edi. 


332 
Piyesaning so‘nggi pardasida Onato‘lidag‘i turk isyonchilardan bir kishi (Elxon) 
ko‘rsatiladir. Bu isyonchi Onato‘lida ittifoqchilarg‘a qarshi ingliz josuslarini fransuz 
ayg‘oqchilarini, xiyonatchi (sotilg‘on) arab va turklarni ko‘b surushturub o‘lturmasdan, 
marhamatsiz otib o‘ldiradur, adolatdan juda yuksak so‘zlar bilan oh aytadur. Ammo o‘zi 
jahongirlarga qarshi Onato‘lida bosh ko‘targanlarga (kamolchilarga) qarshidur. 
«Ehtimol, qishloq xalqi va ishchi omma manfaatini kuzatadurg‘on kishidur», demoqchi 
bo‘lsak, u eski poshsholarning biridur. Uning so‘zlarida haligi to‘g‘rida imo-ishorat yo‘q. 
Ehtimolkim, bu narsa piyesaning «sho‘rbaning sho‘rbasi» bo‘lg‘onlig‘idan kelgan bo‘lsa. 
O‘ynalish jihatiga kelsak: 
Sahnaga kirish-chiqish, so‘zlarni vaqtida aytish, fonarlarning yonish-o‘chishlarida 
ko‘rulgan birmuncha kamchiliklarni sanamasak, umuman tekis va zararsizdir. Iblis 
ro‘lida Abror, Orif ro‘lida Uyg‘ur, ibn Yamin (xoin arab) ro‘lida Sayfi yaxshi edilar. 
Qizlarning ikkovi ham (Ra’no, Xovar) zararsiz o‘ynadilar. Bunlarda faqat yumshoqlik, 
bo‘shlik bor edi. Boshqalar ham tekis olib bordilar. Xalq to‘la, unum yaxshi edi: hatto joy 
bo‘lmasdan qaytib ketganlar ham ko‘b bo‘lg‘on. Shu yerda kichkinagina bir narsa yozib 
o‘tishni kerak bildim. Bu tomoshaga «yoshlar» deb atalg‘on «millatparvar»larning ham 
ko‘blari kelgan edilar. Hatto yangi shahar teatrlaridan sira qolmayturg‘on ba’zi bir «ortiq 
madaniy» yoshlarimiz ham shu tomoshada bor edilar… Demak, bular ham bu yo‘li o‘z 
sahnalariga qiziqqanlar ekan… ko‘z tegmasin! 
_________________ 
Iblis — «Turkiston» gazetasining 1923 yil 14 mart sonida e’lon qilingan. 
Husayn Jovid
 
(1882—1941) — atoqli ozarbayjon shoiri va yozuvchisi, dramaturg. 
O‘z ijodiy faoliyati davomida 18 ta pesa (ularning ko‘pi she’riy) yozgan. O‘zbek 
sahnasida bulardan — 1915 yilda yozilgan «Shayx San’on» va 1917 yilda yozilgan 
«Iblis» pesalari qo‘yilgan. 
«Kamolchilar»
 
— 1918 yilda bosqinchilarga qarshi bosh ko‘targan turk 
vatanparvarlarining rahnamosi Mustafo Kamol «Otaturk» tarafdorlari. 


333 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish