323
eskilik fikrlaridan ori bo‘lung‘an xalq o‘z bolasi uchun kerak bo‘lg‘an bilim va hunarlarni
o‘zi topib, o‘zi olib bormoqdadir.
Endi
bizning Turkistonga kelsak, ish butun boshqa: bunda davlat ta’minoti
doirasiga kirgan bilim muassasalari (masalan, internatlar) ham o‘qug‘uchi bola
yo‘qlig‘idan turg‘unliq kechirib turadilar. Davlat ta’minotidan chiqqan bilim
muassasalari bo‘lsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlarini quliplash majburiyatida qoladirlar.
Masalan: Eski Toshkentda bir necha yildan beri davom etgan markaz rasm maktabi davlat
ta’minotidan chiqarilg‘anlig‘i orqasida bir kun yopilib qolg‘an. Uning shogirdlaridan
birisi menga yo‘luqub: «Gazeta va jurnallar uchun kerak bo‘laturg‘an rasmlar va hajviy
suratlarni maktab talabalariga berilsa ekan», – deb iltimos qilib o‘tdi. Davlat tomonidan
yetkulik ta’min etilmayturg‘an milliy musiqiy maktabi ham yopilar chog‘da «hamiyat va
g‘ayrat qo‘zg‘ataturg‘an ziyofat» yasash orqasida hali hozirg‘a o‘z borlig‘ini
saqlab
qoldi. Bu markazda!
Endi o‘lkaning boshqa shaharlariga kelsak, unda ahvol yana ham og‘irdir.
Samarqanddagi birdan-bir o‘zbek bilim yurti joydag‘i mablag‘ (mestnoye sredstvo)
ta’minotiga o‘tkazilgan. Shu munosabat bilan ul bilim yurtining ham yopilar-yopilmas
bir holg‘a kelganligi ko‘ruladir.
Albatta, hukumat boya aytgan yangi siyosat orqasida ko‘b bilim muassasalarini o‘z
ta’minotidan chiqarsa ham, ularni butkul ko‘chaga irg‘itib tashlagani yo‘q.
Balki har
joyning o‘zidagi biror iqtisod muassasasiga bog‘lab, shuning bilan joylardagi mablag‘lar
ta’minotiga o‘tkardi. Faqat ishning og‘ir va qiyin jihati shundadirkim, mahalliy
mablag‘lar deyilgan pul-mol manbalari (iqtisod sho‘rolari, kommuna shu’balari, vaqf
idoralari)ning ishlari juda buzuq, chatoq va chuvalgandir. U muassasalar bo‘yunlarig‘a
qo‘yulg‘an bilim muassasalariga yordam
bermak bir tomonda tursun, o‘zlarining
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qilaturg‘an ishlarini ham to‘g‘rilab yubora olmaydirlar. Shuning uchun
bizga achchiq ko‘rungan bir narsa bor: hali o‘z ishlarini kerak qadar gullata olmayturg‘an
joylardag‘i mablag‘ muassasalariga ishonib maorif ishlarini o‘zlariga topshirish yerlik
xalq maorifini so‘ng daraja og‘ir bir holg‘a keltirish demakdir. Turkiston jumhuriyatining
markaziy idoralari bu ulug‘ muassasalarni tushunub,
bir tarafdan, yerlik xalq bilim
muassasalarining ta’minoti uchun naqadarroq va hozirroq manbalar topishlari, ikkinchi
324
tomondan, haligi mahalliy mablag‘ manbalarini eng yaxshi yo‘lg‘a qo‘ymoq uchun jiddiy
choralar ko‘rishlari tegishdir.
Maqola «Turkiston» gazetasining 1922 yil 24 noyabr sonida «Abdulhamid
Sulaymon» imzosi bilan bosilgan. Yerlik xalq bilim muassasalarining ta’minoti
masalasiga bag‘ishlangan. Birinchi marta Cho‘lpon «Asarlar»i 4-jildida qayta chop
etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: