Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.31.
 
Vaqf Ishlari (1923) 
Andijon shahar va uyezd vaqf* shu’basi o‘zining chin ishlik davrini may oyining 
o‘rtalarida boshlag‘an edi. Shundan beri ham butun qilg‘an ishlari shahardagi vaqf 
mulklarini ro‘yxat qilish, uyezdning 6 mahkumiga maxsus vakillar qo‘yub, shular orqali 
uyezd vaqflarining ro‘yxatini ola boshlash va ro‘yxat qilinib, qo‘lg‘a kirgan mulklarini 
ijaraga qo‘yishdan iborat bo‘ldi. Bular tashkilot jihatidan. 
Endi maorif – ilm jihatiga kelsak, uning qilg‘an ulgurji bir ishi yoz oylarida 
shahrimizda davom etgan ta’lim-tarbiya Qurslarig‘a ulgurji yordam qilishidur. Bu Qurs 
magar vaqf shu’basidan yordam olmag‘an bo‘lsa, ochilar-ochilmas yopilg‘an bo‘lur edi. 
Yana shahrimizning bundan boshqa musulmon maktab va internatlarig‘a katta-
katta muovanati ko‘b bo‘ldi. Maorif vajhidan* bu kungacha mundan ortiq bir yordamni 
vaqf shu’basi qilg‘ani yo‘q, gapning rostini aytsak, qila olg‘ani yo‘q. 
Chunki vaqf shu’basi hali shu choqqacha tashkilot ishini joylay olg‘ani yo‘q. 
Yaqinda markaz vaqf idorasidan bir murshid kelib, shuning yordami bilan tashkilot va 
moliya ishlariga puxta poydevor qilindi. Endi kirimning oz-ko‘pligiga qarab maorif 
vajhidan ham durust narsalar ko‘rsatsa kerak. 
Kirimni ko‘paytish masalasi umidli bir rangga kirgani yo‘q. Tag‘in qaytalam 
umidsizrak rangga kirib boradur. Shahar xo‘jalig‘i shu’basi bilan vaqf shu’basi orasida 
bozor janjallari bo‘lub, u janjallar ko‘brak vaqfning zarariga tamom bo‘ladur. Bunda 
jiddiy zo‘r va asosligina bir onglashilmasliq bor. Ayniqsa, Turkiston markaz 
ijroqo‘mining vaqf ishlari to‘g‘risidag‘i mashhur 173-dekreti bir qadar o‘zboshimcha 
tafsirlarga yo‘luqmoqdadur. Bu hol boshqa shaharlarda ham bo‘lsa kerak. Buni mutlaq, 
umumiy doirada hal etmak lozim. 
* * * 


343 
Andijon shahar va uyezd inqilobiy qo‘mitasining qarori bilan maorif nazorati 
qaramog‘idag‘i beshinchi «Namuna» maktabi vaqf shu’basi ta’minotiga o‘tdi. Shu 
birgina maktabni yaxshi yo‘lga qo‘yub, chindan «namuna» qilmoq harakatidadur. Mudir 
va hay’at ta’limiya yangilandi. Ikkinchi sinfdan osha olmag‘an bu maktab uchinchi va 
to‘rtinchilarga ega bo‘lmoqdadur. Agarda mahalliy mablag‘ (sredstvo)ga ishonsa, mutlaq 
shikast-rexti qaralmay qoladurg‘an bu maktab yaxshilab tuzatdirilmakchi. Kerakli reja va 
chiziqlari 
chizilib 
bo‘ldi. 
Maktab oldida rushdiy sinflar* ochmoqqa vaqf shu’basi qaror berib qo‘ydi. Lokin 
muallim yo‘qligidan bu qaror haliga qolub ketaturg‘ang‘a o‘xshaydur. 
* * * 
Vaqf shu’basining qaramog‘ida eski maktablardan uchtasi isloh qilindi. Bularning 
joylari yaramas. Yaxshi joy topub ko‘chirish, eski joylarni tuzatub, yararliq holg‘a 
keltirish uchun ham harakat bor. 
«Harakatda barakat!» – degan gap bor. Soni bormoq hisobig‘a yetmaydurg‘an 
Andijon maorifchilariga shundan boshqa tasalli ham yo‘q… 
Maqola «Farg‘ona» gazetasining 1923 yil 1 noyabr – 116-sonida «Q» imzosi bilan 
bosilgan. Birinchi marta Cho‘lpon «Asarlar»i 4-jildida qayta chop etilgan. 
Vaqf (arab.) – musulmon mamlakatlarida davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan 
diniy ehtiyoj yoxud xayriya ishlari uchun ajratilgan mol-mulk. 
Vajh (arab.) – xizmat haqi, mablag‘, naqdina pul. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish