Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

Teatr — san’at
— «Turkiston» gazetasining 1922 nil 29 sentyabr sonida e’lon 
qilingan. 
«Qimorbozlar hayoti» — frantsuz dramaturgi Viktor Dyukanj (1783—1833) 
qalamiga mansub asar. Aslida «O‘ttiz yil yoki qimorbozning hayoti» deb nomlanuvchi 
bu asar 1828 yilda yozilgan. 
«Xiyonatkorlar jazosi» — bu o‘rinda qaysi asar nazarda tutilayotganini aniqlashga 
muvaffaq bo‘lmadik. Taxminimizcha, gap Hamzaning «Tuhmatchilar jazosi» pesasi 
haqida bormoqda. 
«Er va xotin», «Arshin mololon» — Ozarboyjon kompozitori va dramaturti Uzeir 
Hojibekov (1885—1948) asarlari. Bulardan keyingisi ayniqsa katta shuhrat topgan. 
Ziyo Said — taxallusi, haqiqiy ism-sharifi Qosim Solihov (1901—1938), o‘zbek 
dramaturgi, jurnalist va tanqidchi. 
3.2.17.
 
Hayot-Mamot Masalamız Ustida (1922) 
«Turkiston» boshqarmasig‘a o‘lkamizning har tomonidan har kun degudek to‘p-
to‘p xatlar keladir. Gazeta boshqarmasig‘a kelaturg‘an xatlar, albatta, mahallarning kun 
o‘tkazishi, tiriklik qilishini har tarafdan yaxshilab ko‘rsatsa kerak edi. Lokin ul xatlardan 
olg‘an xabarlar bilan gazetaning o‘lka hayotiy qismini keng, yaxshi va to‘g‘ri bir yo‘lg‘a 
qo‘yub bo‘lmaydir. Negakim ul xatlarning hammasi degundek maorif, o‘qush, o‘qutish 
masalasidan va ul masalaning-da faqat fojia yoqlaridan bahs etalar… 
O‘lka Maorif komissarligida o‘lturub mahallardagi maorif shu’balarining ma’ruza 
(doklad)lari ichiga ko‘milgan o‘rtoqlarimiz, bilmadikkim, maorifimizning haqiqiy 
holidan qancha xabardor bo‘lsalar? Albatta, ular mahallardagi maorif ishlarining ochiq 
chig‘armasini bizdan ortiq onglab, bizdan ortiq bilsalar kerak. Faqat mahallardagi maorif 
ishlarining o‘lib borishig‘a qarshi u o‘rtoqlarimizning bu kun nima tadbir va choralar 
ko‘rganligi ularning Xo‘jand maorif shu’basiga qilg‘an muomalalaridan ma’lumdir. U 
muomala shundan iboratdir: o‘lkamizda maktab o‘qushlariga bir qadar ahamiyat bergan 


318 
bir musulmon shahri bo‘lsa, u ham Xo‘jand ekan. Maorif komissarligining maktablar turi 
(miqdori) bo‘yicha Xo‘jandda hukumat hisobiga faqat 8 gina maktab ochishg‘a ruxsat 
berilib, shunga yarasha, balki, ozroq pul berilgani holda, Xo‘jand maorif shu’basi o‘zi 
harakat qilib 14 maktab saqlar ekan. Bu 14 maktabning ikkisi ham qizlar maktabi ekan. 
So‘ng vaqtlarda ta’minotsizlik sabablik har yerda musulmon muallimlarining 
maktab ishlarini tashlab, boshqa yo‘llarg‘a kirib ketkanliklarini ko‘rgan Xo‘jand maorif 
shu’basi turli yo‘llar bilan pul topib, muallimlarga ta’rifa (tarif) bo‘yinchagina oyoq 
bermasdan, ular bilan alohida muohada (dogovor)lar yasab, ularni bir qadar ta’min qilib 
kelgan. 
Xo‘jand maorif shu’basining bu harakatini bizning o‘lka Maorif komissarligimiz 
o‘zboshimchalik, rejadan chiqishlik deb topib unga koyish (poritsaniye) e’lon qilg‘an… 
Bu muomala Xo‘jand maorif shu’basida o‘lturub, oz-da bo‘lsa ishlamak istagan 
kishilarga: «Ishlama, baribir, seni ishlatgali qo‘ymaymiz!» – demak emasmi? Durust, 
Xo‘jand maorif shu’basi o‘zboshicha muohada bog‘lag‘an, o‘z bilganicha ish qilg‘an. Har 
holda, kerak va lozim bo‘lg‘an rasmiyatni buzg‘an. Lokin maktablar turi bo‘yincha 
hissasiga tushkan maktablarning yarim-yo‘rtisi uchun ham qancha vaqtlardan beri 
ta’minot ololmay kelgan maorif shu’balari bor, ko‘b bor. Ana bularga qarshi rasmiyatni 
buzg‘an Maorif komissarligining o‘zi emasmi? Xo‘jandda 8 maktab o‘rnig‘a 14 maktab 
bo‘lg‘an ekan, bir maktabga ega bo‘la olmag‘an joylar ham bor. 
So‘ngra maktablarning bu jihati ham bor: bu kun bizning yerlik xalqning maorifi 
o‘lim oldida; maorif ishida yurgan yoshlarimiz, muallimlarimiz qorinlarini to‘yg‘iza 
olmasdan maorif ishidan chekildilar; ularni yanadan maktab-maorif ishiga jalb etmak 
masalasi bizning uchun hayot-mamot masalasi bo‘lub turadir. Shundan bir ahvol ichida 
ham Ovrupo rasmiyatining eng bachkana, eng arzimas bir bobi uchun shunday muomala 
qilmoq to‘g‘rimi? O‘lar holatda yotkan kishiga: «Nimaga mehmonni qarshi olmoqqa 
chiqmading?» – desak bo‘ladirmi? 
Firqaning so‘ngg‘i o‘lka konferentsiyasida maorif ishlari to‘g‘risida qisqa, lokin 
asosli gaplar aytildi. Maorif to‘g‘risida mahaldan kelgan har bir vakil degundek zorlanib 
o‘tdi. Butun jumhuriyat uchun birinchi maydon xo‘jaliq maydoni bo‘lub, maorif ikkinchi 
yo uchinchi maydon bo‘lsa, bizning Turkistonda o‘zining qorong‘ulig‘ig‘a qarab bu 
maydon birinchi bo‘lmog‘i kerak edi. Ammo bizda bosmachilik harakati bor. Lokin 


319 
yaxshilab o‘ylang‘anda, shu bosmachilik harakati va uning orqasida to‘rt-besh yildan beri 
elni qoqshatib kelgan urush maydoni bizning jaholatimiz orqasida chiqmadimi? 
Bir narsa onglag‘an, tushungan xalqlar sira oyoq ostida ezildilarmi? 8 maktab 
o‘rnig‘a 14, balki 24 maktab ochib, ahdnoma bilan emas, undan kattaragi bilan ish 
ko‘rush natijasida har bir qulliq zanjiriga og‘ir, og‘ir zarbalar tushurilmasmi? 
«Turkiston» gazetasining 1922 yil 20 oktyabr sonida «Abdulhamid Sulaymon» 
imzosi bilan bosilgan. Birinchi marta Cho‘lpon «Asarlar»i 4-jildida qayta chop etilgan. 
Ushbu maqolada Xo‘jand maorif shu’basi hukumat hisobiga 8 ta maktab o‘rniga 14 
ta maktab ochgani uchun O‘lka maorif komissarligi tomonidan o‘zboshimchalikda 
ayblangani bayon qilingan. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish