321
mumkindir. Yo‘q esa, avvaldan kelgan qo‘ramaslik va e’tiborsizlig‘imizning davom eta
berishi maorifimizni bo‘g‘ub o‘ldurgusidir.
Maktablarni ta’min etmak vazifasi o‘z bo‘ynig‘a tushgan xalqimizning saviya
fikriyasi, maktab va o‘qish-o‘qitish ishlariga nazari ma’lumdir.
Mavlud munosabati bilan Toshkentda Mahkamai shar’ia tomonidan yasalg‘an
ulug‘ namoyishda bu e’tiborsizlikni zararli samarasi juda ochiq ko‘ruldi.
Bizni
yashatishga emas, o‘ldirishga sudrayturg‘an eski maktab bolalari xorlik va maskanatni*
kuldirib turg‘an qonsiz chehralari bilan ola-bula to‘nlar kiyib Jome’ bilan Ko‘kaldosh
sahnasiga to‘lg‘an choqlarida xalqning ko‘zi yoshlar bilan to‘ldi. Xalqning ko‘zlaridan
to‘kilgan u yoshlar nodonlik va taassib orqasida kelgan behuda va shuning bilan birga
samimiy yoshlardir. Bu manzara qarshisida butun umrini xalqning maorifi,
yangi
maktabi, taraqqiy va ta’limi uchun sarf etgan kishilar boshqa tushuncha va boshqa o‘ylar
bilan yig‘iladilar. Birmuncha vaqtdan beri maorif ishlaridan chetda yurgan eski bir maorif
xodimi o‘shal manzaradan olg‘an taassurotini juda achchig‘ qilib onglatdi. Uning maorif
ishlaridan chetda yurishi uchun gunohni kimning bo‘ynig‘a qo‘ya olamiz?
Har holda,
mavlud kunidagi hazin manzaraga shu chekkalab yurishlarning xiyla ulug‘ ta’siri bordir.
Hozir hukumat qaramog‘ida bo‘lg‘an maktablarning soni juda ozdir. Bo‘lg‘an
qadarisini ham hukumat to‘la va yetarlik ravishda ta’min qila olmaydir. Yangi iqtisodiy
siyosat (NEP) degan narsa bilan bu kun juda buzulib ketgan xalq ruhi mavlud kuni
ko‘rganimiz kabi maskanat manbai bo‘lg‘an eski maktablarda bo‘lsa,
ul maktablar
bundan so‘ng, shubhasiz, kundan-kunga kuchayib borg‘usidirlar.
Ularga qarshi
kurashmak lozimdir. Faqat bu kurashni hech bir kuch bilan davom etdirib bo‘lmas.
Buning uchun hukumat qaramog‘ida bo‘lg‘an maktab va internatlarni kuchaytirmak,
to‘laytirmoq va har jihatdan mukammallashdirmak kerakdir.
Buning ustiga, yana xalq hisobig‘a ham yangi usul maktablar ochdirib, ularni ham
moddiy va ma’naviy yoqlardan mukammallashdirishga
butun maorif va yoshlik
kuchlarini zavq etdurmak kerakdir.
Tarixning bizning uchun teskari bo‘lg‘an jarayoni natijasida kelib chiqqan shu
hollarning aybini birimiz do‘lga va birimiz tegirmonga qo‘ymoq
bilan faqat ahvolni
og‘irlashdirgan bo‘lurmiz. Tegirmon tarafdorlari va do‘lni yoqlag‘uchilar uchun
322
qo‘shmoq bir vazifa bor: bor qadar yangi maktablarni har jihatdan mukammallashdirib,
eski maktab tahlikasiga qarshi kurashmak!
Hozir shu maqsad bilan bolalar haftasi yasalmoqdadir. Do‘l deganlar-da, tegirmon
deganlar-da ochiq maydonda o‘zlarini ko‘rsatsunlar.
Maqola «Turkiston» gazetasining 1922 yil 4 noyabr sonida «Abdulhamid
Sulaymon» imzosi bilan bosilgan. Birinchi marta Cho‘lpon «Asarlar»i 4-jildida
qayta
chop etilgan.
Maskanat – faqirlik, bechoralik.
Do'stlaringiz bilan baham: