Bog'liq Patent litsenziya va sertifaktlar olish uchun shartnomalar tuzish
Patent litsenziya va sertifaktlar olish uchun shartnomalar tuzish
Reja:
Patent, litsenziya va sertifikat olish uchun patent byurosiga ariza berish.
Chet elda patentlash. Litsenzion shartnoma xaqida tushuncha.
Sanoat mulkini chet elda patentlashning maqsadi va vazifasi.
Patentlash - O’zbekiston Respublikasi tashkilotlari, korxonalari, ayrim fuqarolarining chel el patentlari va boshqa tegishli muhofaza hujjatlarini ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalariga olish maqsadida, shuningdek tovar belgilarini amalga oshiriladigan barcha ishlar majmui.

Mamlakatdagi sanoat mulklarini chel elda patentlashning umumiy maqsadi mamlakatdagi fan va texnika yutuqlaridan patent egasining roziligisiz chet el firmalari foydalanishidan himoya qilishdir:
1. Sanoat mahsuloti eksport himoyasi.
Eksport ob’ektlarida foydalaniladigan sanoat mulklarini muvaffaqiyatli patentlash mazkur ob’ektlarning raqobatbardoshligini oshiradi.
Ularga talab oshadi, patent bilan muhofazalangan tovarlarni ancha yuqori narxlarda sotish imkoni yuzaga keladi, valyutasi foydali bo’lgan mamlakat tanlanadi, tashqi bozorda mustahkam o’rin egallanadi.
2. Chet mamlakatlarga butlovchilarni etkazib berish himoyasi. Patentli sanoat mulklarini mana shunday ob’ektlar uchun mazkur etkazib beruvchilar patent muhofazasini ta’minlaydi.
3. Sanoat mulklaridan foydalanish uchun litsenziyalar sotish. Litsenzion huquqiy munosabatlar mohiyati shundaki, huquqlar beriladi va litsenzion bitimga kirishuvchi tomonlar — Listenziat (xaridor) va Listenziar (sotuvchi) o’rtasida munosabat yuzaga keladi.
Patentlashgan sanoat mulklaridan foydalanish uchun litsenziya sotish shartnoma (litsenzion shartnoma) asosida rasmiylashtiriladi, unga ko’ra patent egasi listenziatga sanoat mulklaridan foydalanishga ijozat beradi. Mahsulotni eksport qilish xalqaro savdodagi mavjud cheklovlar tufayli foydasiz bo’lib qolgan hollarda litsenzion shartnomadan foydalaniladi.

Patentlarni ayirboshlash. O’zbekiston tashkilotlari va chet el firmalari o’rtasida keng ko’lamdagi ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy shartnomalardan ko’zda tutilishi mumkin.
Ayirboshlash majburiy bo’lishi ham mumkin, bunda patent huquqlariga zid kelib qoladi, bunday hol turli talabnomachilarga ikki va undan ortiq patent berilganda, shulardan bitta patent asosiy, boshqalaridan foydalanish uncha bog’liq bo’lmaganda yuzaga chiqadi.
Patentlashtiruvchi tashkilot patent berish uchun talabnoma materiallari, ixtiro uchun boshqa muhofaza hujjatlarini tayyorlashni ta’minlaydi va mazkur sanoat mulklari bo’yicha huquqiy muhofazaga taalluqli keyingi ishlarni amalga oshiradi.
Sanoat mulklarini chet elda patentlash uchun materiallarni tayyorlash patentlashtiruvchi tashkilot amalga oshiradi.
Uskunani tijoriylashtirish va keng ishlab chiqarish maqsadida bir korxona bilan litsenziya shartnomasi tuzish mumkin.
Misol uchun, bir ilmiy tadqiqot instituti qishloq xo'jaligida foydalanish uchun uskuna yaratdi.
Litsenziya shartnomasi intellektual mulk ob'ektlarini tijoriylashtirishda qo'llanadigan usullardan biri sanaladi.
Litsenziya shartnomasi taraflarning xohishi bilan tuziladi.
U yozma shaklda tuzilishi va agentlik ro'yxatidan o'tkazilishi lozim.
Litsenziya shartnomasini yozma shaklda tuzish yoki ro'yxatdan o'tkazish talabiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emas deb topilishiga sabab bo'ladi.