Sovuq urush. Temir parda ortidagi liderlar



Download 39 Kb.
Sana13.04.2022
Hajmi39 Kb.
#548450
Bog'liq
Saidrasulova Ifeekxon


Sovuq urush. Temir parda ortidagi liderlar.

Sovuq urushi – bir tarafdan AQSH va uning ittifoqdoshlari, ikkinchi tarafdan SSSR va uning ittifoqdoshlari orasidagi XX-asrning 40-yillari o’rtalaridan 90-yillarning boshlarigacha davom etgan global geosiyosiy, iqtisodiy va g’oyaviy konfrontatsiya.


Sovuq urushning mohiyati dunyoga yakka hukmronlik qilish da’vosi edi. Ya’ni ikkita gegemon davlat bir tomondan AQSH bir tomondan SSSR. Sovuq urushi II-jahon urushidan keyin boshlagan bo’lib, 1945-yilda AQSH Xirosima va Nagasakiga atom bombasini tashlab, dunyoda gegemon davlat ekanligi da’vogarligini ko’rsatdi. Sovuq urushini qurollanish poygasi desa ham bo’ladi. Bu urushda to’g’ridan-to’g’ri ochiq jang bo’lmagan. Rasman urush e’lon qilinmaydi. Lekin doim urush holatida bo’ladi.
AQSH vadarod bombasini yasasa, undan 8 yil o’tib, SSSR vadarod bombasini yaratdi. Unda tashqari turli xil qurollar, samolyotlar, tanklar, raketalar yasashni boshladi.
Winston Churchill AQSHdagi nutqida so’zlagan temir parda iborasi uzoq vat G’arb va Sharq o’rtasidagi ramziy chegara bo’lib qoldi. U bu o’xshashliklarni bolshevizmning zo’ravon yuzini tanqidiy va salbiy tavsiflash uchun ishlatgan. Temir parda tomonidan ko’rilgan hayoliy chegara to’sig’i haqiqiy jismoniy devorga aylandi. SSSRning chegarasi shu darajada mustahkam bo’lganki, temir pardaga qiyoslangan. Temir parda ortidagi birinchi lider Stalin bo’lgan. Lenin o’zining nayranglari bilan xalqni aldadi. SSSRni 1922-yil tashkil qildi. Stalinning I-davrida SSSRga tegishli bo’lgan hududlardagi barcha milliy ozodlik harakatlarini bostirdi, intelektual qatlamni qirib tashladi. Stalinni II-davri esa II-jahon urushiga to’g’ri keladi. Stalin avval Gitler bilan ittifoqdosh bo’ldi. Bir-birini hududiga hujm qilmaslik haqida kelishuv imzolandi. Polshani bo’lish uchun urush boshlandi. G’arbdan Germaniya Sharqdan SSSR kirib keldi. SSSR Polshaning Sharqini, Latviya, Litva, Estoniya va Finlandiyani katta hududlarini bosib oldi. 1941-yil iyun oylariga kelib, Gitler SSSRni o’ziga urush e’lon qildi. Bu Stalinning muvaffaqiyatli davri edi.
II-jahon urushi tugadi. SSSR va AQSH ittifoqchilar edi. Aynan shu vaqtda, 1946-yil 5-mart kuni, Winston Churchill tomonidan Fulton (AQSH)dagi mahshur to’xtovsiz bo’lgan uzoq nutqidan so’ng Sovuq urushi rasman boshlandi.
Stalin yashirincha III-jahon urushiga tayyorgarlik ko’rayotgan edi. Chunki unga urush kerak bo’lgan. Lekin 1953-yilda Stalin vafot etdi. Undan so’ng uning o’rniga Nikita Xurshchev keldi. Xurshchev birinchi bo’lib, oziq-ovqat muammosini hal qilishi kerak edi. Chunki SSSR urushdan oldin ham och edi, urushdan keyin ham, urush paytida ham och bo’lgan. Oziq-ovqatni hal qilish uchun ishchi kuchi kerak. Va ularni o’z-o’zidan tekinga ishlatish kerak bo’ladi. Buning uchun makka ekadi, qishloq xo’jalik ishlarini amalga oshiradi. Aholi yaxshi ishlashi uchun tashqi dushman kerak degan g’oyani ilgari surgan. Stalinga urush kerak edi. Xrushchevga dushman kerak bo’lgan. Shuning uchun u AQSHni doimiy dushman qilib ko’rsatish propagandasini avj oldirdi. AQSH uchun ham SSSR zararli ekanligi ayon bo’ldi. Negaki, AQSH bu kapitalizm yetakchisi, individualistik jamiyatning bayrog’dori. SSSR esa kapitalizmning dushmani. U kommunizmni maqsad qilgan sotsialistlarning davlati. Demak, raqobat o’z-o’zidan oshaveradi. Ayniqsa, urushdan so’ng har ikkala davlat ham g’olib sifatida chiqdi.Boshqa g’olib davlatlar ham bor edi. Lekin ular dunyoni ko’p qutbli qilish uchun AQSH va SSSR darajasidagi katta qudratni taqdim eta olmas edi. So’ng dunyo o’z-o’zidan ikkiga qutbga aylandi. Bir tomondan kamunizm g’oyasi bir tomondan kapitalizm g’oyasi bo’lgan. Va ikki gegemon davlat raqobatga kirishdi. Nikita Xurshchev birinchi raqobat davrida AQSH prezidenti Devid Eyzenxauerni yutib chiqdi. 1964-yildan boshlab, Leonid Brejnev davri boshlandi. U ham AQSH ustidan g’alab qozondi. 1970-yillar SSSRning eng kuchga to’lgan davri bo’lgan. SSSRning ichidagi muammolar ko’p bo’lishiga qaramay, resurslarni hisobiga yutib chiqqan. Lekin hamma narsadan hatto armiyadan ham kuchli bo’lgan narsa odamlarni doimiy monipulatsiyalashgan. Ularning miyasiga kamroq pul, ko’proq ish, hammasi Vatan uchun degan qarashlar singdirilgan. Ular doimiy urush holatida bo’lgan.
1982-yil Brejnevdan so’ng, uning o’rniga Yuriy Andropov o’tirdi. Birdaniga KGB yordamida SSSRni tozalash ishlarini boshlab yubordi. Korrupsiyaga qarshi qattiq kurashdi. O’limidan 4 yil oldin,Andropov Afg’onistonga tashrif buyurdi. U yerda suvchechak bilan kasallandi. Uning sog’ligi yomonlashdi. Yarim orolda Yuriy Andropov shamollab qoldi, natijada u tsellyulozaning yiringli yallig’lanishi rivojlanib ketdi. Yuriy Andropov 1984-yil 9-fevralda 69 yoshida vafot etdi. O’limining rasmiy sababi buyrak yetishmovchiligi edi.
Undan so’ng 1984-yilda Konstantin Chernenko keldi. Shtatni 1 yildan sal ko’proq boshqardi. Bosh kotib lavozimiga saylangan paytda Chernenko og’ir kasal bo’lib, ko’proq SSSR rahbarligi uchun kurashda oraliq shaxsga o’xshab ketayotganini aytish adolatli. Qizig’i shundaki, tez-tez uchraydigan kasalliklar tufayli KPSS Markaziy qo’mitasi siyosiy byurosining ayrim majlislari kasalxonada bo’lib o’tdi. Ko’p o’tmay Chernenko vafot etdi.
1985-yilning martidan Kommunistik partiyasi bosh kotibi SSSR davlat rasmiy boshlig’i etib Sergeyevich Gorbachov tayinlandi. Gorbochov o’zining qayta qurilish g’oyasi, birdaniga kapitalistik va demokratik jamiyatni qurish, hamda shaxsiy mulk o’zlashtirish g’oyalari bilan 70-yil birdamlik faqat xalq uchun, vatan uchun tushunchalari bilan yashab kelgan sotsializm ideologiyasi vorislari o’rtasida bir nechta tushunmovchiliklar, davlat to’ntarilishlari SSSR iqtisodiyotini inqirozga olib keldi. Gorbochov davriga kelib, sotsializm yaxshi emasligini butun dunyo anglab yetgan edi. Chunki sotsialistik lagerlardagi mamlakatlar qoloqlashib ketgan edi. Kapitalistik lagerlardagi mamlakatlar rivojlangan edi.
Butun dunyo bo’yicha olib borilgan tendensiyalar, qurollanish poygalari, ularni bergan da’volari, qudratlari xalqlarni zehniyatini agressivlashib tashladi. Butun dunyoda bahs munozara kuchaydi. Kim kuchli? degan savolni o’rtaga tashlab, tortishib o’tiradigan bo’lib qolishdi. Ya’ni g’oyalar, mafkuralar propaganda bilan tiqishtirib tashlandi. Ba’zida o’z kuchini ko’rsatish maqsadida Grenadaga o’xshash davlatlarni bosib oldi va aynan shu vaqtda qo’shilmaslik harakati boshlandi. Qo’shilmaslik harakati yetakchilari Hindiston, Misr, Braziliya kabi ajralgan davlatlar.
II-jahon urushidan keyin Germaniya o’z mustaqilligini yo’qotib, uning hudidi 4 ta g’olib o’rtasida okkupatsion zonaga bo’lindi. Germaniniyaning bo’linishiga sabab, AQSH va SSSRning manfaatlari to’qnashuvidan. 1948-yilning iyun oyida pul isohoti o’tkazildi. Bunga javoban SSSR
davlati G’arbiy Berlinni qamal qildi. Shu bahonada g’arb davlatlari o’z Germaniya davlatini tezroq tuzish uchun harakat qila boshladilar. Oradan bir yil o’tib, Germaniya Federativ Respublikasi Konstitutsiyasi ishlab chiqarildi. Va unga ko’ra davlat nomi Germaniya Federativ Respublikasi deb e’lon qilindi. Sovet davlati okkupatsiya zonasi bo’lgan Sharqiy Germaniyada ham yangi davlat tuzushga kirishildi. Va nihoyat, 1949-yilning 7-oktabr kunida Sharqiy Germaniya hudida Germaniya Demakratik Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi.
Birlashgan millatlar tashkiloti 1947-yil 29-noyabrda Falastinda ikkita davlat tashkil qilinishi, ya’ni Isroil va Falastin davlatlari tashkil qilinishi haqida qaror qabul qildi. Dunyoning turli burchaklaridan kelgan minglabyahudiylarning Falastinga ko’chib kelishi, arab va yahudiylar o’rtasida nizoni kuchaytridi. 1948-yil Isroil davlati tashkil etildiyu, lekin Falastin davlati tashkil etilmay qoldi. Bu esa birinchi Arab va Isroil urushini keltirib chiqardi. 1948-yildan boshab 1984-yilgacha bo’lgan urushlarda Sovuq urushing bevosita aloqasi bor.1959-yilda Fidel Kastro Kubada sotsializm qurushni e’lon qildi. Tabiiyki, bu dushmani hisoblangan AQSHga yoqmas edi. Shuning ham AQSH Kubaga qarab, immigrandlar isyonini uyushtridi. Bu esa Karib inqirizoni keltirib chiqardi. Kuba chorasiz qolganidan SSSRdan yordam oldi. Bundan xabar topgan AQSH Kubaga nisbatan dengiz qamalini uyushtirdi. Natijada SSSR va AQSH munosabatlari nihoyatda keskinlashdi. 1962-yil 28-oktabrda SSSR va AQSH hukumat rahbarlari o’zaro kelishuvga erishdilar. Shu tariqa dunyoni atom urushi yoqasiga olib kelgan Karib inqirozida biroz bo’lsada yumshatish vujudga keldi.
Sovuq urshuni avj olish pallari 1945-yil SSSR Koreaga bostirib kirishidan boshlanadi. AQSH ham birdaniga harakatga tushib qoldi. Chunki u SSSRdan oldin bosib olishi kerak edi va yangi yaratgan qurollarini sinab olishi kerak. Negaki, SSSR Koreadan qudratli bo’lgan va Yaponiyani ham egallash ehtimoli katta edi. O’ljaga sherik bo’lishini istamadi. 1945-yil 2-avgustida Yaponiya imperatorining nutqini suiste’mol qilib, Ga’rb ommaviy axborot vositalar Yaponiya oxirgacha jang qilamiz deb e’lon qildi deb, xabar berishgan. AQSH Prezidenti Truman bu xabardan so’ng bombani Tokyoga va Xirosimaga tashlashni buyurdi. Lekin Tokyoga bomba tashlashga ulgurmadi. Bombani olib borishi bilan Nagasakiga tashlab yubordi. Aslida Yaponiyaga bomba
tashlanmasada, u AQSHga taslim bo’lar edi.
AQSH Yaponiyani tezda egallab, Koreyaga kirib keldi. Bir tarafdan SSSR bir tarafdan AQSH bostirib kirdi. Koreya davlatining o’rtasidan o’tgan 38-paralell chizig’ida SSSR va AQSH armiyasi uchrashdi. Chizig’dan ikkiga bo’lindi. Va hudular okkupatsiyalandi. AQSHning noyibi Makarto SSSR bilan kelisha olmadi. SSSR armiyasi ham AQSH armiyasi ham Koreadan chiqib ketgisi kelmadi. Ikkala tomon ham “Biz insonparvarlik yo’li bilan Koreya davlatini tiklaymiz” degan g’oya ostida kelishib oldi. AQSH egallagan hududini Koreya ziyolilari yordamida hukumat shakllantirdi. SSSR ham hukumat shakllantirdi. Janubiy va Shimoliy Koreya poytaxtni Seul bo’lishini xohladi. 1948-yilgacha bu harakatlar davom etdi. Har ikkala tomon hukumatlari davlatdan chiqishlarini talab qila boshladi.Ayni shu paytda AQSH hamda SSSR ikki hukumatni bir-biriga dushman qilishni boshladi. AQSH SSSR bosqinchilar qo’lida, bosqinchilar hukumatni xoinlar orqali boshqaryapti deb ishontirdi. Shu jumladan SSSR ham. 1950-yilda ikki Koreya hukumati ozodlik urushini boshladi. Birinchi bo’lib, Shimoliy Koreya hujm qildi va oz vaqt ichida deyarli barcha hududlarni egallab oldi. Bunga chiday olmagan AQSH o’z armiyasini yubordi. Huddi shunday qisqa muddat ichida Shimoliy Koreyani yarmigacha chekintirib bosib oldi. SSSR ochiqchasiga urushga kira olmas edi. Stalinga urush kerak edi lekin u hali urushga tayyor emas edi. Shuning uchun yashirincha yordam berishga kirishdi. Xitoy esa Shimoliy Koreyaga ochiqchasiga yordam berdi. Chunki 1945-yil Mao Zedong Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik davlatiga asos solgan edi. 3 yil ichida Shimoliy Koreya Seulni ikki marotaba, Janubiy Koreya esa Pxenyangni 1 marotaba ishg’ol qildi. Butun boshli, bir butun Koreya davlatini, koreys millatini AQSH va SSSR ikki xil dunyo qarashga ega, deyarli ikki xil millatga aylantirib qo’ydi.
1989-yilda Berlin devorining qulashi va 19991-yilda uni parchalanishi bilan yadroviy qurollar poygasiga va sovuq urushga nuqta qo’yildi.
Sovuq urushning dunyo xalqlarining fikrida ya’ni zehniyatida paydo qilgan hosilalari odamlarning dunyoqarashida juda katta o’zgarishlar ro’y berdi. Bu raqobat nafaqat hukumatlar o’rtasida balki xalqlarga ham o’z ta’sirini o’tkazgan. Biz sovuq urush davrida yashamagan avlodmiz. Lekin bizni
ham zehniyatimizga o’z ta’sirini o’tkaza olgan. Sovuq urushdan oldingi odamlarning dunyoqarashi, fikrlari, psixologiyasi bilan sovuq urushdan keying dunyoqarashlar tubdan farq qiladi.
Nisbiy oladigan bo’lsak, AQSH 99% holatda individualizm tarafdori bo’lgan. SSSR esa kollektivistik dunyoqarash bayrog’dori bo’lgan. Individualizmda odamlar yakkalandi, o’zini “men”ini shakllantirishga kirishadi. SSSR boshchiligidagi kollektivistik jamiyatda esa “biz birgamiz, bir-birimizni qo’llab-quvvatlaymiz va mas’uliyatli bo’lamiz” degan g’oyalarni ilgari surilgan.
Davlatlar proragandlashtirilgan. Inson sifatida o’zligini yo’qottirishga urinishgan. Xalq “men” degan kuni o’zi uchun kurashishni boshlaydi. Va u individualistga aylanadi. Xalq hamisha, har joyda biz deb gapirshi kerak deb singdirilgan. Bunday propagandalar hali hamon mavjud.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Wikipediya
2. Ziyo.net
3. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi
Tayyorladi: Ifeekxon
Guruh: KOR-31U
Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish