Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.27.
 
Sahnalar Tegrasida (1923) 
Ozarbayjon turk sahnasi yaqinda 50 yoshg‘a kirishi munosabati bilan katta bir 
bayram qilib o‘tkazdi. 
Haqiqatan, Rusiya turklari orasida eng eski sahnaga ega bo‘lg‘onlar — Ozarbayjon 
turklaridir. Ozarbayjon teatr yozuvchilig‘ining otasi bo‘lg‘on Mirzo Fatxali 
Oxundo‘vning o‘lganiga, ozarbayjon sahnasining ulug‘ og‘asi bo‘lg‘on Arablinskining 
dunyodan ketganiga bir necha yil bo‘lub qoldi. O‘zining shu uchun umrida ko‘b og‘ir 
kunlarni o‘tkazgan bu sahna, bu kun ulug‘ va yarashar bir sharaf bilan o‘zining ellik yillik 
bayramini o‘tkazmakdadir. 
Bokuda chiqadurg‘on «Ko‘mmunist» rafiqimiz shu bayram sharafiga bir bosh 
maqola bag‘ishlag‘an. Ul maqolada nafis san’atning ahamiyati, ozarbayjon sahnasining 
boshidan o‘tkazgan og‘ir kunlari va uning hozirgi ahvodi to‘g‘risida fikr yurgiziladir. 
Haqiqatan, 50 yil oz muddat emas. 
Bu muddat orasida ko‘b narsa ishlamak mumkin. Lekin, ozarbayjon sahnasi ham 
bizning sahnamizdek xalqning eng qora johil vaqtida bosh ko‘targanligidan; «Chapga 
aylansa kofirlik, o‘ngga burilsa dinsizlik ta’naga yo‘luqub, din talqin qilg‘uvchi 
dinsizlarning har turlik hujumlari ostida qolib oq sallalik boyqushlar, qop-qora 
nodonlarning changalidan xalqni qutqazib olmoqqa tirishqon». 
Albatta, bunday bir muhitda 50 yil yashag‘on sahna juda ko‘b narsa qila olmasa, 
ma’zurdir. Uchmasdan, so‘nmasdan, yo‘k bo‘lmasdan davom etib kelgan bo‘lsa, bu kun 
shu ham katta xizmatdir. 
«Ko‘mmunist» rafiqimiz: «Bu kungi teatrimiz kechagi vazifasini ifo(da) qilib 
turadirmi? Bu kungi sahnamiz madaniyatga tomon hatlag‘on qadamlarimiz bilan 
chiqishdirila olurmi?» deb ikkita muhim savol bergandan keyin, bu savolga o‘zi: 
«Taassufga qarshi, darhol «yo‘q!» kalimasini qo‘llashga majbur bo‘lib qolamiz», deb 
javob beradir. 
«Qo‘mmunist» rafiqimiz bu savol va bu javoblari bilan sahnaning shu kungi holig‘a 
qanoatlana olmag‘onlig‘ini ko‘rsatmak istaydir. Maqolasinnig oxirida sahnaning 
tuzalishi uchun «mas’uliyatni uhdasiga olg‘on Ozarbayjon maorif komissarligiga 
muvaffaqiyat» tilaydir. 


337 
Zotan, rafiqimiznin tilagan muvaffaqiyati ta’min etilgan hisobdir. Sahna va san’at 
ishlari uchun burun ham hozir ham eng kerak bo‘lg‘on moddiyot mas’alasi ortig‘i bilan 
hal etilgan: «Bayram kunida Ozarbayjon turk teatriga dekaratsiyalar hozirlamoq uchun 
maorif komissarlig‘i tomonidan 100 so‘m oltun pul chiqarilg‘on. 
Bayram komissiyasining bir majlisida xo‘jalik idoralarining turk teatriga moddiy 
yordam berishlari lozim ekanligi to‘g‘risida bir qaror chiqarilib, birinchi o‘laroq 
quyidag‘i idoralar iona qilg‘onlar: Xalq komissarlar Sho‘rosi raisi o‘rtoq Sabikif, 
komissarlar sho‘rosi otidan 15000 so‘m oltun pul, Ozarbayjon neft idorasi raisi Yo‘ldosh 
Seribrufski 15000 so‘m oltun pul, sanoat tijorasi komissari o‘rtoq Sultonif 10000 so‘m 
oltun». 
Bu yordamning boshidir hali davomi va oxiri bor. Demak, Ozarbayjon sahnasi to‘la 
ta’min etilgan. 
Biz, bu yerda — o‘zbek davlat truppasini tarqatish arafasida turubmiz. Shunda ham 
ma’yus bo‘lmaymiz. Uningda qadri bilinur vaqti bordir, axir! 
Hozircha tom ma’nosi bilan yetim bo‘lg‘an o‘zbek sahnasining bir muhibi, bir 
orqadoshi sifati bilan: Ozarbayjon sahnasini qutlaymiz! 
______________ 
Sahnalar tegrasida. — «Turkiston» gazetasining 1923 yil 15 aprel sonida bosilgan. 
Mirzo Fathali Oxundov
 
(1812—1878) — ozarbayjon yozuvchisi, ma’rifatpar, 
faylasuf. Ozarbayjon dramaturgiyasining asoschisi. 
Arablinskiy
 
— Xalafov Xusayi Mamed o‘g‘li (1881—1919), ozarbayjon 
demokratik teatrining asoschisi, aktyor va rejissyor. 
«Kommunist»
 
— Bokuda ozarbayjon tilida 1919 yildan boshlab chiqqan gazeta. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish