Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.16.
 
Teatr – San’at (1922) 
(«QIMORBOZLAR HAYOTI», «XIYONATKORLAR JAZOSI», «ER-
XOTIN», «ARSHIN MOLOLON») UMUMIY QARASH
O‘rtoq Uyg‘ur Buxorodan kelgandan beri sahnamiz jonlana boshladi. Shu bir-ikki 
hafta ichida yana burungi kabi kamchiliklar, qarg‘ish va la’natlar bilan bo‘lsa-da, bir 
necha tomosha ko‘rdik. 
Matbuotimizda ismi ko‘runub kelaturg‘on «S» (Sanjar) o‘rtoq tomonidan tarjima 
qiling‘on «Qimorbozlar hayoti» — Ovrupo qimorbozlig‘ining qo‘rqunch yoqlarini 
yaxshi ko‘rsatadir. Bunda qimorbozliqning qaynag‘on joyi, qimorbozlarning ish ustidagi 
«faoliyatlari» ko‘runmaydir. Bunda bu yomon odatning oilaga qilg‘on ta’siri ko‘brak 
ko‘rsatiladir. Tarjima tekisgina chiqqon. G‘udur-budurliq ko‘b sezilmadi. Faqat bunda 
o‘ynag‘uchi artistlarimiz (Abror, Sayfi qori, Ziyo Said, Shokirlar) nimagadir xiyla yot va 
begona bo‘lub o‘ynadilar. Samimiylik, ro‘lni anglab o‘ynashlik, sahnada erkin bo‘lishliq 
— mana bularni ko‘ra olmadik. Xalq oz edi, kirim yomon bo‘lg‘on, ehtimolkim shuning 
uchun artistlarimiz «baribir» deb o‘ynag‘on bo‘lsalar… 
Davlat truppasining bu «baribir» tomoshasidan so‘ng Eski shahar ishchilar fakulteti 
talabalarining bir «Tomosha va konsert kechasi»ni ham ko‘rdik. Tomosha qismida 
qo‘yulg‘on to‘rt pardalik «Xiyonatkorlar jazosi» degan narsani yozib o‘ltirish ham vaqt 
isrof qilishdir. Ba’zi bir pardalarning 3—5 minut qadar davom etishlari bunga katta 


316 
guvohdir. Faqat konsert qismida milliy cholg‘i maktabining birinchi imtihonini 
ko‘rdikkim, bu xiyla umidlikdir. Bolalarning ko‘bayishib aytgan ashulalari zaif bo‘lsa 
ham, bir bolaning yolg‘iz ashulasi, bir yigit tomonidan yolg‘iz aytilgan «Gulyor» yaxshi 
edi. Shu «Gulyor» aytgan yigitda yaxshi kuchlik tovush bor. Faqat, ishlanmagan. 
Milliy cholg‘i maktabi g‘olibo 3-4 yildan beri davom etadir. Faqat so‘ng choqqacha 
unda muallimlar o‘rniga «to‘nkalar» o‘lturg‘oni uchun hech samarasi ko‘rulmagan. 
Yaqinda yasalg‘on islohot va ta’lim ishiga qo‘yulg‘on muqtadir muallimlar (Qurbon va 
Shojalillar) maktabni umidli yo‘lg‘a qo‘yg‘onlar. 
Yana ham diqqat, yana ham ko‘brak ahamiyat berilmagi kerak. 
Sahnamizda necha marotaba o‘ynalg‘on «Er-xotun» va «Arshin mololon» 
tomoshalari to‘g‘risida qayta-qayta yozishni ortiq topaman. Bu to‘g‘rida shunigina 
aytamankim, bizning sahnamizning eng zo‘r kamchiligi — dram o‘ynag‘uchilarning 
o‘perada chiqishlaridir. Mana bu kamchilik har ikki tomoshada ham eng qattig‘ sezildi. 
Bilmadim, qachon bizning sahnamiz o‘perada boshqa, dramda boshqa hay’atga ega 
bo‘lur ekan. Har holda, so‘nggi ikki tomosha sahnamizning yana jonlanib, tuzalib 
borg‘onini ko‘rsatadir. Sahnamiz yana tirilmakchi. Xalq sahnada yana ruhiga oziq topa 
boshladi. Endi shu harakatni to‘qtatmay, oqsatmay olib borish — (har bir san’at — D.Q.) 
arbobining vazifasidir. 
Endi umumiy suratda bir narsa yozib o‘tmakchi bo‘laman: umumiy deganim sahna 
va san’atimizning moddiy jihatidir. Qish yaqinlashib, yupqa kiyimlar yaramay 
boshlag‘on bir vaqtda ham xalqimiz o‘zi tubdanda o‘lgundek zax bo‘lg‘on yozliq 
«Turon»da tomosha ko‘rmakka majbur. Qishloq «Turon» qat’iyan yaramaydir. ToshPO 
o‘rni tilga ham olinmog‘on, yangi bino esa mahallama-mahalla ko‘chub, har kun bir 
kamisiya tomonidan bir to‘qtatilib, bir ruxsat etilib, sarson va sargardon bo‘lub guradir. 
Bilmadim, bu ish jiddiy bir yo‘lg‘a tusharmi, yo‘qmi? Qish kelganda ko‘chada qolg‘on 
sahnadan nima umid qilmog‘ kerak? 
Buxorodan chaqirtirib oling‘uncha ming va’da, ming xil rohat va ta’minotlar 
taqdim qiling‘on Uyg‘ur hanuz turg‘ali bir joy, ba’zi tajribalar uchun ikki gaz oynag‘a 
ega bo‘lmag‘on. «Uyg‘urni Buxorodan olib kelish uchun pul sarf qilib G‘ozi Yunus 
o‘rtoqni Buxorog‘a yuborg‘an» Eski shahar ijroqo‘mi uning qo‘l ostig‘a kelib kirgan 
san’atkorga joy topib berolmaydir-da, «Sharq» kutubxonasining joyig‘acha bir 


317 
yakatchiga ijaraga qo‘yadur. San’atning qiymati shu esa, unday san’atdan umid uzmasa 
kerak edi! 
____________ 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish