Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.29.
 
Millat Masalasi (1923) 
Toshkentda qozoq-qirg‘iz shevasida chiqaturg‘an «Oq jo‘l» rafiqimiz 
«Turkistondagi millatlar orasini yaqinlashtirish kerak» degan sarlavha bilan bir bosh 
maqola yozadir. 
Bu – millatlar masalasining qaytadan qo‘zg‘atilishi, sho‘rolar hokimiyatining eski 
va zo‘r asoslaridan eng kattasiga yana bir martaba qaytmoq demakdir, bu qaytish kerak, 
lozim, zarur bir qaytishdir. Yo‘q esa, manavi NEP (yangi iqtisod siyosati)ning «sharofati» 
bilan bu muhim va qiyin masala xiyla unutulub, ko‘zdan tashlanib yuborilg‘an edi. 
Agarda masala tugab, hal etilib, tamom bir taraf qilinib tashlang‘an bo‘lsa, mayli, lokin 
unday emas. Buni «Oq jo‘l» rafiqimiz ham: «Millat masalasi bitdi deganlarning gapi 
tagsiz, qip-qizil yolg‘on. O‘rtoq Trotskiy aytganidek, millat masalasini yechildi deb 
yurganlar o‘shal masalaning orasida dimiqib qolg‘an kishilardir…» – degan so‘zlar bilan 
bildirib o‘tadir. 
Ayniqsa, bizning Turkistonda bu masalaning o‘ziga ko‘ra nozikligi bor. Buni «Oq 
jo‘l» yo‘ldoshimiz o‘z qarashi bilan qarab isbot qiladir. Ya’ni millat masalasida 
ezilganlarning ezilgani qilib ko‘chma xalqni ko‘rsatib aytadir: 
«Turkistondagi xalqlarning orasida oyoqliq mol chorvasini qo‘llatib yurgan, uni 
tashlay olmay yo bo‘lmasa ilgari bostirib, yashnata olmay kelayotkanlar turkmanlar bilan 
qirg‘iz-qozoqlardir. Shuning uchun yangi iqtisod siyosati orqasida Turkistondagi boshqa 
xalqlarning og‘zig‘a tushub, tishiga yumshoq kelib yotkanlar ham turkmanlar bilan 
qirg‘iz-qozoqlar bo‘lub kelmakdadir». 
Faqat shunday og‘ir bir masala to‘g‘risida yozilar ekan, ochiq-sochiq, to‘ppa-
to‘g‘ri, oydek yoruq qilib yozmoq kerak edi. Holbuki, «Oq jo‘l» yo‘ldoshimiz kuchlik bir 
asabiyat bilan yozg‘an shu maqolasida aytmak istaganini ochib bera olmaydir. Mana 
quyidag‘i so‘zlarini o‘qung: 
«Yangi iqtisod siyosati chiqqandan beri u yerimni unday qildilar, bu yerimni 
bunday qildilar deb bezillab o‘lturg‘anlar turkmanlar bilan qirg‘iz-qozoqlar bo‘lub keldi. 
O‘run (o‘troq)lashkan chorvasi bor, o‘zi eplik xalqlar arzon olib, qiymat sotib, yangi 
iqtisod siyosati natijasida turkman bilan qirg‘iz-qozoqdan foydalanishi aniq». 
Bundan nima onglaymiz? 


340 
Bunday «aniqlar» ko‘b, lekin maqsad, asos aniq emas. 
«Oq jo‘l» rafiqimizning: «Erlik xalqlar bir-biridan foydalanmoqchi bo‘lsa, ikkovini 
qo‘shub foydalanayin deb orqasida tayyorlanib turg‘an mustamlakachilar bor. Yerlik 
xalqlarning hammasini birday haydab, yurguzub kelgan o‘rus mushtumzo‘rlari bor», – 
degan so‘zlari millat masalasiga uning qarashini aniqroq ko‘rsatadir. 
Turkistonda ezilgan xalqlar bor. Ezilgan sinflar bor, ezguvchi xalqlar, ezguvchi 
sinflar bor. Siyosatni olib borg‘anda ezguvchilar bilan ezilguvchilarni ayirib olib bormoq 
kerak. Firqaning so‘ngg‘i umumiy qurultoyi bu to‘g‘rida ko‘b gapirdi. 
«Turkiston» gazetasining 1923 yil 22 may – 134-sonida «Q» imzosi bilan nashr 
qilingan. 
«Oq jo‘l» gazetasida bosilgan «Turkistondagi millatlar orasini yaqinlashtirish 
kerak» nomli maqola munosabati bilan yozilgan. Birinchi marta Cho‘lpon «Asarlar»i 4-
jildida qayta chop etilgan. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish