Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.13.
 
Ikki Yo‘qotish (1920) 
So‘nggi yillar, o‘zbek yoshlig‘i, taraqqiyparvarlig‘ining bir muncha cholishqon, 
pok ko‘ngillik yigitlarini — yer tagi olamiga sudrab olib ketdi. Hammasini bir-bir sanab 
esdan o‘tkarmak shu choqda mumkin bo‘lmag‘onligi uchun, yuzakigina bir o‘y yurgizish 
bilan ham A’lamuf, Ismoilzoda, Sultonuf, Sobir G‘afur va boshqalardan chizilg‘on bir 
qator tegrali sadaf donalarini ko‘rmak mumkin bo‘ladur. Mahmudxo‘ja otamiz bilan 
Muftizoda Abdirahmon va A’zamjonlar sadaf donalarining imomi bo‘lub ketdilar. 
Ayniqsa, Mahmudxo‘ja otamiz bilan bir qatorda turg‘on Mirzo Fozil (o‘shliq), 
tariximizga qaytib ketgan har bir chog‘imizda o‘zini sezdirib qo‘yadir. 
Vaqti bilan chorning temir qo‘lliq jondori bilan kurashish davrida, shu bir hovuch 
boturlar, ne samimiy, ne berilgan yigitlar edilar. O‘lganlarning o‘rniga yuzlar, minglar 
bilan o‘rinbosarlar yetishib, ko‘nglimizga umid yog‘dulari yog‘dirg‘on tunlarda-da 
ketganlarning xotiralari ko‘b achchig‘ va zaharlik ta’sir etmakdadir. 
Xo‘qanddan kelgan o‘shandoq yigitlarning biri yona ikki yo‘ldoshning oramizdan 
yo‘qolg‘onlig‘ini xabar berdi. Yaqin orada Xo‘qand va umuman Farg‘ona yoshlarining 
katta otalari, bobolari hukmida bo‘lg‘on domla yo‘ldosh Mavlaviy bilan ishlik yoshlardan 
va taraqqiyparpar shoirlardan Ibrohim (Davron) vafot etganlar. 
Domla yo‘ldosh Mavlaviy — Turkiston va umuman islom ulamolarining haqiqatga 
qarshi ko‘r bo‘lishlaridan ta’sirlangani holda o‘zining tabiati asari o‘laroq boshqa yoshlar 
kabi ular bilan kurashishlikdan ojiz bo‘lg‘onlig‘idan bir chekkaga uzlat qilib, chiqib 
ketgan olimlardan edi. Ho‘qanddagi «Usuli jadida» harakatiga boshdan-oyoq oralashqon 
bu muhtaram zot, hur fikrli va rind qalandar bir kishi edi. O‘zi so‘ng choqlariga qadar 
dars aytishini tashlamag‘on bo‘lsa-da, boshqa ko‘b mudarrislar kabi shu vosita bilan 
Qorun xazinasini to‘plamoq kabi yo‘lg‘a ham ketmagan edi. Burundan beri yo‘qsul va 
qashshoqlarcha yashab keldi, o‘lganida ham meros nomiga bir narsa ham qoldirmag‘on. 
Hatto, o‘zi og‘riq ekan… og‘riqdan tuzalish choralarini ham ko‘rmagan va istamagan. 
Yurtimizning ilmsizliq orqasida ketib borg‘on yo‘lining oxiri qandog‘ qo‘rqinch 
ekanini ortiq chuqur tushunar edi. 13—14-yillarda ziyoratiga kirganimda shu masaladan 
ko‘plab gaplashib o‘lturib «men bu ketishimizdan ko‘b qo‘rqaman», degan edi. O‘shal 
vaqtdag‘i ahvol va sharoitni yaxshilab bilgan kishilar bu so‘zning dahshatini ko‘b chuqur 
tushunar edilar. 63 yoshinda vafot etgai bu zot, arab adabiyotining ulug‘ olimlaridan edi, 


310 
shu adabiyot bahslari ustida «Sho‘ro» muharriri Rizo qozi bilan muhorabasi bor edi. 
Turkcha (o‘zbekcha) va forscha she’rlar ham aytar she’rda (Jovid) otini qo‘llar edi. 
Marhum Xo‘qand yoshlari tarafidan sha’niga loyiq bir suratda dafn etilgan va 
asarlarini tekshirmak uchun yosh ulamolar tomonidan 3 kishilik bir hay’at yuzaga 
chiqarilg‘on. 
Ibrohim Davron — (A’zamxon Ibrohim o‘g‘li) 48 yoshida vafot etgan. Bu yigit 
Xo‘qand yoshlari orasida nashriyot ishlari bilan tanilg‘on bir kishi bo‘lub inqilobgacha 
Ho‘qandda yangi kitoblar va gazetalarni tarqatar va yozg‘uchilik bilan shug‘ullanar edi. 
Uning «Milliy jumboqlar» va «Ash’ori nisvon» otliq bosilgan ikki asari bordur. Avvalgisi 
bizning milliy tobishmoqlarimizni to‘plag‘on bir asar bo‘lub, ikkinchisi o‘zbeklardan 
yetishgan ba’zi bir shoiralarning she’rlar majmuasi edi. Ulug‘ ahamiyatga ega bo‘lg‘on 
so‘nggi asari, taassufga qarshi maydonda ko‘rulmaydir. Holbuki, Arbobiy tomonidan 
tekshirilaturg‘on bir narsa edi. 
Marhum rasmga ham havaslik bo‘lub, o‘z asarlari uchun rasmlar ishlagan va 1914 
yilda Turkiyada ham sayohat etgandir. 
«Sadoyi Turkiston» gazetasining doimiy yozuvchilaridan bo‘lub, unda she’lar 
yozg‘uchi edi. (1914). Buda ko‘p yo‘qsulliq bilan o‘lgan. 
Uning bir juft she’ri esimda qolg‘onkim, o‘qumag‘onliqg‘a qarshi yasalg‘on bu 
isyon — (o‘z vaqtida) ko‘b katta isyon edi (o‘zicha). 
«Johil padarim, johil modar esa mutloq
 
Hayron qoluram kufr aylayman orasinda». 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish