Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.21.
 
Sahnamizda (1922) 
— Ijroqo‘m binosida! 
— Katta tomosha! 
— Tong otquncha tansa!.. Mana Eski shahar o‘zbek san’atining chopqillab, 
yugurub ketib borishi shu yo‘ldadir. 
So‘ng kunlarda xunuk-xunuk, qo‘pol-qo‘pol, savodsizlarcha yozilg‘on shunday 
e’lonlar orasida «Halima», «Abo Muslim», «Gunohkorning oilasi» kabi jiddiy narsalar 
ham ko‘rula boshladi. Bizning boyaqish Davlat truppasi yolg‘uz Eski shahar maorif 
sho‘basi tomonidan berilib turg‘on oz-moz yordamga tayanib, pitillab, qimirlab 
yotqong‘a o‘xshaydir. Ustiga qora bo‘yoq berilsa qora «barxut» tusini olib, 
pachaqlang‘on, sing‘on, yirtilg‘on sahnamizning «gunohlarini» yopib turaturg‘on 
kalinkurmi, qopmi, nimadir oling‘on; yaqinda bechora tomoshachilar parda orasida 
zerikib, uxlab ketish balosidan bir qadar qutulurlar, degan umid bor… 
11 dekabrda o‘shal o‘zimiz ko‘rgan qishliq «Turon» binosida — yuzinchi martaba 
bo‘lsa kerak — «Halima» o‘ynaldi. 
«Halima»da o‘zbek sahnayeida birdan-bir o‘zbek hayotining eng qattig‘ fojiasi, eng 
kulgi o‘rinlari, eng ahmoqlarcha to‘y-tomoshasi ko‘rsatilgandir. 
Shuning uchun bo‘lsa kerak, asarning allanechanchi martaba qo‘yulushig‘a 
qaramasdan xalq to‘ladur, joy tegishmaydir. 
Uzoqdan-uzoq kutish, pardaga ko‘z tikish natijasidan nihoyat parda ochildi. 
Buzuq, yirtiq-yirtiq, qo‘pol, rangi o‘chgan, tullab-ketgan dekaratsiya. 


325 
O‘yun o‘shal o‘zimiz ko‘rgan o‘yun, o‘ynag‘uchilar ham o‘shal o‘ynab 
yurganlar… Faqat, boshig‘a «Gulyor» kuyi bilan bir xo‘r ortdirilg‘on va bu martabada 
o‘yung‘a Eski shahar bola bog‘chalarining hamma murabbiyalari degundek 
aralashqonlar. Xo‘r yaxshi xo‘rdur; lokin qo‘shug‘i juda uzun, buning ustiga yod 
olinmag‘onlig‘ini ham qo‘shsak, bo‘sh va ma’nosiz. Musiqa bu safar juda ezdi, bir necha 
kuyni sahna bilan barobar olib bora olmadi. Grimlar ham juda ortiq darajada sun’iy edi. 
Shu yod olmag‘onliqning natijasi bo‘lsa kerak, qizning onasi sovchi xotunlarga: 
«Kelinglar, eson-omon keldinglarmi?» deb 80 tosh yo‘ldan kelgan mehmonga 
aytilaturg‘on so‘zni aytadir. So‘ngra, sovchilar chiqib ketayotqanda, uy egasi: «Yaxshi 
qolinglar!» deydir. Shunday bo‘lsa ham ona ro‘lida (1 va 2 pardalarda) R. Tutashning 
juda botirlik bilan dadil gapirishi yaxshi. Bizning sahnamizda ba’zi bir artistkalarimiz 
juda siqilib, tortinib o‘ynaydilar. Sahnada erkin bo‘lish — bu eng kerak narsadir. Ikkinchi 
pardada aytilgan azon o‘zi juda joysiz bo‘lishi bilan barobar shu qadar tez aytildikim, 
takbir ham bundan sekinroq aytilguchi edi. 
Ikkinchi parda eng fojialik bir pardadir. Unda shodlik bilan qayg‘ining qarshig‘a-
qarshi kelib qolishlari juda nozikdir. Bir tarafda o‘lim, yig‘i; ikkinchi tomonda to‘y-
tomosha. Bir tomonda faqirlik, yo‘qsulliq; ikkinchi tomonda boylik, isrof… Mana bu 
pardaning ta’sirini buzg‘on narsa: qiz tomonda gap boshlang‘onda, yigit tomonda 
onaning shovqun qilib, yig‘lashi bo‘ldi. Odatda sahna ikkiga bo‘linganda, bir taraf so‘z 
boshlag‘onda ikkinchi tomon tovush chiqarmaslig‘i kerak edi. So‘ngra bu parda o‘zi ham 
ertarak tushdi. 
Oxirgi parda butun murabbiyalar aralashqoni holda juda sovuq chiqdi; jonliliq to‘y 
va kelin tushurdi vaqtidag‘i gap, so‘z, shovqun, to‘palang, o‘yun bo‘lmadi. Bu pardaning 
eng qiziq vaqtida elektrikning o‘chub qolishi, oradan qariyb yarim soat o‘tkandan 
keyingina bir xira chirog‘ yondirilishi… beshinchi pardaning haqiqiy fojiasi mana shular 
bo‘ldi. 
Ro‘llarda: Ma’suma xonim, Abror, qizning otasi yigitning otasi yaxshi edilar. 
Boshqalari ham tekis o‘ynadilar. 
O‘yun chog‘ida pirajekturning qilg‘on adabsizliklarini aytaylik-da, «Halima» 
to‘g‘risida so‘zni to‘qtatayliq. 
_______________ 


326 
Sahnamizda — «Turkiston» gazetasining 1922 yil 16 dekabr sonida «K» imzosi 
bilan e’lon qilingan. 
«Halima»
— 
dramaturg G‘ulom Zafariy (1889—1944) ning shu nomli dramasi. 
1920 yilda sahnalashtirilgan «Halima» dramasi 20-yillarda bir necha o‘n martalab 
o‘ynalgan. 
«Gunohkorning oilasi»
 
— italyan dramaturgi P. Djiakometti qalamiga mansub 
«Xoinning oilasi» nomli asar 1921 yilda Davlat truppasi tomonidan sahnalashtirilgani 
ma’lum. Chamasi, bu o‘rinda shu asar haqida gap bormoqda. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish