344
«Inqilobning yettinchi yili maorif yili bo‘lsun!»
Gazetamizning 118-sonida bosilg‘an o‘rtoq Mirzohid
Oqilning maqolasi bilan
o‘rtoq Lapinning yana bir maqolasi shu shiorning juda vaqtida maydonga tashlang‘anini
ko‘rsatadur.
Bundan so‘ng: «Maorif kerak!» – desak, unda samimiyatdan boshqa narsa bo‘lmas.
Nimaga desangiz, Farg‘ona xalqining 5 yildan beri tortub kelgan hamma kulfatlari shu
tilakning shu choqqacha samimiyat bilan aytilmaganligidan keldi. Ilgari: «Maorif kerak!»
– deb biz aytdik, hukumat aytdi, anglaguvchi, bilguvchi yigitlar aytdi. Endi hozir xalq,
ko‘bchilik, omma, qishloq va ovul aytmakdadur. «Farg‘ona»ning 118-sonida bosilg‘an
Qo‘qon uyezdidagi maorif ishlarining hisobi qishloqdagi to‘xtatub bo‘lmas tilakning
tilmochidur.
Qo‘qon uyezdidagi «Maorif kerak!» degan xalqning tilagi butun Farg‘ona xalqining
tili bilan har kun har soat aytilub turubdur. Shuning uchundurkim, hozirgi vaqtda maktab
ko‘bchiligi shaharlardan qishloqlarga, demak, xalqning g‘ujum bo‘lub o‘lturg‘an joyig‘a
ko‘chdi. Muallim topub, ta’mir qilib maktab ochturayotkanlar qishloq dehqonlari bo‘lub
qoldilar.
Xalqdan chiqqan bu tilaklarni silab-siypab joyig‘a qo‘yaturg‘an maorif idoralarimizning
boshdan buzuq bo‘lub kelganligini ko‘b gapurdik, ko‘b yozdik.
Lokin uzoq vaqt
tovushimiz cho‘llarga qarab ketdi.
So‘ng vaqtlarda jumhuriyatimizning Maorif kamisarligida jindak almashinish
bo‘ldi. Ya’ni kamisarlikning boshig‘a unda turub ishlayturg‘an, maorif qayg‘usig‘a
berilgan kishilar qo‘yildi. Bu yaxshi harakatning natijasi ko‘rilmakka boshladi. Albatta,
Maorif kamisarligini qo‘zg‘atish bo‘yincha bo‘lsa kerak, ushbu oyning 11-kuni
Toshkantda Davlat rejasi (Gosplan) binosida katta bir kengash bo‘lub,
ul kengashda
Turkiston jumhuriyatining maorif siyosati masalasi ko‘rildi. Kengashga firqa
markazqo‘mi, markaz ijroqo‘mi, komissarlar sho‘rosi a’zolari,
turli komissarliklarning
kollegiya a’zolari, yuqori maktablarning mudarrislari,
xususiy maorif-madaniyat
tashkilotlarining vakillari va maorif ishiga qiziqqan ayrim kishilar aralashdilar.
Kengash natijasida maorif ishlariga doim yordam berib turmoq uchun eng obro‘lik
firqa va hukumat idoralarining vakillaridan iborat bir yordam byurosi tuzildi.
345
Demak, xalq maktab so‘raydur, maorif talab qiladur: jumhuriyatning eng yuqori
idoralari
ham shu tilakni, shu talabni qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham amalga keltirmak
uchun yeng shimarlaydurlar, xalqning tilak, markazdan rahbarlik va yordam bo‘lsa, har
bir haqiqatning asosi bo‘lg‘an bilim va uni el orasiga tarqatish ishi haqiqat(an) yangi,
to‘g‘ri va umidlik yo‘lga kirgan bo‘ladur.
«Farg‘ona» gazetasining 1923 yil 19 noyabr sonida «Q»
imzosi bilan
bosilgan. Birinchi marta Cho‘lpon «Asarlar»i 4-jildida qayta chop etilgan.
Sulton Sakizboy o‘g‘li (Sulton Segizboyev) (1899 – 1938) – taniqli davlat arbobi.
1937 yilda O‘zbekiston Xalq Komissarlari Soveti raisi.
Do'stlaringiz bilan baham: