Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.15.
 
Istiqbol Uchun Kurash (1922) 
Bizning keng va ulug‘ tariximiz shu qadar oz va kam tekshirilgan, kovlangankim, 
shu kunda bo‘lub turg‘an juda ko‘p voqealarning o‘xshashini o‘tkan zamonlardan 
kechkan hayotimizdan topmoqchi bo‘lsak, shoshib qolasan. 
Bir voqeaning o‘tkan zamonda o‘xshashi bo‘lub-bo‘lmaslig‘i ul voqeaning 
ahamiyatini o‘lchashda ko‘b katta vazifa yuklar. 
«Qızıl bayroq»ning so‘ng sonlaridan birida Ovrupog‘a o‘qumoq maqsadida bir 
o‘zbek qizining ketmakka hozirlanganlig‘i yozilg‘andir. 
O‘zbek qizi hanuz yangi usul maktablarga hali yolchib kira olg‘ani yo‘q. Hatto 
o‘zbekning o‘zida pardasi, xohishi-da kishani bo‘lmag‘an erkak bolalari ham yuqori 
maktablarining muhtasham sahnalarida ko‘plashib yura olg‘ani yo‘q. Hali o‘zbek qizi 
ota-onaning tilsiz qo‘g‘urchog‘i bo‘lishdan qutula olg‘ani yo‘q. 
Biz so‘ng vaqtlarda o‘zbek yoshlarining uzoq ellarga, yot yurtlarga ketib bilim 
ortdirmoq uchun juda qizib borg‘anliqlarini ko‘rub sevinmakdamiz. Har biri o‘z boshicha 
tirishmasdan boshlarini bir borag‘a to‘plab, «ko‘mak»lashish yo‘li bilan ishlab 
turg‘anliklarini bilib turamiz. 
Lokin bu hol o‘tkandagi voqealarning takror etilmagidan iboratdir. Yiroq 
zamonlardan boshlab to yaqin kunlarga qadar o‘zbek yigitlari (mullabachchalar) 
Buxorog‘a, Hindistong‘a, Misr, Arabistonlarg‘a qadar borib o‘qug‘anlar edi. Buxoro 
madrasalari o‘zbek – turkistonlik yosh mullabachchalar bilan to‘lar edi. Turkistonning 
Sirdaryosi va Farg‘onasi uchun ul vaqtlarda Buxoro ham hozirg‘i Yaponiya va Amriqo 
qadar uzoq edi. Hozir Amriqo bilan Yaponiyag‘a qadar yotib, o‘lturub eson-omon ketmak 
mumkin. Ilgari vaqtlarda Samarqand bilan Buxoro orasi ham hozirg‘i davri olam 
qilishdan og‘ir edi. Shunday bo‘lsa-da, Buxoro, Turkiston mullabachchalarini sonlari 
juda ko‘b bo‘lg‘an madrasalariga sig‘dira olmasdan, masjidlarigacha tarqatmoqqa majbur 
bo‘lur edi. Arabistonning do‘zax havosida bedovlari kabi yolg‘iz hurmayib yotqan o‘zbek 


314 
Turkiston 
yigitlari 
xiyla 
ko‘b 
yo‘liqar 
edi. 
Kechirgan kunlarimizdagi ul harakatlarimizning natijasi to‘g‘risida gapirmak 
istamayman. Tarixdagi bir voqea va shu kunda qaytadan takror etilmakda bo‘lg‘an bir 
voqea bo‘lg‘anlig‘i uchun eska olibg‘ina o‘tmakchi bo‘laman. 
Bu harakat hozir takror etilmakdadir. Kechikib, keyin qolib bo‘lsa-da kuchlik 
suratda boshlanib kelmakdadir. Bu harakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralasha olmag‘anlarning 
vazifasi vosita bilan bo‘lsa-da ko‘mak bermoqdir. 
Bu hol bizning kelgusimiz uchun katta umidlar berganligini unutmaylik. 
Chor hukumati vaqtida Ichki Rusiya musulmonlarini cho‘qintirmoq ishida Rustami 
zol (Rustam zol) bo‘lg‘an, bizning ma’lum Ostroumo‘f* to‘ramizning ustodi sanalg‘an 
mashhur Ilminskiy* cho‘qintirish siyosatining biri bo‘lg‘an mashhur Pobedonosufga* 
yozg‘an xatida yerlik xalq orasidan bizning uchun foydalik va hech bo‘lmag‘anda 
zararsiz kishilar o‘ruscha tilni tutulib, uyalib gapiraturg‘an, o‘ruscha yozg‘anda 
birmuncha xato bilan yozaturg‘an, bizning gubernato‘rimizdan emas, hatto ustol boshlig‘i 
(mirzo)mizdan ham qo‘rqaturg‘an kishilardir degan edi. 
Munga qarshi biz rus tili bilan emas, hatto Ovrupo madaniy millatlarining tili va 
bilimi bilan javob bersak odam qatori yashamoqqa albatta haq qozonadirmiz. 
Endi bu ezgu harakatga tariximizda ko‘ra olmag‘animiz – bu narsa qo‘shulsa, ya’ni 
o‘zbekning erkin yigitlari emas, tutqun qizlari ham Ilminskiy vasiyatiga qarshi isyon 
boshlasa, o‘zi uchun eng oliy bo‘lg‘an elidan, ota-onasidan kechib necha ming chaqirim 
yerga ketsalar, odam qatori yashash haqqini turtki yemasdan, urulmasdan, so‘kilmasdan 
ko‘b ko‘rush huquqini ortig‘i bilan qozona olamiz. 
Eski turmush o‘lim to‘shagida. Yigitlarimizning chin bilimga qarab bu intilishlari 
eski turmushni bir oz avval yerga ko‘mgusidir. 
O‘zbek xotun-qizlari huquq va erk uchun kurash boshlamoqda. O‘zbek qizining 
G‘arbga, G‘arbning chin bilish, chin madaniyatiga qarab yurushi uning haq-huquqini 
butun elning haq-huquqi bilan birga tez va tez fursatda qo‘lg‘a keltirgusidir. 
«Qizil bayroq» gazetasining 1922 yil 2 sentyabr sonida «Abulhamid Sulaymon» 
imzosi bilan nashr qilingan. Birinchi marta Cho‘lpon «Asarlar»i 4-jildida qayta chop 
etilgan. 


315 
Maqolada o‘qish uchun Yevropaga otlangan o‘zbek yigit-qizlari to‘g‘risida so‘z 
yuritilgan. 
Ostroumov Nikolay Petrovich (1846 – 1930) – Turkistonda faoliyat ko‘rsatgan rus 
missioneri, sharqshunos, etnograf.
Qozon diniy akademiyasida o‘qigan (1866 – 1870). 1877 yildan Toshkentda 
yashagan. «Turkiston viloyatining gazeti» muharriri (1883 – 1917). 
Ilminskiy Nikolay Ivanovich (1822 – 1891) – rus missioneri, sharqshunos, pedagog, 
bibliyashunos, Rossiya Fanlar akademiyasi a’zosi. 
Pobedonostsev Konstantin Petrovich (1827 – 1907) – rus missioneri, davlat arbobi, 
huquqshunos, yozuvchi, cherkov tarixchisi. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish