Teatr — san’at
— «Turkiston» gazetasining 1922 nil 29 sentyabr sonida e’lon
qilingan.
«Qimorbozlar hayoti» — frantsuz dramaturgi Viktor Dyukanj (1783—1833)
qalamiga mansub asar. Aslida «O‘ttiz yil yoki qimorbozning hayoti» deb nomlanuvchi
bu asar 1828 yilda yozilgan.
«Xiyonatkorlar jazosi» — bu o‘rinda qaysi asar nazarda tutilayotganini aniqlashga
muvaffaq bo‘lmadik. Taxminimizcha, gap Hamzaning «Tuhmatchilar jazosi» pesasi
haqida bormoqda.
«Er va xotin», «Arshin mololon» — Ozarboyjon kompozitori va dramaturti Uzeir
Hojibekov (1885—1948) asarlari. Bulardan keyingisi ayniqsa katta shuhrat topgan.
Ziyo Said — taxallusi, haqiqiy ism-sharifi Qosim Solihov (1901—1938), o‘zbek
dramaturgi, jurnalist va tanqidchi.
3.2.17.
Hayot-Mamot Masalamız Ustida (1922)
«Turkiston» boshqarmasig‘a o‘lkamizning har tomonidan har kun degudek to‘p-
to‘p xatlar keladir. Gazeta boshqarmasig‘a kelaturg‘an xatlar, albatta, mahallarning kun
o‘tkazishi, tiriklik qilishini har tarafdan yaxshilab ko‘rsatsa kerak edi. Lokin ul xatlardan
olg‘an xabarlar bilan gazetaning o‘lka hayotiy qismini keng, yaxshi va to‘g‘ri bir yo‘lg‘a
qo‘yub bo‘lmaydir. Negakim ul xatlarning hammasi degundek maorif, o‘qush, o‘qutish
masalasidan va ul masalaning-da faqat fojia yoqlaridan bahs etalar…
O‘lka Maorif komissarligida o‘lturub mahallardagi maorif shu’balarining ma’ruza
(doklad)lari ichiga ko‘milgan o‘rtoqlarimiz, bilmadikkim, maorifimizning haqiqiy
holidan qancha xabardor bo‘lsalar? Albatta, ular mahallardagi maorif ishlarining ochiq
chig‘armasini bizdan ortiq onglab, bizdan ortiq bilsalar kerak. Faqat mahallardagi maorif
ishlarining o‘lib borishig‘a qarshi u o‘rtoqlarimizning bu kun nima tadbir va choralar
ko‘rganligi ularning Xo‘jand maorif shu’basiga qilg‘an muomalalaridan ma’lumdir. U
muomala shundan iboratdir: o‘lkamizda maktab o‘qushlariga bir qadar ahamiyat bergan
318
bir musulmon shahri bo‘lsa, u ham Xo‘jand ekan. Maorif komissarligining maktablar turi
(miqdori) bo‘yicha Xo‘jandda hukumat hisobiga faqat 8 gina maktab ochishg‘a ruxsat
berilib, shunga yarasha, balki, ozroq pul berilgani holda, Xo‘jand maorif shu’basi o‘zi
harakat qilib 14 maktab saqlar ekan. Bu 14 maktabning ikkisi ham qizlar maktabi ekan.
So‘ng vaqtlarda ta’minotsizlik sabablik har yerda musulmon muallimlarining
maktab ishlarini tashlab, boshqa yo‘llarg‘a kirib ketkanliklarini ko‘rgan Xo‘jand maorif
shu’basi turli yo‘llar bilan pul topib, muallimlarga ta’rifa (tarif) bo‘yinchagina oyoq
bermasdan, ular bilan alohida muohada (dogovor)lar yasab, ularni bir qadar ta’min qilib
kelgan.
Xo‘jand maorif shu’basining bu harakatini bizning o‘lka Maorif komissarligimiz
o‘zboshimchalik, rejadan chiqishlik deb topib unga koyish (poritsaniye) e’lon qilg‘an…
Bu muomala Xo‘jand maorif shu’basida o‘lturub, oz-da bo‘lsa ishlamak istagan
kishilarga: «Ishlama, baribir, seni ishlatgali qo‘ymaymiz!» – demak emasmi? Durust,
Xo‘jand maorif shu’basi o‘zboshicha muohada bog‘lag‘an, o‘z bilganicha ish qilg‘an. Har
holda, kerak va lozim bo‘lg‘an rasmiyatni buzg‘an. Lokin maktablar turi bo‘yincha
hissasiga tushkan maktablarning yarim-yo‘rtisi uchun ham qancha vaqtlardan beri
ta’minot ololmay kelgan maorif shu’balari bor, ko‘b bor. Ana bularga qarshi rasmiyatni
buzg‘an Maorif komissarligining o‘zi emasmi? Xo‘jandda 8 maktab o‘rnig‘a 14 maktab
bo‘lg‘an ekan, bir maktabga ega bo‘la olmag‘an joylar ham bor.
So‘ngra maktablarning bu jihati ham bor: bu kun bizning yerlik xalqning maorifi
o‘lim oldida; maorif ishida yurgan yoshlarimiz, muallimlarimiz qorinlarini to‘yg‘iza
olmasdan maorif ishidan chekildilar; ularni yanadan maktab-maorif ishiga jalb etmak
masalasi bizning uchun hayot-mamot masalasi bo‘lub turadir. Shundan bir ahvol ichida
ham Ovrupo rasmiyatining eng bachkana, eng arzimas bir bobi uchun shunday muomala
qilmoq to‘g‘rimi? O‘lar holatda yotkan kishiga: «Nimaga mehmonni qarshi olmoqqa
chiqmading?» – desak bo‘ladirmi?
Firqaning so‘ngg‘i o‘lka konferentsiyasida maorif ishlari to‘g‘risida qisqa, lokin
asosli gaplar aytildi. Maorif to‘g‘risida mahaldan kelgan har bir vakil degundek zorlanib
o‘tdi. Butun jumhuriyat uchun birinchi maydon xo‘jaliq maydoni bo‘lub, maorif ikkinchi
yo uchinchi maydon bo‘lsa, bizning Turkistonda o‘zining qorong‘ulig‘ig‘a qarab bu
maydon birinchi bo‘lmog‘i kerak edi. Ammo bizda bosmachilik harakati bor. Lokin
319
yaxshilab o‘ylang‘anda, shu bosmachilik harakati va uning orqasida to‘rt-besh yildan beri
elni qoqshatib kelgan urush maydoni bizning jaholatimiz orqasida chiqmadimi?
Bir narsa onglag‘an, tushungan xalqlar sira oyoq ostida ezildilarmi? 8 maktab
o‘rnig‘a 14, balki 24 maktab ochib, ahdnoma bilan emas, undan kattaragi bilan ish
ko‘rush natijasida har bir qulliq zanjiriga og‘ir, og‘ir zarbalar tushurilmasmi?
«Turkiston» gazetasining 1922 yil 20 oktyabr sonida «Abdulhamid Sulaymon»
imzosi bilan bosilgan. Birinchi marta Cho‘lpon «Asarlar»i 4-jildida qayta chop etilgan.
Ushbu maqolada Xo‘jand maorif shu’basi hukumat hisobiga 8 ta maktab o‘rniga 14
ta maktab ochgani uchun O‘lka maorif komissarligi tomonidan o‘zboshimchalikda
ayblangani bayon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |