Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)


Muhtaram yozg‘uvchilarimizga



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

Muhtaram yozg‘uvchilarimizga. 
Mazkur maqola-ochiq xat «Sadoi Turkiston» 
gazetasining 1915 yil 6 fevral sonida e’lon qilingan. 
«Padarkush»
 
— Mahmudxo‘ja Behbudiyning shu nomli pesasi nazarda tutilmoqda. 
Ilk bor 1913 yilda sahnalashtirilgan bu asar Turkistonning ko‘plab shaharlarida jadid 
yoshlar tomonidan sahnaga qo‘yilgan. 
Intiboh — sezgirlik, hushyorlik. 
3.2.7.
 
O‘sh (1915) 
Farg‘ona oblastining eng kichkina shaharlaridan biri-da O‘sh shahridir. O‘sh shahri 
40 ming qadar nufusli bir shahar o‘lib, Qashg‘ar hududina ot bilan 4 kunlik yo‘ldir. 
Qitoyning katta va eskidagi tarixiy shonlari bilan mashhur Qashg‘ar viloyatina Rusiyadan 
va butun Ovrupodan kelgan mollar shul O‘sh yo‘li bila ketadir. Har kun deyarlik 50 – 60 
otli mol yuklagan karvon Qashg‘ar yo‘lida yurub turadir. 
O‘sh shahri kichikkinarak bo‘lsa-da, oq va toza suvi, joy vaqtinda* salqin havosi, 
bir tarafindan qob-qora dahshatli tovi bilan shul qadar matur* manzara tashkil etadiki: 
tov boshina minib ostga qarag‘an vaqtda kishi o‘zini Shveytsariyaning mashhur Alp 
tovlarinda his etadir. Ma’lumdirki, Turkiston havosi joy vaqtinda bik* issiq bo‘la, mana 
shul vaqtda salqin olmoq uchun Turkistonning har tarafindan keluvchilar ko‘payalar. 
Ikkinchi tarafdan: munda bir tov* bor, bu tovi yerli xalq hazrat Sulaymong‘a nisbat berib, 
har turli yanglish e’tiqodlarg‘a cho‘malar. Emish, hazrat Sulaymon bir vaqtda devlarga 
taxtini ko‘tartub yurgan vaqtda O‘shg‘a kelub, shul tov boshinda bir necha vaqt taxt qurub 
o‘lturg‘an. O‘sh o‘rtasindan og‘ub turg‘an kichkinagina daryo bo‘yinda katta-katta 40 – 
50 odam ko‘tara olmaslik toshlar bor. Mana shushiy* toshlarni hazrat Sulaymon devlari 


291 
barmoqlari bilan tov boshinda yerga irg‘itqanlar. Yozin tov ustidagi mozor sharifni 
ziyorat qilurg‘a ziyoratchilar ko‘b kelalar. Muna* hozir ziyoratchilarcha biz-da bir ziyorat 
qilib qarayiq. 
Ul hazrat Sulaymon pok qabri sharifina boramiz. Ondin tushub, 50 – 60 qadar 
xayrchiga biror non yoki biror tiyindan oqcha ulashgach matur ham buyuk bir masjidga 
kiramiz. Masjidning bir chetinda bir ulug‘ qabri sharifni ziyorat qilib, onda turg‘an 
qoridan Qur’on o‘qutib, oqcha beramiz-da, ketamiz. Mozorning shayxlari (shayx – 
mozorlarda turub keluvchi va ziyoratchilarni ziyorat qildiruvchi, bergan narsalarni 
oluvchi odam) tarafindan soling‘an bir masjid bor. Shul masjid O‘shda musulmonlarning 
sinoat bila faxr etarlik birdan-bir muassasalaridir. Har tarafi kirpichdan* ishlanub, ichinda 
mehroblari va atroflari musulmon bo‘yovchilari tarafindan Eski Turkiston tarzida har turli 
ziynatlar bila ziynatlangan masjidda har ikki bayramda O‘shning yartisi deyarlik shunda 
namoz o‘qiylar… O‘shda Ismoil hoji isminda bir boy bo‘lg‘an. Ul odamning suv 
bo‘yindagi bir parcha yerini «O‘sh elektricheskiy obshestva»si elektrik istansasi uchun 
so‘rag‘an. Muna shul odam rizo bo‘lub sotqan. Usloviya (maohida) vaqtinda boy 
obshestvag‘a yuqorida zikr etulgan masjidni 20 yil oqchasiz yoqtiritmoq uchun shart 
qo‘yg‘an. Muna shul himmatli boyning o‘rinli tashabbusi soyasinda butun masjid 20 
yilg‘a qadar oqchasiz yoqtirila. Yana biror himmatli boy chiqsa-da, mozori sharif yoninda 
tartibsiz va beusul yotqan maktabni tuzatdurub, yaxshiroq yo‘lg‘a qo‘ysa… Yuqoridagi 
boydan 
o‘rnak 
olsalar! 
Bu 
masjidga 
ming 
qadar 
xalq 
sig‘adir. 
Muna bu masjidni ziyorat qilg‘ach masjid ortidag‘i qabrga kiriladir. Ondan o‘zub eski 
usulda bir binoni ziyorat qilina, ondag‘i shayxning ta’rifi bo‘yuncha bu xona «Makkai 
ajam»* emish. Makkai a’rob Ka’batulloh* bo‘lsa, «Makkai ajam» degan bir ka’ba-da 
bo‘la emish… 
Ondan ikkinchi xona hazrati Xizr alayhissalomning qadamlari tekkan yer emish. 
Oni-da ziyorat qilg‘ach tov ustina minamiz. Tovning bir chetina chiqg‘ach bir mog‘oroga 
kirila, havosizlikdan tin olib bo‘lmiy. Bik ichka kirgach, qo‘lni suzsang, qo‘ling suvg‘a 
tiya. Muna shushiy suvdan ichasiz. Ul suvni Olloh taolo osmondan farishtalar ovzindan 
quydirib tura emish. Ondin-da chiqg‘ach bir shayxning yonina kelasing. Munda toshqa 
o‘yilg‘an kichkina bir teshik bor. Ul teshikda hazrat Sulaymon (a.s.) osh pishirgan emish. 
Bu teshikg‘a qo‘lni solg‘an kishi umrinda hech qo‘l ovruvi ko‘rmiy emish. 


292 
Ondin o‘tkach, yana bir shayx bor, ul shayxning xidmatida shular kabi bir tosh bor, 
shul toshg‘a yotasan, umringda bel ovruvi ko‘rmiysan. 
Ondan o‘tasen, katta oq yurt*, oldinda uch shayx o‘tura. Yurtg‘a kirub, har kim 2 
rakaat namoz o‘qusa boshqa vaqtdag‘i yuz rakat namozning savobini toba emish. Onda 
hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v.) namoz o‘qug‘an emish-da, o‘turg‘an vaqtda tosh kenat 
o‘yulub ketgan emish. Muna bu-da ziyorat qilinaturg‘an yer… Shul yurt ortinda bir 
toshg‘a o‘yulg‘an yozuv ko‘rdim. Tonub bo‘lmiy, «tis’a» deganni o‘qub bo‘ldi… hamda 
ostindaroq yana: «Sulton al-Mahmud G‘az…». Bu tarafin topub bo‘lmadi. Mashhur 
sulton Mahmud G‘aznaviyga ishorat tugulmi* ekan? 
Ondan o‘tub, bir-ikki shayxni ziyorat qilg‘ach bir teshikka bosh ochub, boshimizni 
tig‘amiz, muna umrimizda bosh ovruvini ko‘rmiymiz… Shuning birla ziyorat tamom 
bo‘la-da, tushamiz. 
O‘sh Turkistonning boshqa shaharlarina qaraganda har tarafdan so‘ngg‘a qolg‘an. 
Munda ikki usulda ikki maktab bor. Ikkisinda-da 60 adad bola o‘qub yotar. Bir «russkiy-
tuzemniy» shkola* bor. Munda-da kunduz 40 qadar, kech (vecherniy Qurs)da 30 qadar 
musulmon bolalari o‘qiylar. Munda chastniy o‘qub yuruvchilar-da 5-6 adad bor. 
Qiroatxona yo‘q. Munda ruslar-da yo‘q, deyarlik, oz. Kitobxona-da yo‘q edi. Ammo 
so‘ngg‘i kunlarda O‘sh yoshlaridan Qodirjon Qobiljonov ila Yusufjon Yunusov 
afandilarning kitobxona ocharg‘a ariza berdiklari eshitildi. Muvaffaqiyat tilaymiz. 
Mana Turkistonning yaxshi havoli kichkinagina matur O‘sh shahrining ahvoli… 
Maqola Rizouddin ibn Faxriddin tomonidan Orenburgda bir oyda ikki marta 
chiqadigan mashhur «Sho‘ro» jurnalining 1915 yil 9-sonida «Cho‘lpon» imzosi bilan 
e’lon qilingan. Keyin «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2000 yil 1 yanvar 
sonida Shahnoza Soatova tomonidan qayta nashr etilgan. 
Maqola O‘shning XX asr boshlaridagi holati haqida muayyan tasavvur beradi. 
Matnda ayrim tatarcha so‘zlar, kesimning «kirila», «borila», «yoqtirila» shakllari 
ishlatilgan. Buning sababi tatar tilidagi jurnallarni o‘qigan va shu jurnallarga maqola 
yo‘llagan muallifning o‘zi qo‘llagani yoki tahririyat tomonidan bir oz tahrir etilganida 
bo‘lishi mumkin. 
«Sho‘ro» jurnali asosida nashrga tayyorlandi. 


293 
Joy vaqti – yoz vaqti. 
Matur – go‘zal. 
Bik – juda, rosa. 
Muna – mana. 
Tov – tog‘. 
Shushiy – shu. 
Kirpich – g‘isht. 
Obshestvo – jamiyat. 
Tugal – emas. 
Makkai ajam – arablardan boshqa xalqlarning Makkasi. 
Makkai arob Ka’batulloh – arablarning Makkadagi ziyoratgohi. 
Yurt – uy, xona. 
Shkola – maktab. 
O‘lib – bo‘lib. 
Joy – yoz. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish