Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.22.
 
Muttahid Frontimizning Birinchi Vazifalari (1923) 
Nihoyat, Toshkent yoshlari Turkistonning markazida ishlab yurgan mas’ul maorif 
xodimlari maorif va madaniyatimiz ustiga kelayotkan zo‘r tahlikani angladilar. 
Gazetamizning Yangi yil sonida bosilg‘an «Erlik xalq maorifida muttahid front»* 
sarlavhalik xitoblari bilan jaholat va taassub otliq «qora balo»ga qarshi birlashib 
qo‘zg‘oldilar. 
Toshkand maorif oqsoqollarining bu harakatlari juda vaqtida bo‘ldi. Agar bir oz 
keyin bo‘lg‘anda ham kechikib qolmog‘imiz ehtimol edi. Negakim hukumatimizning 
kechirmakda bo‘lg‘an pul tangligini (moliya buhroni – finansovыy krizis) hali yengilgani 
yo‘qdir. Hukumatimiz bu tanglikdan qutulmoq uchun har nav chora va tadbirlarni 
ko‘rmakdadir. Mamlakatning hamma ishini bir daraja oqsotib turg‘an bu tanglikni 
yo‘qotmoq uchun pul-moliya ishlarini puxtalab tejash lozim bo‘lsa, bu yo‘lda maorif 
ishlariga zarar keltiraturg‘an ba’zi bir choralarni ham ko‘rmakka, qo‘llanmoqqa to‘g‘ri 
keladir. Shuning uchun maorif ishlarida biz hukumatga ortiq zo‘r umidlar bilan tayana 
olmaymiz. Maorif muassasalarimizning ko‘pini o‘z gardanlariga olg‘an mahalliy 
mablag‘larimiz esa ortiq darajada buzuq yo‘lsizdirlar. 
Demak, ular bilan ham biz istaganimiz natijaga hali-beri yeta olmaymiz. Shunday 
bo‘lg‘andan keyin endi birdan-bir yo‘l bizga «O‘zing uchun o‘l, yetim!» shiori-da 
qoladir. 
Bizning muttahid frontchilarimiz o‘zlarining ketaturg‘an yo‘llarida shu shiorni 
mahkam ushlagan ko‘rinalar; ularning xitoblarida shu haqiqatlar juda ochiq 


327 
ko‘rsatmishdir. Muttahid frontni uyushtirg‘an markazdagi maorif oqsoqollari front 
ochilg‘andan so‘ng qilinaturg‘an ishlarga bir dam ham kechikmasdan yopishmoqlari 
lozimdir. Frontni ochishda kechikishdan saqlang‘an bo‘lsalar, uning birinchi vazifalarini 
boshlashda ham sira kechika ko‘rmasunlar, bu yo‘ldagi kechikish natija e’tibori bilan 
bab-barovardir. 
Frontning birinchi vazifalari, bizningcha, o‘lkaga tarqalib ish boshlamoq, milliy 
boylig‘imiz bo‘lg‘an vaqflarg‘a yopishmoq bo‘lsa kerak. O‘lkada ishlamak, 
mahallalarning haqiqatan o‘lib qolg‘an maorifini go‘rdan tortib chiqarmoq vazifasi sira 
kechikdirilishga yaramaydir. Mahallalarda naridan-beri maorif ishlariga aralashib 
kelayotqan yoshlarga anglamas miyalar tomonidan qo‘l tekizilmakka boshlag‘ani 
to‘g‘risida daraklar kela boshladi. Masalan: Samarqandda maorif ishlarini yaxshi yo‘lga 
qo‘yib kelayotqan maorif mudiri Vadud o‘rtoqning ishdan bo‘shatilib, o‘rniga yerlik xalq 
maorifi bilan ko‘pda aloqasi bo‘lmag‘on kishilarning qo‘yilg‘onlig‘i to‘g‘risida 
«Zarafshon» rafiqimizda bir bosh maqola o‘quduk. Vadud o‘rtoq to‘g‘risidag‘i bu 
o‘runsiz harakat Samarqand yoshlari orasida «Mana, aytmadikmi, biz yoshlarg‘a ishlagali 
yo‘l bermaylar…» degan bir fikr tug‘dirg‘an. Holbuki, bu fikrning tug‘ulishi bizning 
muttahid frontimizg‘a qarshi biqindan yasalg‘an hujum kabidir. Bu hujum bizga o‘z 
kishilarimiz tomonidan bilmaslik orqasida qilinib turulg‘an hujumdir. Bizning muttahid 
front oqsoqollarimiz bir kamisiya yoki bir to‘da holida tezlik bilan mahallarga borib yoki 
markaziy hukumat bilan onglashib bu hujumni qaytarishlari, balki butkul yengib 
tashlashlari tegishdir. 
Muttahid frontning birinchi vazifalaridan yana biri vaqflar masalasi deb edik. 
Yaqinda bu to‘g‘rida markaziy hukumat mahkamalarida juda yaxshi qarorlar chiqorildi. 
Shu qarorni darhol yuzaga chiqorish ishiga kirishmak, qaror yozilg‘an siyoh qurumasdan 
turub rejani chizib olmoq markazdagi maorif oqsoqollarining muhim va g‘alabaga qarata 
olib boraturg‘an qarzlaridur. 
Yuring, o‘rtoqlar! 
«Turkiston» gazetasining 1923 yil 7 yanvar sonida «Abdulhamid Sulaymon» 
imzosi bilan bosilgan. Birinchi marta Cho‘lpon «Asarlar»i 4-jildida qayta chop etilgan. 
Muttahid front – birlashgan, yagona front. 


328 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish