Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.34.
 
Musulmonlashdirish (1923) 
Sarlavha qaltis ketdi. Xiyla qaltis ketdi. Buni o‘ruschalashtirsak, musulmanizatsiya 
bo‘ladirkim, eski to‘ra, burung‘i chinovniklardan chiqqan mustamlakachi – 
kolonizatorlarning kayflari uchadi. 
– Ha, musulmonlashdirish? Bu nima degan gap? Bunga yo‘l berib bo‘lurmu? Hay, 
sergak bo‘l! Yo‘lni to‘s! 
– Qoch, o‘g‘lon, qoch, ot bosdi – millat kelur! 
Ol-ha, qoch-ha!.. 
Qanday qilasiz, mustamlakachi o‘rtoq? Zamon shu, sho‘ro hukumatining tutqon 
yo‘li shu. Sho‘ro hukumati bor joyda yerlilashdirish, musulmonlashdirish degan gaplar 
bo‘la beradir. Siz qovoq solib, lunjingizni pastga tushirganingiz bilan sho‘ro hukumati 
tutqon yo‘lidan keta beradir. 
Qo‘ying, ko‘p xafa bo‘lmang. Sho‘ro hukumati: «Ishingizi musulmoncha 
yurgizing, shunday qilmasangiz, to‘g‘ri kelmaydir», – deb bizning musulmonlarg‘a 
buyruq qilsa ham, bizlar boshimizni qalab, o‘… birmuncha o‘ylanamiz, «Qilaylikmi? 
Yo‘qmi?» – deymiz. 
Birmuncha o‘ylar, fol boqdirishlar, istixora qilishlardan so‘ng ul buyruqni bajo 
keltirishga qaror beramiz. 


349 
Siz, mustamlakachi o‘rtoq, bajo keltirishdagi hunarlarimizni qarang. Sizga bir 
misol kelturay: Andijon inqilob-harb sho‘rosi bilan qo‘mitasi, shahar mahkamalari, 
idoralari, do‘kon-savdoxonalaridagi viveska (unvon)larni musulmonchalashdirishga 
qaror berib tegishlik buyrug‘ini chiqardi. 
Bir-ikki hafta o‘tgandan so‘ng katta-katta, quloch-quloch viveskalarning ustida 
qarich-qarich, vershuk-vershuk* kelaturg‘an «qo‘shma» (ilova)lar paydo bo‘ldi. Agar 
yaqinga borib durbin bilan qarasangiz, haligi «qo‘shma» tunukalarga chizilg‘on xatlarni 
o‘qiy olasiz. Masalan: Andijonning markaziy suratxonasi Medved familiyalik bir 
kishiniki ekan. Ya’ni suratxonaning kattasi «Medved» degan bir bandai Xudoning 
avlodidan ekan. Shul ham viveskani musulmonlashdiribdir, ya’ni «Sentralnaya 
fotografiya. Medved»ning ustiga musulmon xati bilan «Markazsuratxona. Ayiq» deb 
yozibdir. 
Ana xolos, bo‘ldi-ketdi. 
Yana bir misol: Eski shaharda, Qatorterakning boshida (Inqilob darvozasi yonida) 
bir idora paydo bo‘lubdirkim, musulmoncha viveskasi mana shu: «Kina mahkama najolis 
melisa furkur uli rayon Andijon eski uyazdini». 
Men buning musulmonchasidan, azbaroyi Xudo, hech narsa fahmlamadim. 
O‘ruschasini o‘qiganimdan keyin bildimkim, «Andijon shahar atrofining melisa idorasi» 
ekan… 
Biz ham «Darxon»* gazetiga bir viveska buyurdik. Bir Xudo yarlaqab, o‘shal 
ko‘chalardan o‘tib qolsangiz, ko‘zingiz yo‘g‘on bir viveskaga tushar. Viveskaning 
yo‘g‘on o‘ruscha xatlari ustida musulmoncha yozilg‘on shu xatlarni ko‘rarsiz: (eski arab 
yozuvida) «O‘zbekcha «Darxon» gazetasi idorasi»). 
Hozirdan aytib qo‘yaylik: ul xatlarning ma’nosi munday bo‘ladir: «O‘zbekcha 
«Darxon» gazetasining idorasi»… 
Balli, otangga rahmat, o‘lma, musulmon!.. 
«Darxon» gazetasining 1923 yil 11-sonida bosilgan. Birinchi marta Cho‘lpon 
«Asarlar»i 4-jildida qayta chop etilgan. 
Verjuk-verjuk (vershok-vershok) – botmon-botmon ma’nosida. 


350 
«Darxon» – 1923 yil ko‘klamida «bosmachilik harakati»ga chek qo‘yish maqsadida 
Turkiston MIQ va Turkfirqa tomonidan Andijon shahrida G‘ozi Yunus muharrirligida 
tashkil etilgan gazeta. Ammo «Darxon»ning bo‘lajak xodimlari Andijonga kelganlaridan 
keyin gazetani tayyorlash va chop etish mashaqqati Cho‘lpon zimmasiga tushgan. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish