376
umudlik jurnallari. Faqat u yoshlarning jurnalidur. Uning o‘ziga yarasha doirasi, chizig‘i
bor. Kattalarimiz uchun ham shunday bir jurnal to‘qtatmay davom etib ketsa,
bizning
istagimiz qong‘an bo‘lur edi.
Yaqinda «Inqilob» idorasidan bir da’vat xati olg‘an edim. Mazkur da’vatda «Uzoq
vaqt to‘qtab yotqan jurnalning yana chiqa boshlag‘ani, so‘ng sonining matbaaga
berilishga hozirlangani, moddiy jihat tamom ta’min etilgani, endi to‘qtamay, muntazam
olib borish mumkin bo‘lg‘ani» bayon etilgach, «qalam bilan muovanatga da’vat qilg‘an»
edim. Da’vatga ijobat qildik, va’da ham berdik, birmuncha sevindik ham.
Lekin… oradan yarim yilcha vaqt o‘tdi, «Inqilob»ning so‘ng soni hali maydonda
yo‘q. Yaqinda Toshkantga borg‘animda so‘rag‘an edim, «Bosilib bitkan, matbaa haqini
berib olishga Maorif kamisarligining puli yo‘q», – dedilar. Shu «puli yo‘qliq» ham 2 – 3
oydan beri davom etar ekan…
Bizning Maorif kamisarligimizga ishonib bir ishga kirishishning o‘zi xato. Bu
daf’alar bilan tajribadan o‘tkan. Bu xil narsalar uchun unda pul bo‘lmaydur.
«Kolizey» tiyotrining eski pul bilan 4 trilio‘n qarzini to‘lashga, Yangi Toshkantning
ishchilar yo‘q rayonida tarixiy raqs (tansa)
maktablari ochishka, uning prog‘ramini
kengaytirishga pul topilg‘ani bilan, tubjoy xalq matbuoti va tiyotri uchun pul
topilmaydur. Tajribada ko‘rulgan shu achchig‘ haqiqatga tan berib bir jiddiy jurnal
chiqarish uchun boshqa insofi borroq joylardan mablag‘
qidirib topsak-da, shu zo‘r
kamchiligimizni ham bartaraf qilsak.
6 yillik bayramning katta bir mevasi, samarasi shu bo‘lsa!
«Farg‘ona» gazetasining 1924 yil 31 iyul sonida «Cho‘lpon» imzosi bilan
bosilgan. «Adabiyot nadir» to‘plamida qayta chop etilgan. «Farg‘ona» gazetasi asosida
nashrga tayyorlandi.
«O‘zbek qizil matbuotining olti yilligi…» – o‘zbek matbuotining sovet davridagi
tarixi 20-yillarda «Ishtirokiyun» gazetasi chiqqan vaqtdan hisoblab nishonlangan.
«Maorif» – 1918 yil dekabrda Toshkentda Maorif
xalqkomissarligi tomonidan
chiqarilgan jurnal. 6 ta soni chiqib, 1919 yil aprelda to‘xtagan.
«Sharq» – 1919 yil noyabr oyidan boshlab Samarqandda hukumat tomonidan
chiqarilgan, 1921 yil avgustda to‘xtagan jurnal.
377
«Tong» – 1920 yil 9 aprelda Fitrat tashabbusi bilan chiqqan jurnal. Uch son chiqishi
bilan to‘xtagan. Jurnalda Cho‘lpon ham faol qatnashgan.
«O‘zgarishchi yoshlar» – 1923 yil dekabridan 1924 yil noyabrigacha Toshkentda
nashr etilgan ijtimoiy-siyosiy, adabiy-ilmiy yoshlar jurnali.
Do'stlaringiz bilan baham: