Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.18.
 
Haqiqiy Inqilob (1922) 
Biz bir necha yildan beri inqilobning eng qaynag‘an muhitida turamiz. 
Biz inqilobning eng kuchaygan asrida yashaymiz. 
O‘ktabr o‘zgarishidan beri bizning har bir harakatimiz, har bir qimirlashimiz 
inqilobga tomon, o‘zgarishga qarab yasaldi. Chirigan, buzulg‘an hayotimizni tuzatmak 
uchun har yo‘l bilan o‘zgarib, boshqalanib ko‘rdik. Lokin bunlarning ko‘bi, aksarisi 
ergashish yo‘li bilan, taqlid usuli bilan borar edi. 
Shuning uchun shu 5-4 yil ichida ko‘zga ko‘rungundek o‘zgarganimiz ko‘rulmadi. 
Miyamizda, hayotimizning chuqur burchaklarida boshqaliq, yangilik bo‘lmadi. Bizga 
kiyimda, sahnada, yurush-turushda yasalg‘an o‘zgarishlardan ko‘ra ortig‘roq o‘zgarish 
qilinaturg‘an yerlar bor edi. Endi unlarga sira ahamiyat bermadik. Boshqalar oldida 
o‘zimizni qizartaturg‘an qancha yomon odatlarimiz bo‘la turub, ul odatlarni xalq 
«qilmasa gunoh bo‘lmadi» e’tiqodi bilan qila turub, biz bunga indamadik, unlar bilan 
kurashmadik. 
Biz faqat yasan-tusanga ortiq ahamiyat berdik. 
5 yil ko‘purub, qaynab, o‘zimizni har tomong‘a urub qarag‘andan so‘ng, endigina 
haqiqiy inqilobning lozim nuqtasini topib kelamiz, shekillik. San’atda G‘arb yo‘li bilan 


320 
emas, o‘z yo‘limiz bilan, shuni tuzatib, isloh qilib ketish kerak degan fikr yaqindan beri 
gazetamiz betlariga chiqa boshladi. 
Maktablarimizda ham shakldan, ko‘rinishdan, tashqi yaltiroqliqdan ko‘ra ma’noga, 
ichki puxtalikka ko‘brak diqqat qiling‘anlig‘i ko‘ruladir. 
Gazetalarda o‘z hayotiy masalalarimiz ko‘brak yozilib, yangi chiqayotkan 
majmualarimizda o‘z hayotimizni tekshirishlarga ortiq ahamiyat berila boshlag‘anlig‘i 
bilinadir. 
G‘arb muzikasi ostida sekin-sekin yo‘qolib, ko‘mulub borg‘an cholg‘ilarimizning 
o‘qutish, o‘rgatish, ta’lim yo‘li bilan yana jonlana borg‘anlig‘i, uning uchun maktablar 
ochilg‘anlig‘ini eshitamiz. 
Mana bunlar bizning bir qadar sergaklanmakka boshlag‘animizni ko‘rsatalar. 
Bu kunlarda Toshkent mahkamai shar’iasi Toshkentning mo‘tabar ulamolari bilan 
birga butun mahalla imomlarini to‘plab bir majlis boshlag‘an. Ul majlisda xalq orasida 
necha yuz yillardan beri davom etib, bir odat va savob bir odat qatorig‘a kirgan ko‘b 
xurofotlarni bitirmakka qaror qiling‘an va ul qarorni yuzaga chiqarmoq uchun maxsus 
muxtasiblar belgilanib, jiddiy choralarig‘a kirishilgan. Ul majlisda man qiling‘an yomon 
odatlarimiz orasida o‘likka yettilik, yigirmalik, qirqliq va yillik oshlar qilish, xotunlarning 
yig‘lashi, tobutning oldida yig‘lash, qora kiyish kabi bizni boshqalar oldida masxara 
qilaturg‘an zararlik rasmlar ham bordirkim, bu – xalq hayotining eng qora burchaklarida 
yasalg‘usi 
o‘zgarishdir. 
Mana buni olqishlamoq, buni yuzaga chiqarishda qo‘ldan kelgan qadar tirishmoq 
hammamizning eng o‘tkur vazifamizdir. 
Bitsun xurofot! 
«Turkiston» gazetasining 1922 yil 22 oktyabr sonida «A.Sulaymon» imzosi bilan 
bosilgan. Birinchi marta Cho‘lpon «Asarlar»i 4-jildida qayta chop etilgan. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish