Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.11.
 
Sho‘rolar Hukumati va Sanoye Nafisa (1920) 
Sanoye nafisa degan so‘zni onglag‘uvchilar bizning oramizda ham ko‘payib qoldi. 
Ilgari oddiy bir tomosha (teatr)ni ham tushunmagan, dram bilan kulguni ajrata olmag‘on 
xalq hozir sanoye nafisaning xuddi o‘ziga ham tushunib keladir. Ishning o‘zi ham 
shundog‘ bo‘lmog‘i kerak edi; chunki mehnatkash, qo‘li qabarg‘onlar hokimiyati 
bo‘lg‘on sho‘rolar tartibining yuzaga chiqishiga bugun 3 yil bo‘ladir. 
3 yildirki, ezilganlar ezganlar ustida, mahkumlar hokimlar tepasida hukumat 
so‘ralar. 
3 yildirki, ishchi va dehqonlar yer yuzining xiyla zo‘r bir bo‘limida o‘z egaliklarini 
qurub, o‘zini bo‘g‘moq uchun kelgan yovlar bilan dam olmasdan yoqalashalar. 
Qonlar to‘kula, jonlar keta, o‘limlar qaynaydir. 
Bu holda go‘yo hech bir og‘iz yoyib kulishlik mumkin emas kabidir. 
Go‘yo har narsa yolg‘iz motam, yolg‘iz qon, yolg‘iz achchig‘ va g‘azabdan 
iboratdir. 
Bu hollarni biz tarixda o‘qug‘on bo‘lsak, o‘ylar edikkim, ul davrda qahru g‘azabdan 
boshqa narsa bo‘lmagandir. O‘yun-kulgi degan narsani kishilar unutqonlardir, deb… 
Lokin bu o‘zgarish, bu 3 yildan beri bo‘lib kelayotqon talash, kurash bir tarafda 
bo‘lib yotadir. Qonlar to‘kilib, jonlar beriladir. 
Biroq ikkinchi tarafda kulalar, o‘ynaylar, shodlanalar. Ko‘ngil ochalar, ham 
shunday bir o‘yin-kulgikim, tarix muning singarisini sira ko‘rgani yo‘q. 
Necha ming yillardan beri bo‘lub kelgan eski dunyoni og‘darmoq, yangi dunyo 
tuzib, oni tamom boshqa bir rangga bo‘yamoq ishi tobshirilg‘on o‘zgarishchilar 


303 
turmushning har bir juz’ida, har bir bo‘lagida harakat qilalar. Turmushning har yog‘in, 
har tarafini o‘zgartalar. 
Shul o‘zgarishlar ichiga o‘yin-kulgi ham kirub qoladir. 
Ilgari ham o‘ynab kulganlar. Biroq bu kundagidan boshqacharoq bir yo‘lda. Sanoye 
nafisa eski zamonda boylar, podshohlar saltanati zamonida ham bor edi. Bor edigina 
emas, juda yuksalgan, avjiga chiqqon edi. 
Yaqin zamonlardag‘ina tug‘ilg‘on sanoye nafisani burjuaziya xayolchilari juda 
noziklashdirganlar, xayoliylashdirganlar edi. 
Butun umrini ishlamay bekor o‘tkazaturg‘on boylar, boybachchalar, to‘ra bolalari, 
xon, xonzodalar bekorchilikdan zerikmas uchun sanoye nafisaga berilalar; cholg‘u 
chalalar, o‘ying‘a tushalar, sevgi she’rlari to‘qiylar, o‘qiylar edi. Bularning ustiga, katta 
shaharlarda bir emas, 5—6 bizning «Kolezey»day teatrlari bo‘lar, shularda pul bilan, 
oltun bilan san’atni sotub olub (yaxshiroq tushuningiz: san’atni sotib olub!) zavqlanurlar 
edi. 
Qisqasi sanoye nafisa eski dunyoda bir qism xalqning zavqi, aysh va ishrati uchun 
ishlayturg‘on bir narsa edi. 
Unga yuragida, ko‘nglida bir sevgi, bir intiluv sezib, berilgan qancha past sinf, 
tuban qism, el bolalari o‘sha boy va boybachchalarni zavqlandirish yo‘lida vaqtsiz jon 
berdilar. Qurbon bo‘ldilar, jinni bo‘lg‘on cholg‘ichilar, varam (sil kasali)ning achchig‘ 
panjasiga tushgan mumassil artist va mumassila artistkalar sanog‘sizdir. 
Endi bu yoqg‘a, yangi dunyog‘a, mehnatkash va ezilganlar olamiga ko‘z solsak, 
o‘sha sanoye nafisa, ingichka hunarni tag‘in ko‘ramiz. Biroq munda ko‘bgina boshqaliq 
bor. 
Teatr-tomoshalar bor, lokin ular ilgarigiday birgina boy bolalari, boylar va 
to‘razodalarning kayfi, lazzati uchun emas, butun el, butun xalq, hamma ishdan 
bo‘shag‘och ko‘ngil ochmoqchi bo‘lg‘onlar uchundir. 
Sahna bu dunyoda yuqori sinflarning tumtaroqli turmushlarini ko‘rsatmaydi emas, 
ko‘rsatadi, biroq shul turmushning achchig‘ va jirqantiraturg‘on hidini tomoshachilarg‘a 
hidlatmak uchun ko‘rsatadi. Cholg‘ining qillari yana boyog‘iday chertilib turur, biroq 
boylar kayfi uchun o‘ynag‘onig‘a yig‘lab emas, charchag‘on xalqning ko‘nglini ochqoni 


304 
uchun sevinib, ezilgan xalqqa eziluv davrlarini eslatmak uchun yig‘lab chertilur. She’r 
ham, ashula, qo‘shiqlar ham yozilurlar. Biroq boylarni, ularning xayoliy saroylarini 
maqtab emas, ochiq, tortinuvsiz ravishda ko‘nglidagini aytmak, elning o‘z turmushini 
o‘ziga ingichka qilib ko‘rsatmoq uchun yozilur. 
Mehnatkashlar sanoye nafisasi kengdir, munda burjuaziya taqlidchiligi yo‘qdir; 
unda o‘zidan chiqaruv, o‘zidan sochuv bordir. Uning yo‘li kengdir. 
Sanoye nafisa bu dunyo va shahar uchungina emas, mana shu yer, sho‘rolar 
idorasining eng ulug‘ xosiyatidir. Sanoye nafisa o‘zini tug‘diruvda ko‘b ro‘l 
o‘ynayturg‘on qishloq va qishloq mehnatchilari uchun ko‘b ishlagusidir. Biroq bu 
kungacha tegishincha bo‘la olmag‘on ekan, bunga 3 yilliq turmushning talashuv, 
kurashuv va g‘avg‘olar ichida o‘tuvi sababchidir. 
Hozir bir Turkistonda, Turkistonning Toshkand shahridagi ishlarni ko‘z oldiga 
keltirganda ham, Sho‘rolarning sanoye nafisaga qanday zo‘r ahamiyat bilan 
karag‘onliqlarini ko‘rmak mumkindir. Tuzukkina bir truppasi bo‘lmag‘on eski Toshkand 
bukun yaxshi bir yaxshig‘ina ikki truppaga molikdir. Rasmiy bir totor truppa ukrainali, 
yohudiy, ozarbayjonlilar ham birar yuvarak, birar to‘n bo‘lindiralar. Mundan so‘ng 
tag‘inda yaxshilantirmoq uchun hozirgacha ba’zi joylarda teatr ishlarining boshig‘a 
chiqib ko‘b ishlarga qarshiliq va zarar qilib turg‘on eski dunyo «yo‘g‘onlari» bilan kurash 
boradir; shularning natijasi Turkistonda sanoye nafisani ham eng yuqori darajaga 
ko‘targusidir. Sho‘rolar hukumati, ishchilar egaligi — sanoye nafisaning eng suyukli, 
muhtaram bobosidir. Ul boboning tarbiyasi sanoye nafisani osmonlarg‘a chiqarg‘usidir, 
biroq jabr yo‘li bilan emas, ishq beriluv va sevgi yo‘li bilandir. 
Sho‘rolar sanoye nafisa ila Sharqni qul emas, hur qplg‘usidir. 
Sharq sanoye nafisasi kelgusida G‘arbniki bilan bir bo‘lg‘on holda o‘zining ishchi 
bolalarining ko‘ngillarini ochub, ruhlarini yuksaltirg‘usidir. 
________________ 
Sho‘rolar hukumati va sanoi nafisa. — Maqola «Ishtirokiyun» gazetasining 1920 
yil 7 noyabr sonida e’lon qilingan. 
Sanoi nafisa — nafis san’atlar, san’at. 


305 
«Qolizey» — Toshkentda inqilobdan ilgari qurilgai rus teatri binosi, keyinroq 
Sverdlov nomli kontsert zali. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish