Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti
Tarix fakulteti
Jahon tarixi kafedrasi
204-guruh
Quyliyeva Moxinur
Toshkent-2022
reja
1.Urushning sababi (bahonasi)
2.Vestfaliya sulhi
Urushga bevosita bahona 1618 yil may oyidagi Praga voqealari boʻldi. Chexlarning XVI asrdayoq kafolatlangan va XVII asrda imperatorning maxsus yorlig'i bilan tasdiqlangan diniy va siyosiy huquqlarini poymol qilib, Gabsburglar hukumati protestantlar va milliy mustaqillik tarafdorlarini quvgʻin qils boshladilar. Bunga javoban qurollangan olomon Pragadagi eski qirol saroyiga bostirib kirib, Gabsburglar tomonidan tayinlangan ikki hukumat a'zosini va kotibni derazdan uloqtirib tashladi.
1645-yilda shvedlar Venaga hujum qilishadi, ammo shaharni Muqaddas Rim imperiyasidan tortib ololmadilar. 1647 yilda Oktava Pikkolomini boshchiligidagi Gabsburg kuchlari shvedlar va fransuzlarni hozirgi Avstriya hududidan qaytarishga muvaffaq bo'lishdi. Keyingi yil Praga jangida - o'ttiz yillik urushdagi so'nggi muhim jang shvedlar Praga qal'asini Muqaddas Rim imperiyasi kuchlaridan tortib olishdi (va qal'adagi bebaho san'at kollektsiyasini talon-taroj qildilar). Bu vaqtga kelib faqat Avstriya hududlari Gabsburglar nazorati ostida qoldi.
Shvedlar Praga qal'asini Muqaddas Rim imperiyasi kuchlaridan tortib olishdi va qal'adagi bebaho san'at kolleksiyalarini talon-taroj qildilar.
Praga qal'asi hozirgi kunda
O'ttiz yıllık urush nemis millatı va Yevropanıng Muqaddas Rim imperiyasıda
gegemonlik uchun bo'lgan harbiy mojarosi bo'lgan. Urush 1618-yildan 1648- yilgacha davom etdi. Urushning Oqibatlari barcha Yevropa mamlakatlariga ta'sir ko'rsatdi. Urush Germaniya imperiyasida protestantlar va katoliklar o'rtasidagi diniy to'qnashuv sifatida boshlandi, ammo keyinchalik Yevropada Gabsburg hukmronligiga qarshi kurashga aylandi. Mojaro Yevropadagi so'nggi yirik diniy urush bo'lgan
Urush natijasi
Urush Germanyani juda qiyin axvolga solib qo'ydi, rivojlanishda orqaga tortdi. 1525-yilgi Dehqonlarning mag'lubyati bilan va savdo yo'llarining g'arbga siljishi tufayli boshlangan Germaniyaning iqtisodiy-siyosiy va madaniy tanazullini chuqurlashtirdi va tezlaahtirib yubordi. Urush oqibatida mamlakat vayronaga aylantirildi. Butun boshli viloyatlar aholisiz qoldi. Chexiya, Shvetsya, Daniya va Fransiya hududlarini kengaytirish maqsadida uyushtirilgan o'ttiz yıllık urush tarix saxnasida chuqur iz qoldirdi. Hammadan ko'ra ko'proq qishloq aholisi zarar ko'rdi.
Xulosa
Shimoliy va Shimoli-sharqiy Germanyada haydaladigan yerlarning yarimidan
ko'prog'i tashlandiq bo'lib qoldi. Oʻttiz yıllık urush sanoat va savdoga ham o'z zararını yetkazdi. Shaxarlarning siyosiy mavqeyi ham tushib ketdi. Chet davlatlardan turli hil xom-ashyolarning kirib kelishi Germanya sanoat firma va korxonalariga zarar keltirdi. O'ttiz yıllik urushning oqibatlari Germanya xalqida chuqur zulmatli iz qoldirdi.
O’ttiz yillik urush Vestfaliya sulhi bilan yakunlandi.
1648- yil 24-oktyabrda Myunster va Osnabryukda imzolangan tinchlik shartnomasi.
Bu tinchlik sulhi nafaqat oʻttiz yillik urushga balki reformatsion kuchlar va ularning raqiblari o'rtasidagi qarama - qarshiligi davriga yakun yasadi. Vestfaliya sulhida Yevropada hududiy o'zgarishlar masalalari hal etilgan edi.. Bundan tashqari Germaniya imperiyasining siyosiy tuzilishi, uning hududlaridagi din masalasi, Gollandiya va Shvetsariyaning mustaqilligini xalqaro huquq tomonidan tasdiqlanishi ham sulhda o'z aksini topdi. Tinchlik Yevropa davlatlari tartibiga va Germaniyadagi vaziyatga sezilarli o'zgarishlarni kiritgan majburiy yon berishlar natijasida tuzildi.
Fransiya ham o'ziga kerakli siyosiy natijaga erishdi.
Germaniya imperiyasining siyosiy mavqei zaiflashdi va uning hududiy tarqoqligi saqlanib qoldi. Hududlarga ega bo'lish masalasida esa Fransiya imperiya hisobidan nisbatan oz yerlarni qoʻlga kiritdi.
Vestfaliya sulhi - Germaniya, Shvesiya, Fransiya bilan Muqaddas Rim imperiyasi oʻrtasida imzolangan tinchlik sulhi.
Yevropadagi 30 yillik urushga barham berdi;
Yevropada hududiy oʻzgarishlar sodir boʻldi;
imperiyadagi diniy munosabatlar hal etild;
siyosiy tuzumga oid masalalar isloh etildi.
Xulosa
E’tiboringiz uchun Rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |