Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.10.
 
Marhum Tavfiq Fikrat (1920) 
Usmonli adabiyotini oz-moz o‘quganlar, uning bilan bir daraja oshno bo‘lganlardan 
qaysi birisi bu ismni bilmaydi, qaysi birisi muni tanimaydi. 
Usmonlilarning «adabiyoti jadida» (yangi adabiyot)chilarining pir va ustozi 
bo‘lgan Tavfiq Fikratbek butun yangi nasl turklarning yuraklarina go‘zal, nafis va latif 
she’r buketlari qadamishdir. Uning keng xayoli ravon (tez) va yengil ifodasi kimni, qaysi 
bir she’r va adabiyot muhibini tasxir etmas? Xususan uning «Rubobi shikasta» (siniq 
dutor)si, undagi baland va latif yo‘llar naqadar jozibali va zavqli narsalardir! 
Tavfiq Fikrat «Rubobi shikasta»si ila qancha tanilgan bo‘lsa, uning ila qancha 
nafosat suyuvchilarni o‘ziga maftun etgan bo‘lsa, «Tarixi qadim»i, u dahshatli faryodi ila 
odamlarning qalbinda buyuk-buyuk o‘zgarishlar vujudga keltirmishdir. «Tarixi qadim» 
«Rubobi shikasta»day emasdir: «Rubobi shikasta» dunyo ko‘rmishdir, matba’da temirlar 
orasinda qisilmish, qog‘oz betlarinda necha ming nusxa bosilmishdir. Lokin, «Tarixi 
qadim» mahfiydir, qo‘ldan qo‘lga ko‘chirilub, yozilub yurgiziladurgan narsadir. U 
tarixning jinoyatlari kabi sirlidir, har kimga «mana men!» deb ko‘runa bermas. Uni 
bosdirish mumkin bo‘lmadi. U oliy fikrlar bechora Sharqning ko‘hna, chirik miyasiga 
sig‘madi; zabun, ezilgan sharqlining keng qalbinda joy topa olmadi; bir vaqtlar. Umar 
Hayyomning eng achchig‘ va dahshatli fikrlariga maydon bergan Sharq muhiti, asorat va 


300 
qullik ostinda shu qadar ezilmishdirki, buni, bu qiymatli asarni o‘ziga sig‘dira olmadi… 
Ehtimol, endi Sharqning chetlar sultonidan qutulub haqiqiy inqilobga yaqinlashub 
kelayotgan vaqtlarida buyuk shoirning ulug‘ fiklari dunyo yuzi(ni) ko‘rsa… 
Tavfiq Fikratbek o‘zining bu buyuk ruhi ila, u: 
Din shahid istar, osmon kurbon, 
Yana qon, har tarafda qon, qon, qon! 
(«Tarixi qadim») 
degan, qonga, zulmga, jinoyatga qarshi ko‘purgan joni ila — bu jinoyat uyasi 
bo‘lgan «eski dunyo»da zo‘rg‘a-zo‘rg‘a toqat qilub chidab turdi. Oxirda, u necha milio‘n 
gunohsiz jonlarni yutub, ko‘b mamlakatlarni vayron qilub kelgan «madaniyat urushi» 
(Ovrupo muhorabasi)dan so‘ng chiday olmadi; odamlar u vahshiy «hayvon»lar ichindan 
chiqdi. Istanbulning bir chekasida, bir ja’ra go‘shada 1—2 yil yolg‘iz boshiga 
darveshlarday umr o‘tkazdi. Oxirda Ovrupo «o‘lum mashinasi»ning eng tezlagan vahshat 
otashining eng qizig‘on bir vaqtida ketdi tinch, rohat dunyoga ketdi. 
Bu «vahshatobod»ni tark etdi. 
Endi uning qabri butun usmonli yoshlarning ziyoratgohidir. Dunyoning vahshatiga 
o‘ch, lekin o‘zi kabi darveshlardan biri, faylasuf do‘qtur Rizo Tavfiq uning qabrini 
ziyoratiga borub qabri ustinda aytadir: (bosilmagan asarlardan). 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish