3.2.14.
«Abo Muslim» (1921)
ABO MUSLIM
13 dekabrda «Turon» qishliq binosida ulug‘ adibimiz Fitratning 5 parda 7
ko‘runushlik «Abo Muslim Xurosoniy» nomliq tomoshasi o‘ynaldi.
Tomosha — aralashquchu qahramonlarning ko‘bligi ham tarixning eng
chuvalashqon davridan olinib yozilg‘oni uchun tomoshaning so‘ngiga uning natijasini
to‘la ko‘rvataturg‘on bir ko‘runush ortdirilg‘on. Bu ko‘runush xiyla muvaffaqiyatlik
311
tuzulgan. Ayniqsa, Marv begi qizining bir to‘da «yovvoyi» kishilar orasida qolg‘on
chog‘idagi shoshqinlig‘i, odam bolalarining axloq vajidan qanday quyi darajalarga
tushganligi to‘g‘risida xalqqa qaratib qilg‘on xitoblari ham ul kishilarning har birini bitta-
bitta ta’rif qilishi juda o‘tkurdir.
Umuman tomoshada Fitratga xos so‘z ustalig‘i xiyla kuchlik. Bu jihatdan tomosha
katta bir adabiy ahamiyatga molikdir.
Endi o‘ynag‘uchilarg‘a kelsak, Abo Muslim ro‘lida Abror tomoshaniig boshdan-
oyog‘ig‘acha bir tekis olib bora olmadi. Ochibroq aytganda, biz islomiyat tarixida juda
ulug‘ dovruqlarg‘a sabab bo‘lg‘on temir vujudlik, po‘lat irodalik, mudhish Abo Muslimni
ko‘ra olmadiq. Abror epchil artisimizdir, shu tilagimizni bu safar bo‘lmasa, boshqa bir
safar bera olishig‘a ishonamiz. Oxirgi ko‘runishda abbosiylarning birinchi xalifasi ro‘lini
Sayfi qori juda yumshoq o‘ynadi. Ayniqsa, Abo Muslim bilan Marv begi qizining
o‘lishlari chog‘ida, karomatchi shayx choponi ostidan hovarjlarning josusi Zahhok chiqib
kelgan vaqtda, o‘zining katta va tuzalmas xatolarini anglag‘on damlarda shu qadar kam
harakat edikim, sira qo‘ya qoling! Sayfi qorining ampulasi (o‘ynayturg‘on o‘yunlari)
belgulikdir. Rejissur shuni ko‘zda tutub uni g‘oyat jiddiy bo‘lg‘on shu xil ro‘llarga
chiqarmaslig‘i kerak.
Bizning Turkistonda «dog‘uli ayyor» deb nom chiqarg‘on Zahhok ro‘lida Uyg‘ur
boshdan-oyoq yaxshi. Ko‘zga ilinar-ilinmas sustlik va ruhsizligini sanamasak, Marv
begining qizi Gulnor ro‘lida Mas’uma xonim yaxshi. Abo Muslimning vaziri Xolid
ro‘lida O‘ktam, Marv begi ro‘lida (avvallarda Sayfi qori) Amir Ali ro‘lida Shokir, Yazid
ro‘lida Olim, Gulnorning enagasi ro‘lida (Robiya Tutash tekis o‘ynaydilar. Narsiyor
ro‘lida chiqqan Bosit bilan Yazid ro‘lidagi Olimning yuksak ruh bilan vaziyat va ahvolg‘a
yondashtirib o‘ynashlarini aytib o‘tmak kerak. Boshqa kichkina vazifalar ham durust
bajarildi.
Umuman aytganda, bu asarning bu safargi o‘ynalishini juda tekis va zavqli
o‘yunlardan bo‘ldi desak, sira yanglishmag‘on bo‘lamiz.
Bizning qashshoq va esdan chiqib ketgan sahnamizga xos bo‘lg‘on kamchiliklar
(jihoz, dekaratsiya va kiyimlar kamligi), albatta bu yo‘la ham bor edi. Bunlarning
to‘ldirilishi, tugallanishi — Marv begining bir savoliga qarshi Zahhokning bergan
javobidek: «Teva qafasga kirganda bo‘laturg‘onga o‘xshaydir…»
312
Xalq zich, to‘la edi.
«Xalq teatrga yurmaydi» degan gap to‘g‘ri emas, xalq yuradir. Lokin, teatr-tomosha
ismida bo‘laturg‘on qurchoq o‘yunlarig‘a, o‘z ruhiga yot bo‘lg‘on unga
anglashilmayturg‘on tarjimalik «g‘arbiy» asarlarga yurmasa haqi bordir. Yo‘q esa o‘zini
qiziqtiraturg‘on zaminlarda yozilg‘on va yaxshi o‘ynalaturg‘on tomoshalarga xalq
yuradir.
Bu hol so‘ng vaqtda juda ochuq ko‘ruldi.
Xalqning ruhini yaxshi tushunib olg‘on Davlat truppasi endi xalq ruhiga yaqin
bo‘lg‘on narsalarni ko‘prak ko‘ymoq uchun harakat qila boshlamishdir. Hozir truppa
tomonidan Xurshid o‘rtoq qalami bilan tomosha holig‘a soling‘on mashhur «Farhod va
Shirin» afsonasi tayyorlanmoqdadir.
Ikkinchi tomondan sahnamizning o‘zini tuzatishga xam jiddiy harakatlar ko‘rula
boshladi. Sirdaryo muzofot firqa qo‘mitasining mas’ul sarkotibi o‘rtoq Abdulhay Toji
bilan Eski shahar ijroqo‘mining muvaqqat raisi Mannon Ramz o‘rtoqlar markazning
birdan-bir san’at markazi bo‘lg‘on «Turon» binosi va Davlat truppasini yaxshi yo‘lga
qo‘ymoq ishini bir necha havaslik kishilarga topshurib pullik yordam va’da qilg‘onlar.
_______________
Abo Muslim. — «Turkiston» gazetasining 1921 yil 21 dekabr sonida Qalandar
imzosi bilan e’lon qilingan.
Abror
— Abror Hidoyatov (1900—1958), mashhur teatr aktyori, SSSR xalq artisti.
4918 yildan aktyorlik faoliyatini boshlagan A. Hidoyatov Otello rolining ijrosi bilan xalq
dilida muhrlanib qolgan.
Abbosiylarning birinchi xalifasi
— Muhammad alayhissalomning amakisi Abbos
avlodidan «Saffoq» (Xunrez) laqabi bilan mashhur bo‘lgan Abu Abbos Abdulloh
sulolaning birinchi xalifasi edi.
Ma’suma xonim
— Maxsuma Qoriyeva (1902—1940), ilk o‘zbek aktrisalaridan,
O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist.
313
Shokir — Shokir Najmiddinov, 1903 yilda tug‘ilgan. Ijodiy faoliyatini 1919 yilda
Karl Marks nomli truppa sostavida boshlagan talantli aktyor. O‘zbekiston SSR xalq
artisti.
Do'stlaringiz bilan baham: |