Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida kompaniyaning ishtiroki bo'yicha chiqich so'zi
27 aprel 2016 yil – Toshkent, “Uzeksposentr”
Aziz Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birja ishtirokchilari!
Bugun O’zbekiston Vazirlar maxkamasi tomonidan tasdiqlangan Dasturga asosan, “Uzeksposentr” AJ markazida kommunal, kapital qurilish va transport sohalari bo’yicha sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi bo’lib o’tmoqda.
Yarmarkada kompaniyaning 5ta sanoat tashkilotlari ishtikok etmoqda.
O‘zmahsusmontajqurilish” AK tarkibiga respublika miqyosida 110 dan ziyod qurilish-montaj va sanoat korxonalari kiradi. Umumiy ishchilar soni 7500 odam tashkil etadi.
Komaniya tarkibida quyidagi korxonalar faoliyat yuritmoqda:
· 22 korxona - umumqurilish ishlari bo‘yicha;
· 22 korxona - metallqo‘rilmalar, jihozlar va texnologik truboprovodlarning montaji; ko‘priklar, estakadalar, tonnel ko‘rilmalarning qurilishi, umumqurilish va qazish ishlari bo‘yicha;
· 19 korxona - magistral truboprovodlar, ventilyatsiya tizimi montaji, sanitar texnik ishlari;
· 19 korxona - sanoat mahsulotini ishlab chiqaradi (qurilish materiallari, buyumlar va qo‘rilmalar);
· 18 korxona - elektrtexnik jihozlarini montaji va ishga tushirish, KIP, avtomatika, aloqa va telekommunikatsiya tizimlari ;
· 5 korxona - kimyo va olovdan himoyalashi, issiklikmanbai;
· 1 korxona - portlatishsanoat ishlari;
· 4 korxona - kompaniya tarkibidagi korxonalarini qurilish mexanizmlari va mahsus texnika bilan ta’minlash;
· 1 korxona - kompaniya tarkibidagi korxonalarini respublikada ishlab chiqarilmaydigan metallprokat va bo‘tlov buyumlari bilan ta’minlaydi.
“O‘zmahsusmontajqurilish” AK tarkibidagi korxonalari tomonidan yiliga o‘z kuchi bilan 110,0 mlrd.so‘mdan ziyod qurilish-montaj ishlarini bajarish hamda 700,0 mlrd.so‘mdan ortiq sanoat mahsulotini ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega.
Vazirlar Mahkamasining 16 yanvar 2015 yildagi 1-sonli yig‘ilish bayonnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida, kompaniya xamda tasarrufidagi korxona va tashkilotlarining 2016 yilga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yil mart oyida tasdiqlangan.
Ushbu xujjat ijrosini ta’minlash maqsadida 2016 yil 1 chorak yakunlari buyicha kompaniya tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1) 33 479 mln. so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2015 yilga nisbatan 118%, shu jumladan tashkilotlar tomonidan o‘z kuchlari bilan 24498 mln. so‘mga teng ishlar bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 108,1 % tashkil etdi;
2) 123 830,5 mln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, taqqoslama narxlarda o‘sish sur’ati 110,2 % ga bajarildi, 17,93 ming tn. po‘lat quvurlar, 20,31 ming tonna katanka va temir cho‘p turlari, 800 tonna payvandlash uchun mis simlari, 112 dona po‘lat radiatorlari, 709,1 tn metallqo‘rilmalari va boshqa maxsulotlar ishlab chiqarildi. Tovar ishlab chikarish tannarxinig passayishi 10% ga erishildi.
3) Xalkaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomalarga asosan import maxsulotlarini o‘rnini bosuvchi 3201,7 mln. so‘mlik mahsulot olingan, ya’ni oyma-oy chorak grafigi 102,8 %ga bajarildi.
4) Maxalliylashtirish dasturi buyicha 106 740,47 mln. so‘mlik mahsulot chiqarildi.
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi PK- 2458 sonli qarori bilan tasdiklangan Investitsiya dasturlariga muvofiq 0,73 mln.doll. o‘zlashtirildi va Dastur 100%ga bajarildi.
6) Kompaniya tassarufidagi korxonalar va tashkilotlarda 22 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
O‘zmahsusmontajqurilish” AK barchani ushbu yarmarkada iwtirok etayotgan tashkilotlarning mahsulotlari va xizmatlari bilan yaqindan tanishishga chorlab qoladi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |