Maktab mahalla bilan hamkorlik referat
Bolalarni go`zal tarbiya etish uchun ota-onalarning o`zlari go`zal аxloqli, tartibli bo`lishlari shartdir. Ota oila bosh tarbiyachi. Otaning namunasi katta. Otaning qalbiy namunasi bolaga yomon ta`sir ko`rsatadi. Oilaviy tarbiyada bolalarning bir-biriga bo`lgan munosabati xam katta rol o`ynaydi: «Katta arava qayerdan yursak kichik arava xam shu yerdan yuradi».
Bola tarbiyasida oilaning barcha a’zolari qatnashadi. Bolalar tarbiyasiga yordam beradigan o`zbek udumlari tavallud beshik, oila, ismu-sharif, quloq tishlatishlar, o`yinlar, chillak, lapar va dandarop, chavg‘on, ko`plari, kurash, xashar, salo va oshk, dakturxon, taom, fotixa, libok, taqinchoqlar, yahshiliklar, navro`z, xayitlar, sovchilik, quvnoq, to`y, to`yona, gap-gashvak, ulug‘, shajara, sulola, bozor o`char, e’tiqod-qasam ichiqhlar, ont, vasiyat, irim sirimlar, sarg‘ishlar, yahshi niyat, oxirat-xudoyi, ziyorat, mushkul kushod, bibi seshanba, mavlud, xayr sadaqa, mug‘ambirlik, ibodat, xazon muallak va k.x. 1993 yil «Maxalla, maktab va oila xampokligi» konsepsiyasida oilaning bola tarbiyasidagi vazifalari tubandagicha belgilangan:
1. Oilada sog‘lom muhit bo`lishi, milliy rux va o`zbekona turmush tarzini hisobga olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o`rnak bo`la olishi, farzandga ota-onasiga, Vataniga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish o`zaro g‘amxo`r bo`lish.
2. Oilada tarbiyani yahshilash, oila a’zolarining huquq va burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini shakllantirish.
3. Farzandlariga chuqurl dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifiy va ma’naviy madaniyatli bo`lib yetishishlarini ta’minlash.
4. Bozor munoksbatlariga xos bo`lgan, kasb-xunar va iqtisodiy tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish.
5. Bolalarning aqlan va jismoniy sog‘lom bo`lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhit yaratish.
6. Bolalarda mustaqil fikrlash va o`zini dunyoqarashiga ega bo`lishi bilan bir qatorda, ularda istiqlol g‘oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruxini tarbiyalash.
7. Bolalar bo`sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli tashkil qilish, ularga qo`shimcha ta’lim berish, kasb-hunar o`rgatish.
8. Farzandlarga maktab, mahalla, jamoatchilik oldidagi vazifalarni to`la ado etishga qonuniy javobgar ekanligini xis qilish.
9. Farzandlarda maktab, mahalla, jamoatchilik oldidagi vazifalarni to`la ado etishga javobgar ekanligini xis qilish.
O`zbek oilalarida bolalarga kattalarni xurmat qilish xissi yoshligidan shakllantiriladi. Qiz bilan murojat qilish, yaxshi ishlar uchun minnatdorchilik bildirish, kattalar ko`zini ikki qilmoqlik va x.k.
Xalq doimo baxtiyor oilani orzu qilgan-chunki u baxt kalitidir. Ota-bobolarimiz oilani muhabbatsiz tasavvur qilmaganlar. «Muhabbatsiz oila-ildizsiz daraxtdir» aqidasi asosida yashaganlar.
Xalq pedagogikada onaning-eng yuqori ijtimoiy qadriyatdir. Onalar insoniyatning asosiy me’morlaridir. Shuning uchun xam barcha shoiru fozillar, mutafakkir hadislar Qur’oni Karimda onalarni ulug‘lanadi. A.Navoiy ona haqida shunday deydi:
Onalar oyog‘i ostidadur ravzai jannatu jinoi begi
Ravza begin visolin istar ersang, bo`l onalar oyog‘i tufrog‘i.
Xalq oforizmlarida onalarning bolalarga bo`lgan cheksiz muhabbati ifodalanadi. «Farzandning quvonching», «Bolali uy bozor», «Bolasiz uyda baxt bo`lmaydi», «O`nta bo`lsa o`rni boshqa» kabi maqollarda farzandlar ulug‘lanadi.
Xalq donishmandligida oilada otaning roli haqidagi ibratli gaplar aytilgan. «Ota rozi-xudo rozi», «Otalar so`zi-aqlning ko`zi», «Ota g‘ayratli bo`lsa-bola ibratli bo`lar», «Ota-ona oltin kalit» kabi maqollarda otalar ulug‘lanadi. A.Navoiy bu haqda:
Boshni fido ayla ato qoshig‘a.
Jismni qil sadg`a ona boshiga.
Tun kuninga aylagali nux fosh.
Birisin oy ayla, birisin quyosh.
Do'stlaringiz bilan baham: |