3.2.30.
«Shayx San’on» (1923)
«SHAYX SAN’ON»
(KALIZEY BINOSI, 29 MAY)
«… Shayx San’on bo‘lmasang
Bo‘yningda zunnoring g‘alat!»
Bizga Shayx San’on ko‘bdan beri tanish.
Uni bizning so‘fiylarimiz ko‘bdan bilalar. Yuqoridag‘i bir yo‘l so‘fiylik g‘azali ham
eskirak zamon kitoblarida bordir.
San’on Madinada tarbiya topqan bir so‘fiy, bir shayx edi. Tariqat yoymoq uchun
bo‘lsa kerak, Gurjistonga keladi. Unda bir go‘zal gurji qizini ko‘rub oshiq bo‘ldi. Shuning
bilan uning tariqatida, shariatida ul qizdan iborat bo‘ldi. San’on qiz uchun o‘zining eng
muqaddas e’tiqodlarini barham berganda ham yuzaki ishonishlardan — zaharlik kulush
bilan kular edi. U shu ishlarning hammasini «haqiqat» uchun, tariqatdan, shariatdan,
so‘fiylik, zohidlikdan yuqori va yuksak bo‘lg‘on bir haqiqat uchun ishlagan edi. Yuzaki
ko‘runush, riyokor ibodatlar o‘rnig‘a «haqiqat izlash» kelgandan so‘ng San’on kufr la’nat
341
toshlaridan quruq qolmadi. Yuzaki qarag‘uchi taassub shaytonlari, istaklari qadar so‘kub
qarg‘adilar!
Shu shayxning hayotini teatr usulida jonlanturg‘on Husayn Jovid, Qofqasiya
turklarining quvvatli adib va shoirlari (dan —
U. S)
Husayn Jovid, shayxga, menim
onglashimcha, bir oshiq, bir muxlis edi. Shu ishq qaynoqlig‘i natijasida 9 manzaralik
she’r bilan yozilg‘on mukammal adabiy, falsafiy bir asar maydong‘a chiqqon.
Unda shu «zunnor bilan bog‘li bo‘lg‘on» Shayx San’onning ruhiy holatlari, jinnilik
hayoti to‘la ko‘rsatilgan.
Xurshid o‘rtoqning tarjimasi ortiq maqtarliq emas. Bizda hali e’tirof qilayliq —
bunday zo‘r adabiy asarlarni «o‘zbekchalashdira» turg‘on to‘la bir kuch yo‘q. U holda,
tarjima ortiq yaxshi bo‘lmasa ham yararliq, bo‘larliqdir.
Faqat asarning joylanishi (postanovkasi) uchun qimmatli Uyg‘urimiz ko‘b
tirishqon. Butun hay’ati bilan 11 kishidan iborat bo‘lg‘on qora baxtli bir teatr to‘dasi
bilan, to‘daga besh-o‘n barobar kelaturg‘on kuchini chetdan tortib, shu qadar tekis va
erkin chiqorish katta muvaffaqiyat. «Kalizey»dek ajdaho bir sahnada «Shayx San’on»dek
og‘ir va kuch talab etkan bir asarni jonlandirish o‘zbek teatrining chin oshiqlari bor
ekanligiga dalil.
O‘yun — umuman olg‘onda — tekis chiqdi. Ayniqsa, Shayx San’on yaxshi edi.
Birinchi pardada Shayx Kabir vazifasini ustalik bilan bajargan Bosit mas’uliyatlik darvish
vazifasida kutgan o‘yunimizni ko‘rsata olmadi. Boshqa vazifalarga to‘qtalib
o‘lturmayman. Ular o‘yunning ketishida bir muncha kamchiliklari bilan birga tekis edilar.
O‘yunning o‘zi ham vaqtida boshlanib, vaqtida bitdi. Xalq juda sevingan edi. So‘ng
pardalarning birida Uyg‘ur o‘rtoq ayrim olqishlanib, to‘da ismidan unga bir oltun soat
sovg‘a qilindi. Xalq ko‘b, «Kalizey» binosi to‘lg‘on, unum yaxshi, ayniqsa faxriy joylarni
sotishda kechaning mas’ul mudiri Mirza Qodir o‘rtoq Qushbegiyefning jiddiy tashabbusi
bo‘lg‘onlig‘i ko‘ruldi. Shunday unumlik tomoshalar bilandirkim, yagona bir teatru
to‘damiz o‘lub qolmasdan, yashab keladir.
_______________
Shayx San’on
— «Turkiston», 1923 yil 6 iyun.
342
«Kolizey»
— Toshkentning yangi shahar qismida qurilgan, teatr hamda kontsertlar
uchun moslashtirilgan binoga Qadim Rimdagi mashhur amfiteatr nomini berigagan
(kolizey — lotincha, ulkan). Inqilobdan keyin bu binoda o‘zbek teatrining ayrim
postanovkalari qo‘yilgan. Keyinroq bu bino Sverdlov nomli kontsert zaliga aylantirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |