Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.19.
 
Ruhimiz O‘lmasun (1922) 
So‘ngg‘i vaqtlarda matbuotimiz maorif masalalaridan ko‘pgina bahs qilmoqqa 
boshladi. Ta’minot to‘g‘risidan ko‘pincha xalqning o‘z bo‘ynig‘a yuklatilgan maktab va 
o‘qush ishlari ko‘p kuch va g‘ayrat sarf qilmoq bilangina istakka muvofiq yurub borsa 


321 
mumkindir. Yo‘q esa, avvaldan kelgan qo‘ramaslik va e’tiborsizlig‘imizning davom eta 
berishi maorifimizni bo‘g‘ub o‘ldurgusidir. 
Maktablarni ta’min etmak vazifasi o‘z bo‘ynig‘a tushgan xalqimizning saviya 
fikriyasi, maktab va o‘qish-o‘qitish ishlariga nazari ma’lumdir. 
Mavlud munosabati bilan Toshkentda Mahkamai shar’ia tomonidan yasalg‘an 
ulug‘ namoyishda bu e’tiborsizlikni zararli samarasi juda ochiq ko‘ruldi. Bizni 
yashatishga emas, o‘ldirishga sudrayturg‘an eski maktab bolalari xorlik va maskanatni* 
kuldirib turg‘an qonsiz chehralari bilan ola-bula to‘nlar kiyib Jome’ bilan Ko‘kaldosh 
sahnasiga to‘lg‘an choqlarida xalqning ko‘zi yoshlar bilan to‘ldi. Xalqning ko‘zlaridan 
to‘kilgan u yoshlar nodonlik va taassib orqasida kelgan behuda va shuning bilan birga 
samimiy yoshlardir. Bu manzara qarshisida butun umrini xalqning maorifi, yangi 
maktabi, taraqqiy va ta’limi uchun sarf etgan kishilar boshqa tushuncha va boshqa o‘ylar 
bilan yig‘iladilar. Birmuncha vaqtdan beri maorif ishlaridan chetda yurgan eski bir maorif 
xodimi o‘shal manzaradan olg‘an taassurotini juda achchig‘ qilib onglatdi. Uning maorif 
ishlaridan chetda yurishi uchun gunohni kimning bo‘ynig‘a qo‘ya olamiz? Har holda, 
mavlud kunidagi hazin manzaraga shu chekkalab yurishlarning xiyla ulug‘ ta’siri bordir. 
Hozir hukumat qaramog‘ida bo‘lg‘an maktablarning soni juda ozdir. Bo‘lg‘an 
qadarisini ham hukumat to‘la va yetarlik ravishda ta’min qila olmaydir. Yangi iqtisodiy 
siyosat (NEP) degan narsa bilan bu kun juda buzulib ketgan xalq ruhi mavlud kuni 
ko‘rganimiz kabi maskanat manbai bo‘lg‘an eski maktablarda bo‘lsa, ul maktablar 
bundan so‘ng, shubhasiz, kundan-kunga kuchayib borg‘usidirlar. Ularga qarshi 
kurashmak lozimdir. Faqat bu kurashni hech bir kuch bilan davom etdirib bo‘lmas. 
Buning uchun hukumat qaramog‘ida bo‘lg‘an maktab va internatlarni kuchaytirmak, 
to‘laytirmoq va har jihatdan mukammallashdirmak kerakdir. 
Buning ustiga, yana xalq hisobig‘a ham yangi usul maktablar ochdirib, ularni ham 
moddiy va ma’naviy yoqlardan mukammallashdirishga butun maorif va yoshlik 
kuchlarini zavq etdurmak kerakdir. 
Tarixning bizning uchun teskari bo‘lg‘an jarayoni natijasida kelib chiqqan shu 
hollarning aybini birimiz do‘lga va birimiz tegirmonga qo‘ymoq bilan faqat ahvolni 
og‘irlashdirgan bo‘lurmiz. Tegirmon tarafdorlari va do‘lni yoqlag‘uchilar uchun 


322 
qo‘shmoq bir vazifa bor: bor qadar yangi maktablarni har jihatdan mukammallashdirib, 
eski maktab tahlikasiga qarshi kurashmak! 
Hozir shu maqsad bilan bolalar haftasi yasalmoqdadir. Do‘l deganlar-da, tegirmon 
deganlar-da ochiq maydonda o‘zlarini ko‘rsatsunlar. 
Maqola «Turkiston» gazetasining 1922 yil 4 noyabr sonida «Abdulhamid 
Sulaymon» imzosi bilan bosilgan. Birinchi marta Cho‘lpon «Asarlar»i 4-jildida qayta 
chop etilgan. 
Maskanat – faqirlik, bechoralik. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish