3.2.16.
Teatr – San’at (1922)
(«QIMORBOZLAR HAYOTI», «XIYONATKORLAR JAZOSI», «ER-
XOTIN», «ARSHIN MOLOLON») UMUMIY QARASH
O‘rtoq Uyg‘ur Buxorodan kelgandan beri sahnamiz jonlana boshladi. Shu bir-ikki
hafta ichida yana burungi kabi kamchiliklar, qarg‘ish va la’natlar bilan bo‘lsa-da, bir
necha tomosha ko‘rdik.
Matbuotimizda ismi ko‘runub kelaturg‘on «S» (Sanjar) o‘rtoq tomonidan tarjima
qiling‘on «Qimorbozlar hayoti» — Ovrupo qimorbozlig‘ining qo‘rqunch yoqlarini
yaxshi ko‘rsatadir. Bunda qimorbozliqning qaynag‘on joyi, qimorbozlarning ish ustidagi
«faoliyatlari» ko‘runmaydir. Bunda bu yomon odatning oilaga qilg‘on ta’siri ko‘brak
ko‘rsatiladir. Tarjima tekisgina chiqqon. G‘udur-budurliq ko‘b sezilmadi. Faqat bunda
o‘ynag‘uchi artistlarimiz (Abror, Sayfi qori, Ziyo Said, Shokirlar) nimagadir xiyla yot va
begona bo‘lub o‘ynadilar. Samimiylik, ro‘lni anglab o‘ynashlik, sahnada erkin bo‘lishliq
— mana bularni ko‘ra olmadik. Xalq oz edi, kirim yomon bo‘lg‘on, ehtimolkim shuning
uchun artistlarimiz «baribir» deb o‘ynag‘on bo‘lsalar…
Davlat truppasining bu «baribir» tomoshasidan so‘ng Eski shahar ishchilar fakulteti
talabalarining bir «Tomosha va konsert kechasi»ni ham ko‘rdik. Tomosha qismida
qo‘yulg‘on to‘rt pardalik «Xiyonatkorlar jazosi» degan narsani yozib o‘ltirish ham vaqt
isrof qilishdir. Ba’zi bir pardalarning 3—5 minut qadar davom etishlari bunga katta
316
guvohdir. Faqat konsert qismida milliy cholg‘i maktabining birinchi imtihonini
ko‘rdikkim, bu xiyla umidlikdir. Bolalarning ko‘bayishib aytgan ashulalari zaif bo‘lsa
ham, bir bolaning yolg‘iz ashulasi, bir yigit tomonidan yolg‘iz aytilgan «Gulyor» yaxshi
edi. Shu «Gulyor» aytgan yigitda yaxshi kuchlik tovush bor. Faqat, ishlanmagan.
Milliy cholg‘i maktabi g‘olibo 3-4 yildan beri davom etadir. Faqat so‘ng choqqacha
unda muallimlar o‘rniga «to‘nkalar» o‘lturg‘oni uchun hech samarasi ko‘rulmagan.
Yaqinda yasalg‘on islohot va ta’lim ishiga qo‘yulg‘on muqtadir muallimlar (Qurbon va
Shojalillar) maktabni umidli yo‘lg‘a qo‘yg‘onlar.
Yana ham diqqat, yana ham ko‘brak ahamiyat berilmagi kerak.
Sahnamizda necha marotaba o‘ynalg‘on «Er-xotun» va «Arshin mololon»
tomoshalari to‘g‘risida qayta-qayta yozishni ortiq topaman. Bu to‘g‘rida shunigina
aytamankim, bizning sahnamizning eng zo‘r kamchiligi — dram o‘ynag‘uchilarning
o‘perada chiqishlaridir. Mana bu kamchilik har ikki tomoshada ham eng qattig‘ sezildi.
Bilmadim, qachon bizning sahnamiz o‘perada boshqa, dramda boshqa hay’atga ega
bo‘lur ekan. Har holda, so‘nggi ikki tomosha sahnamizning yana jonlanib, tuzalib
borg‘onini ko‘rsatadir. Sahnamiz yana tirilmakchi. Xalq sahnada yana ruhiga oziq topa
boshladi. Endi shu harakatni to‘qtatmay, oqsatmay olib borish — (har bir san’at — D.Q.)
arbobining vazifasidir.
Endi umumiy suratda bir narsa yozib o‘tmakchi bo‘laman: umumiy deganim sahna
va san’atimizning moddiy jihatidir. Qish yaqinlashib, yupqa kiyimlar yaramay
boshlag‘on bir vaqtda ham xalqimiz o‘zi tubdanda o‘lgundek zax bo‘lg‘on yozliq
«Turon»da tomosha ko‘rmakka majbur. Qishloq «Turon» qat’iyan yaramaydir. ToshPO
o‘rni tilga ham olinmog‘on, yangi bino esa mahallama-mahalla ko‘chub, har kun bir
kamisiya tomonidan bir to‘qtatilib, bir ruxsat etilib, sarson va sargardon bo‘lub guradir.
Bilmadim, bu ish jiddiy bir yo‘lg‘a tusharmi, yo‘qmi? Qish kelganda ko‘chada qolg‘on
sahnadan nima umid qilmog‘ kerak?
Buxorodan chaqirtirib oling‘uncha ming va’da, ming xil rohat va ta’minotlar
taqdim qiling‘on Uyg‘ur hanuz turg‘ali bir joy, ba’zi tajribalar uchun ikki gaz oynag‘a
ega bo‘lmag‘on. «Uyg‘urni Buxorodan olib kelish uchun pul sarf qilib G‘ozi Yunus
o‘rtoqni Buxorog‘a yuborg‘an» Eski shahar ijroqo‘mi uning qo‘l ostig‘a kelib kirgan
san’atkorga joy topib berolmaydir-da, «Sharq» kutubxonasining joyig‘acha bir
317
yakatchiga ijaraga qo‘yadur. San’atning qiymati shu esa, unday san’atdan umid uzmasa
kerak edi!
____________
Do'stlaringiz bilan baham: |