Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.4.
 
Vatanimiz Turkistonda Temiryo‘llar (1914) 
Ushbu sana o‘tgan aprel oyidan boshlab Andijonning ko‘b qishloqlarig‘a 
temiryo‘llar g‘oyat tezlik bilan ishlanub turmoqdadur. 
Chunonchi: 
Birinchi. Namangandan kelub, Andijong‘a, Andijondan Hazrat Ayyubga*, hazrat 
Ayyubdan cho‘zulub Olmota taraflarig‘a ketadur. 
Ikkinchi. Andijondan bir shox chiqub Xo‘qandqishloq, Mosi, Bozorqo‘rg‘on 
taraflarg‘a. 
Uchinchi. Andijondan O‘sh, Jalolobod, O‘zgand bilan Qitoyning Qashg‘ar 
hududig‘acha boradur. (O‘sh, Jalolobod, O‘zgand temiryo‘llari hozir ishlansa ham, 
Qashg‘ar hududi temiryo‘li bir necha yillardan keyingina ishlanmoqg‘a boshlansa kerak.) 
Bul yo‘llar hammasi O‘rta Osiyo temiryo‘llarig‘a tutashib, g‘oyat mukammal bo‘ladur. 
Bul temiryo‘llarning ko‘b ekin joylarni bosub o‘tmog‘i, masjid va xonalarni vayron qilub 
o‘tmog‘idek zararlari bo‘lsa ham, foydasi yana ko‘broqdur. Yo‘l bosmachilar va boshqa 
o‘sallarning* hujumidan qutulmoqg‘a foydasi tegar, qishloqlar yaqinlashar, obod bo‘lub 
ma’murlashar, arzon yerlar qiymat bo‘lur. Faqat gazeta muhiblarimiz va temiryo‘l 
bo‘yidag‘i baxtli qarindoshlarimiz «Sadoi Farg‘ona»ning 18-no‘merusidag‘i andijonlik 
Ubaydullaxo‘ja Sulaymoniy janoblarining «Turkistondag‘i va bilxossa, Farg‘onadagi 
musulmon qarindoshlarimizg‘a xitob» unvonlu maqolasining mazmunig‘a qarab amal 
qilmoqlaringiz kerakdur. Temiryo‘lning bormog‘i bilan tanobi 100 so‘mlik yerlar, 
albatta, 1000 so‘mgacha chiqar. Faqat, Ubaydulla afandining aytganicha, «bebaqo 
minglarga* qiziqmasa kerak», oqcha bitar, qadr ketar, ammo ul yerlarni topib bo‘lmas. 
Zamonamiz shundog‘ zamondurki, tirikchilik bilan raqobot qilmoqg‘a, maishat zulmidan 
qutulmoqg‘a qo‘lda yer bo‘lmoq kerakdur. Yer sotgan pulg‘a qiziqg‘anlarni maishat, 
tirikchilik toshqini va to‘lquni kelub urub, parcha-parcha qilmog‘ida shubha yo‘qdur. 100 
so‘mlik yerimiz bora-bora obod bo‘lub, 5 – 10 ming so‘mg‘a ham chiqar, buni yaxshi 
o‘ylamoq kerak. 


284 
Er va tuproq sotgan bola-chaqa va naslini sotgan bilan barobardur. Bir ota yerini 
sotdi demoq bola-chaqa va naslini to qiyomat och va yalang‘och qoldurdi demoqdur. 
Vatan, tuproq shundog‘ onadurki, buni xo‘r qilduk, o‘zimizning ham xo‘r bo‘lmog‘imiz 
ko‘z oldidadur. Yer sotub xonavayron bo‘lganlardan ibrat olayluk! Janob Haq ikki ko‘z 
va aql berubdur. Ko‘zlarimiz ila ko‘rub, aqlimiz ilan o‘ylayluk! O‘zimiz dunyog‘a 
yalang‘och kuyuncha kelub, onamiz, vatanimiz, tuproqimiz bizni boqar, rizq berar, katta 
qilar, dunyoda yashatar, ul onani sotganlar, albatta, ne’matning qadrini bilmagan kufroni 
ne’mat qilgan bo‘larlarki, ko‘b yomon gunohg‘a botarlar. 
Tuproqdan yaratilduk, demak, tuproq tanimizdur. O‘z tanimizni o‘zimiz sotsak, 
beaqllik emasmu? Ajabo! 
Vatanimiz avval obod emas edi. Mana, temiryo‘llar kelmog‘i va solinmog‘i bilan 
obod bo‘lar, qishloqlarg‘a ham madaniyat kirar. 
Ey qarindoshlar! Shaharliklar bo‘lduk! Bo‘lduk! Ammo qishloqlilardan katta 
iltimosimiz shuldurki, Ovruponing mo‘dasidan, shishasidan, buzuq axloqidan namuna 
olmasdan va bunlarg‘a bul jihatdan taqlid qilmasdan, balki ilm, fan, hunar, sanoatga 
o‘xshashlik madaniyatlaridan namuna olub, bul jihatdan taqlid qilmoqingiz lozimdur. 
Ovruponing mo‘dasi va buzuq axloqi sizlarni xonavayron, bevatan asir-qul qiladur. 
Bundan 
saqlaningiz! 
Ovruponing maktab, madrasa, ilm, fan, san’at, hunarga o‘xshash madaniyatlari sizlarni 
obod, ma’mur olim qilub, johillikdan, asorat-qullikdan qutulduradur. Birodarlar, 
ko‘zlaringizni ochub, yaxshi o‘ylanglar! 
Mana shul Farg‘ona temiryo‘lida bir suyunadurgan ish bordurki: 700 tanobcha 
yerga istansiya vagzal va skalad qilmoq ishini (podratini) Namangandan turub asl 
toshkandlik muhtaram mulla Abdulloh afandi Hamidullayev olmishdur. Vagzalni 
tomosha qilmoq uchun borganimizda, mulla Abdulloh afandining ukasi Abdulaziz afandi 
ila ko‘rushganimizda, Abdulaziz afandi taassuf qilub dediki: Shundog‘ katta 
muassasalarning foydasini ovrupolilar ko‘rub, onlarning qo‘llarig‘a o‘tayotganiga 
ichimiz achishub, «Namangan» istansiyasini bino qilmoqg‘a ham olgan edik. Endi, mana, 
Andijon katta istansiyasini ham oldik», – deydur. «Vagonlab tsement kelub turmoqdadur. 
Sementdan xishtlar qo‘yub turadurlar. Birinchi boshlab istansiyalarg‘a armani va ruslar 
kelub o‘turmoqdadur. Bechora musulmonlar bo‘lsa yerlarini oylik qilub bermoqdadurlar. 


285 
Hozirdan ijaraga bersalar, bora-bora oz pul bilan sotub ham qo‘yarlar. Vagzalg‘a yaqin 
yerlarda istansiya atrofida endi g‘ayr millat ko‘rinmoqg‘a boshladi», – deydur. Mana 
shundog‘ 
gaplarni 
Abdulaziz 
afandi 
bilan 
so‘zlashib 
o‘lturdik. 
Qarindoshlar, diqqat lozim! So‘ng pushaymon bo‘lmoqdan foyda yo‘qligi hammamizg‘a 
ma’lumdur. Hech bo‘lmasa, Abdulla afandidek namuna ko‘rsatg‘uchi fidokor 
savdogarlarimizdan ibrat olub vatanimizning boyligini, tijoratimizning foydalarini 
chetlar cho‘ntagiga solmasdan va bermasdan o‘z cho‘ntagimizda olub yurmagimiz 
kerakdur. 
Bizga shundog‘ ishlarg‘a kirushmoqg‘a vaqt!.. 
Biz ham insonmiz, insondek yashayluk!.. Maishat to‘lquni bilan urushayluk! 
Qarindoshlar!.. Vaqt g‘animatdur. 
«Sadoi Farg‘ona»: Aholi rizo bo‘lmaganda temir yo‘li masjid va madrasani hech 
bir vaqt vayron qilub o‘tmas, rizolik bilan o‘tkanda ham muning uchun katta pullar berub 
o‘tar. 
Maqola «Sadoi Farg‘ona» gazetasining 1914 yil 6 iyun sonida «Cho‘lpon» imzosi 
bilan bosilgan. Keyin «Vatan» gazetasining 1994 yil 5 oktyabr sonida (nashrga 
tayyorlovchi Ulug‘bek Sulton), 2000 yili «Turkiston matbuot tarixi (1870 – 1917)» 
kitobida qayta nashr qilingan. 
«Sadoi Farg‘ona» gazetasi asosida nashrga tayyorlandi. 
Hazrat Ayyub nomi bilan atalgan joyning hozirgi nomlanishini aniqlay olmadik. 
O‘sal – yaramas. 
Bebaqo minglar – bevafo pullar ma’nosida. 
Muhib (arab.) – sevuvchi, do‘st tutuvchi; gazeta muhiblarimiz – gazetxonlar 
ma’nosida. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish