Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.26.
 
Tilimizning Ishlanishi (1923) 
«Buxoro axbori»* yo‘ldoshimizning shakli: bosilishi hozir xiyla tekislashdi. So‘ng 
vaqtlarda bu gazetaning o‘z vaqtida muntazam chiqib turg‘ani ko‘ruladir. 
Qog‘ozlarining yaxshilig‘i, harflarining ochig‘lig‘i, rasmlik chiqib turishi jihatidan 
bu gazetalarimiz orasida birinchi o‘runni tutadir. Xalqimiz nodon, kitob mutolaaga 
rag‘batsiz. Uni shunga o‘rgatmak va qiziqtirmoq uchun matbuotning ochiq, aniq, 
chiroyliq bosdirilishi juda ahamiyatlikdir. Turkiston, Buxoro va Xiva gazetalari bunga 
ayrim diqqat qilishlari kerak. 
«Buxoro axbori» yo‘ldoshimizning bu to‘g‘ridag‘i g‘ayratini olqishlaymiz. Lokin 
yo‘ldoshimizning doim ko‘zga qadalaturg‘an bitta zo‘r xatosi bordirkim, uni xayrixohliq 
bilan aytib o‘tmasak bo‘lmaydir. Bizning ko‘rsatmak istaganimiz kamchilik til, sheva 
kamchiligi, to‘g‘risi, tilga ahamiyat bermaslik xatosidir. Bosh sarlavhasi yonida «adabiy 
jaridai turkiya» deb yozilg‘an bu gazeta, ma’lumdirkim, o‘zbek shevasida chiqadir. 
Buxoro hukumiyatining rasmiy tili ham o‘zbekchadir. Buxorodek fors-eron ta’siriga ortiq 
yutulub ketib, o‘z tilidan ajralib qolg‘an bir o‘lka uchun, u yerdagi ko‘pchilik avom uchun 
tilning ahamiyati juda zo‘rdir. Holbuki, «Axbor» yo‘ldoshimizda bu jihatga sira diqqat 
etilmaydir yoki etila olmaydir. Uning yarim tatar va chala-bula o‘zbek shevasida 
bosilaturg‘an maqola va xabarlaridan bir necha misol ko‘rsatay. 
«Axbor» yo‘ldoshimizda «shunliqdan», «tishdan», «o‘zdirmoq», «tuli», «nichka», 
«topqir», «kabik», «ortidan», «soqchilari», «yundi», «qotnashdir», «bik», «ko‘b», 
«tevish», «olu», «yasov», «yasalaj(ch)aq», «olinajaq», «qoldirilajaq», «kelachak», «siza» 
kabi shevamizga yot bo‘lgan so‘zlar juda ko‘b ishlatiladir. Faqat so‘zlargina emas, 
(aynan) «Butun saroydag‘i g‘o‘zani qalay maorifga berib qo‘yamiz?»; «Oilasi yonida 
tunlarda yo‘qlasa…» kabi juda yot, juda qo‘pol, o‘z emas jumlalar bor. «Axbor»ning 142-
sonida «O‘rtoq» deb boshlanaturg‘an bir xitob bor, undan bir necha jumla ko‘rsatay 
(aynan): «San do‘konchi (?) bo‘lsang, tinch savdo (?) qilishqa tilasangdur (?), dehqon 
bo‘lsang, mehnat bilan yig‘nag‘an (?) g‘allang ham qo‘y, dava; ho‘giz (?) va boshqa xil 
mollaringning o‘g‘rilar tomonidan zo‘rliQ bilan olinmoqini (?) ustamaysangdur» (?) 
«Axbor»ning bosh muharriri o‘rtog‘im Qori Yo‘ldoshning* Maskov va 
Petrogradg‘a borib kelishi munosabati bilan yozib bosdirayotQan «Yo‘l xotiralari»da 
Petrograddag‘i «3-nchi Aleksandr mavzasi» to‘g‘risida (aynan): «3-nchi Aleksandr 


334 
Rusiya hukumatining (xorijdan keyin o‘tirilgan) 2-nchi Niqolay oldida podsholiq qilg‘an 
va rus tarixida g‘oyat qora joy qutquchi bir zolimdur», – deyilgan shu qo‘pol va 
anglashilishi qiyin jumladan boshqa mavza zalining ta’rifinda: «Qizig‘tim ranglikdagi 
miramirdan», «birgina toshdan yasalg‘an katta va nafis isto‘lbalari bor» kabi ajib, atala 
ibora va jumlalar bor. 
Bu – tilning ishlanishi! 
Endi adabiyotning (til bilan birga) ishlanishiga kelaylik: so‘ng vaqtda «Moiqiy» 
degan bir «shoir»ning she’rlariga yo‘luqaturg‘an bo‘ldiq. 
«Axbor» shoiri birodarimiz o‘zining «Qizil militsiya uchun» sarlavhali bir 
«she’r»ida militsiya yigitini (aynan): 
San bu yurtning boqchisi (?), 
San inqilob soqchisi… 
Otang saning Arslon, 
San ham undan qolishmang… (?!)» – 
degan buzuq so‘zlar bilan ta’rif qiladir. Moiqiy o‘rtoqning Buxoro dehqonlariga 
qilgan shu: 
Qani, dehqon qarindosh, 
Kuning qanday talang‘och… – 
xitobini o‘qush bilangina darrov onglab bo‘lmaydir. 
Bu yosh «o‘zbek» shoirining milliy bayramimiz – Navro‘zni qutlab yozgan bir 
she’ridan ko‘prak ko‘chirib ko‘rsatmakka majburman (aynan): 
Navro‘z qutlug‘ bo‘lsun yangi kelgan! 
Bu kundir birinchi kun Yangi yildan, 
Ortidan yana bir ko‘p yil yillar kelib – 
Kutaylik ko‘b xayriyat har birindan. 
Kechurgan necha qalay qayg‘u-hasrat – 
Mundan so‘ng unutulub bitsun bari. 


335 
Odashqan, yo‘ldan yozg‘an xalqmiz ko‘b: 
Yurupdi yo‘l topa olmay ko‘zi ko‘rdan 
Aytsang-da, qichqirsang-da gap eshitmas 
Na ko‘zi, na qulog‘i, so‘zi birdan. 
Xo‘sh kelding, Navro‘z aka, bugun bizga, 
Ko‘pdan-ko‘p bag‘ishlayman salom sizga. 
Turkman, qoraqalpoq, qozoq, o‘zbek – 
Hammasi bosh egadi o‘zingizga… 
Bu yo‘l til va adabiyotimiz uchun juda zararlikdir. Boshqa to‘g‘rilarda yaxshi ishlab 
kelayotqan «Axbor» yo‘ldoshimiz bu to‘g‘rida ham durustrak bir qadam bosmog‘i lozim. 
Birovning rioya-xotiri uchun tilni buzushdan boshqag‘a yaramayturg‘an buzuq she’rlarni 
gazetaning chiroyliq yuzlariga chiqarish to‘g‘ri emas. Moiqiy o‘rtoqning o‘zi ham shu 
haqiqatni tushunmagi kerak. 
She’ringiz tilni buzar, Moiqiy aka, 
Bir qadar hurmat kerak gazetaga. 
Til uchun ishlashingiz «Axbor» bilan! 
Samimiy salomimiz ikkingizga!.. 
Maqola «Turkiston» gazetasining 1923 yil 11 aprel sonida «Q» imzosi bilan 
bosilgan, keyin «Adabiyot nadir» maqolalar to‘plamida qayta chop etilgan. 
«Buxoro axbori» – 1920 yil sentyabridan 1923 yil oktyabrigacha Buxoroda o‘zbek 
tilida chiqqan gazeta (keyin «Ozod Buxoro», «Buxoro haqiqati»), Cho‘lpon 1921 yil 
iyulidan 1922 yil fevraliga qadar shu gazetaga muharrirlik qilgan. 
Qori Yo‘ldosh Po‘latov (1890 – 1965) – davlat va jamoat arbobi. Buxorodagi 
jadidchilik harakatining qatnashchilaridan biri. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining 
1920 – 1922 yillarda maorif xalq komissari. 1937 – 1956 yillarda qatag‘on azobini 
chekkan. 


336 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish