3.2.33.
O‘t Arava To‘g‘risida (1923)
O‘t arava demakdan maqsadim avto‘mo‘bil ekanligini bilsangiz kerak. Xalqimiz
«avto‘mo‘bil»ni o‘t arava deydur.
Men bu maqolamda o‘t aravaning fazilatlaridan gapirmakchi emasman. Yiroq
yo‘lni yaqin, qiyin ishni oson qilish uchun o‘t arava juda kerak narsa, foydalik muyum.
Lekin bu maqolamda boshqa narsa to‘g‘risida gapirmakchiman.
Hozirgi vaqtda gazetalarimizni o‘qung. Eng ko‘b yozilg‘an narsa Girmoniya
masalasi. Har kun, har sonda desak mumkin: Shtrezeman, Ebert, Alber, Sekt,
Karvakitlerdek jonli nomlar; Saksoniya, Turingiya, Bavariya, Rur, Rayn kabi jonsiz
ismlar; bular ham hammasi xabar, darakdan iborat. Masalan: men borsam-da, Shtrezeman
kim, Ebert qandoq kishi, Gilferding o‘zining sarvatga doir mashhur asarida qandoq
asoslarni oldinga suradur deb katta savollarni bersam va shunga keng-kovur javob
olmoqchi bo‘lsam… qayerg‘a bosh uraman? Musulmonchani, turkchani yaxshig‘ina
bilsam ham o‘ruschani bilmayman, uni darrov bir-ikki oyning ichida o‘rganib olish qiyin,
musulmoncha siyosat kitoblari bo‘lsa yo‘q.
Toshkentda yo Maskovda bo‘lsam birorta qulubga borar edim. U yerlarda nima
ko‘b? Qulub bilan leksiya! Men turg‘an yerda mendan boshqa ham bir necha million
menga o‘xshag‘an baxti yo‘q «ahli viloyat» (provintsial) turaturg‘an joylarda qulubning
mazasi yo‘q. Qulub bor yerda leksiyaning burdi yo‘q. So‘zning qisqasi: yo‘q, yo‘q, yo‘q.
346
Men yo‘l usti to‘g‘ri kelganda gazetachilar bilan ham so‘zlashdim. «Nimaga bir
masalaning asl-asosidan tuzuk-quruq ma’lumot bermaysiz? Bu kundalik xabaringiz bilan
ishning tagiga yetib bo‘lmaydur», – dedim. Gazetachilar sira hovliqmasdan shu javobni
berdilar:
– Har narsaning o‘z joyi, o‘z asbobi bor. Gazetlarimizning vazifasi – kundalik
voqealar to‘g‘risida – gazetaning o‘z miqyosidan oshib ketmaslik sharti bilan – tafsilot
bosib tarqatmoqdur.
Siz aytgan chuqur taglik masalalarni quloch-quloch qilib yozmoq uchun majmua,
ya’ni jurnal degan narsa bo‘ladir!
So‘ngra jurnal qidirishga tushdim: «Bilim o‘chog‘i»* degan bir narsa bor ekan,
vafot qilibdur. «Inqilob»* degan bittasi O‘rta Osiyo sho‘ro jumhuriyatlarining
hammasiga barobar «o‘g‘ul» bo‘lub, hammasining dastmoyasi bilan dunyoga
chiqmoqchi bo‘lg‘an ekan. Uni ham Buxorodan nari daraksiz ketdi deydilar.
Har holda, bilinib qoldi. Ayniqsa, bizning Turkiston jumhuriyatining – markazlik
bo‘lish sharafidan mahrum qolg‘an – viloyat fuqarolari munga ko‘b tashna bo‘ldilar. Bir
majmuaning chiqmog‘i juda zarur, juda lozim. Shu zarurat nimaga o‘talmaydur deb ko‘b
joyga murojaat qildim, javob berdilarki:
– Pul yo‘q!
– Pul yo‘q!
«Bilim o‘chog‘i» bilan «Inqilob» majmualari ham shuning uchun to‘xtab qolg‘an
ekanlar.
Lokin men munga ishonib yetolmayman. Tatariston sho‘rolar jumhuriyatida bir-ikita
majmua to‘xtovsiz chiqib turar ekan. Aqlim olmaydur: Tatariston sho‘rolar jumhuriyati
bizning Turkiston sho‘rolar jumhuriyatidan boymi ekan? U jumhuriyatning paxtasi yo‘q
edi-ku. Bizda axir paxta bor, radiy javhari bor, darmona (santonin) koni bor, toshko‘mir,
qora yog‘, yana nima balolar bor. Shularning hammasi ijtimoiy asosdagi maslahatlik
jumhuriyatimizning boyligi-ku!
Yo shundoq emasmi?
Qani, gapiring-chi!
347
Farq bo‘lsa-bo‘lmasa shundadurkim, Tatariston sho‘ro jumhuriyatining oqsoqollari
haligi shiddatlik ehtiyoj va zaruratni sezganlar, bilganlar. Bizning oqsoqollarimiz bo‘lsa
«Projektor», «Krasnaya Niva», «Exo», «Ogonyok», «Novыy Vostok»* va boshqa ming
xil ruscha majmualardan istaganlarini ola berib, o‘zlaridan boshqa o‘ruschaga olim
bo‘lmag‘an biz viloyatlik bechoralarni unutub qo‘yg‘anlar!
Farq yolg‘iz shunda.
Yaqinda Toshkentda bo‘ldim. Ba’zi bir idoralarning chiroyliq, chaqqon, haybatlik
o‘t aravalari yonimdan shamoldek shuvullab, o‘qdek g‘uvullab o‘tub ketdilar. Men
bechora viloyatlik aql va hushimdan ajrab – tang qotib qarab qoldim.
Yaqinda Xo‘qandga keldim. Eski shahardan kelayotub edim, bir muyulushdan ikki
javobgar ishchi o‘rtoqlarim g‘alati izvoshda uchar otlarni tizg‘iratib chiqib qoldilar.
Agarda darhol o‘zimni chekkaga olub, devorg‘a orqamchasig‘a yopishmasam izvoshning
g‘ildiraklari tagida qolub ketar edim-da, siz ham bu kun bu maqolani o‘qushdan mahrum
bo‘lub qolur edingiz…
Bir oz surushturg‘animdan so‘ng ma’lum bo‘ldikim, o‘t aravaning o‘zi chiroyliq,
chaqqan oyog‘i yengil narsa bo‘lsa ham, ashqol-dashqoli juda ko‘p, sarf-xarajati juda
katta ekan. Unga ketaturg‘an benzin degan yog‘ning puli bizning qishloq mahkamalariga
oshub-toshkunday bir ismeta bo‘lar emish… Ayniqsa, o‘t aravani haydayturg‘an
«shuffer»i* javobgar ishchilar oylig‘ig‘a zo‘rg‘a unar emish…
Izvoshning xarajati ham oz emasdur. U – savlatlik, u – semiz, u – chopong‘ir otlar
ozmuncha ovqat yemayturg‘andur. Kuchir ham axir noz-sitamdan xoli emasdur.
Bitta mahkamaning o‘t aravasini sotsaq, ikkita mahkamaning ikkita izvoshini ham
otlari bilan sotub yuborsaq, shularga ketaturg‘an bir yillik xarajatni ham Chirvonboyning
qursi bilan hisoblab shunga yarasha mablag‘ni ajratub qo‘ysaq: shu mablag‘larning
hammasini shotirag‘an chirvon qilib «Turkiston» gazetimi, «Farg‘ona»mi,
«Zarafshon»mi – uchalasidan bittasining boshqarmasig‘a topshirsaq, bitta majmua
chiqarub berishga unarlarmi ekan?
Men o‘ylaymankim: jon derlar, jon derlar…
«Farg‘ona» gazetasining 1923 yil 7 dekabr sonida «Mirzo Qalandar» imzosi bilan
bosilgan. So‘ngra «Adabiyot nadir» maqolalar to‘plamida qayta chop etilgan.
348
«Farg‘ona» gazetasi asosida nashrga tayyorlandi.
«Bilim o‘chog‘i» – Turkiston Maorif xalq komissarligining oylik ijtimoiy-siyosiy,
ta’lim-tarbiyaviy va adabiy jurnali. 1922 yili birinchi soni chiqqan. 1923 yili jurnalning
2 – 3-qo‘shma soni chiqqach, nashr etilishdan to‘xtagan.
«Inqilob» – 1922 yildan chiqib, 1924 yil oktyabrida to‘xtagan jurnal. Adabiy,
siyosiy-ommaviy oylik jurnal bo‘lmish «Inqilob» Turkiston KP MQ organi edi.
«Projektor», «Krasnaya Niva», «Exo», «Ogonyok», «Novыy Vostok» – XX
asrning 20 – 30-yillarida (ba’zilari keyin ham) nashr qilingan jurnallar.
Shuffer (shopyor) – mashina haydovchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |