Kooperatsiya



Download 0,59 Mb.
Sana03.03.2023
Hajmi0,59 Mb.
#916101
Bog'liq
koperatsiya


Kooperatsiya - bu qonuniy umum ijtimoiy yoki iqtisodiy maqsadga erishish uchun ixtiyoriy ravishda birlashgan, talab qilinadigan kapitalga teng ulushlarni qo‘shgan va tavakkalchilik va foydalarning adolatli ulushini qabul qilgan, umumiy qabul qilingan kooperatsiya tamoyillariga muvofiq ish olib boruvchi shaxslarning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan birlashmasi. Bugungi kunda dunyo davlatlarida kooperatsiyalarga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish omili sifatida qaraladi.
Farovon yashash uchun odamlar doim tadbir ko‘rishgan – tadbirkorlik qilishgan. Biroq bir kun kelib alohida-alohida emas, balki birlashib harakat qilish yaxshiroq ekanini, aynan birlashib harakat qilganda ko‘proq foyda olish, vositalardan birgalikda foydalanish mumkinligini anglashgan. Bu iqtisodiyotda kooperatsiya deyiladi.
Kooperatsiyaning mohiyati shundaki, bunda odamlar O‘Z XOHISHIGA BINOAN, foydasini ko‘zlab birlashishadi, buyruqqa binoan emas. Chunki buyruq bilan bo‘lsa, bu kooperatsiya bo‘lmaydi. Allambalo boshqa narsa bo‘ladi.
Deylik, dehqonlar ayri-ayri dehqonchilik qilishadi. Biir kun kelib birlashib harakat qilishsa yaxshiroq foyda olishlarini anglashadi va harakatlarini, vositalarini birlashtirishadi. Va... ishlari yurishadi. Chunki bu yerda... ongli ravishda, foydani ko‘zlab birlashish yuz berdi.
Ya’ni haqiqiy kooperatsiya faqat va faqat birlashish foyda keltirganda, tomonlar shu foydani ko‘ra olishganda yuz beradi.
Tabiiyki, ishlar kooperatsiyagacha yetib borishi uchun tomonlar erkin, o‘z xo‘jaligining haqiqiy egasi bo‘lishi kerak. Tasavvur qiling, hokimlar bularning boshi ustida buyruq berib tursa, vositalariga xo‘jayinlik qilib tursa... bular kooperatsiya haqida o‘ylay olishadimi? Heh, yo‘q albatta! Bularning g‘ami bitta bo‘ladi – hokimning zug‘umidan qutulish.
Ha, darvoqe, yana bir narsa – ishlar kooperatsiyagacha yetib borishi uchun... vaqt kerak. Bular hokimlarning zo‘ravonligidan qutulgandan keyin o‘zlariga kelishi, erkinlik nima ekanini his qilishlari, xullas, ust-boshlarini qoqib olishlari kerak. Shundan keyingina kooperatsiya haqida o‘ylay boshlashadi. Buni hisobga olish kerak.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kooperatsiyalarning iqtisodiyotga ijobiy ta’siri quyidagilar bilan baholanadi:
Birinchidan, ishlab chiqarish, marketing, kommunal xizmatlar, transport, kredit, sug‘urta, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda tadbirkorlarning mehnat unumdorligini oshiradi;
Ikkinchidan, muayyan turdagi mahsulotni ishlab chiqarishdan to tayyor mahsulot ko‘rinishiga kelgunga qadar bo‘lgan bosqich bir kooperatsiya atrofida birlashganligi natijasida chakana narxlarni pasaytiradi;
Uchinchidan, tadbirkorlarning o‘zaro birlashishi ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni jalb qilish, innovatsion uslublarni qo‘llash, tovarlarni xalqaro bozorga olib chiqish imkonini yaratadi;
To‘rtinchidan, kichik va o‘rta biznes vakillarining kooperatsiyalarga birlashib, yirik tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro raqobat muhitiga kirishishi monopoliyani oldini oladi, bozor raqobatbardoshligini oshiradi;
Beshinchidan, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilib, aholi bandligini ta’minlaydi.
Ijtimoiy jihatdan kooperatsiyalar kam ta’minlangan, ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash vazifasini bajaradi.
Shu sababli kooperatsiyalar faoliyati xorijiy davlatlarda ancha keng rivojlangan. Jumladan, Xalqaro Kooperatsiya Ittifoqi (International Co-operative Alliance) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 1 mlrd ortiq odam kooperatsiyalarga a’zodirlar. A’zolarining eng ko‘p soni – 305,6 mln a’zolarga va 30,000 ga yaqin kooperatsiyalarga ega AQSHga to‘g‘ri keladi. Kanadada har uchinchi fuqaro kooperatsiya a’zosi hisoblanadi.
Fransiyada kooperatsiyalar fuqarolarni 700 ming ish o‘rni bilan ta’minlaydi. Yaponiyada fermerlarning 91%i kooperatsiyalar asosida tashkil etilgan. Kuvaytda chakana savdoning 80%i iste’mol kooperatsiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Dunyodagi eng yirik kooperatsiya korxonalarning jami daromadi 1.6 trln AQSH dollarini tashkil qiladi. Xalqaro mehnat tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, moliyaviy kooperatsiyalar 857 mln kishiga (dunyo aholisining 13 %i) xizmat qiladi, qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 50 %ini ishlab chiqaradi.
Biroq, mamlakatimiz iqtisodiyotida kooperatsiyalarning o‘rni deyarli sezilmaydi. Bugungi kunda respublikamizda o‘rtacha 1500 ga yaqin kooperatsiyalar faoliyat yuritmoqda. Mazkur ko‘rsatkichni xorijiy davlatlar bilan qiyoslaganda salbiy baholash mumkin.
Taqqoslash uchun: Italiyada – 39 600, Turkiyada – 33 857, Fransiyada – 22 517, Ispaniyada – 20 050 ta kooperatsiyalar faoliyat yuritadi. Kooperatsiyalarning yillik pul aylanmasi Fransiyada – 307 mlrd., Germaniya – 195 mlrd., Italiyada – 150 mlrd. va Gollanddiyada – 81 mlrd. yevroga teng.
Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish