500 yil.
(O‘zbek bilim hay’ati e’tiboriga). — 20-yillarda avj olgan o‘tmishga,
o‘tmish madaniyatiga nigilistlarcha munosabatda bo‘lish tendentsiyalari sog‘lom
fikrlovchi ziyolilarni chuqur tashvishga solgan. Chunki jadidchilikning ilg‘or g‘oyalari
ta’sirida tarbiyalangan ko‘plab ziyolilarimiz millatning o‘zini tanishi, o‘zligini anglashida
o‘tmishning nechog‘li muhim omil ekanini bilganlar. Cho‘lpon O‘zbek bilim hay’atiga
murojaat qilib yozgan, mazkur ochiq xat «Turkiston» gazetasining 1924 yil 23 sentyabr
sonida e’lon qilingan.
Shamsiddin Somibek
(1850—1960) — mashhur turk shoiri, adibi va mutafakkiri.
«Tarixlarning ko‘rsatishmga qarag‘onda shu bir yil
—
bir yarim yil orasida ulug‘
Navoiyning vafotiga 500 yil to‘ladir…» — fikrimizcha, bu o‘rinda matbaa xatosi o‘tib
ketgan yoki Cho‘lpon adashgan. 1926 yilda, ya’ni Cho‘lpon aytmoqchi yaqin bir-bir
yarim yil ichida Navoiy vafotiga 425 yil to‘lar edi. Quyiroqda esa muallif «Navoiyning
500 yilligi» tantanalari haqida gapiradi. Chamasi, Cho‘lpon shoir vafotining 425 yilligini,
va keyinroq, tavalludining 500 yilligini nishonlashni nazarda tutgan.
379
3.2.42.
Tarixning Zararlik Takarruri (1924)
Dunyoning ketishi, turmushning oqishida shunday voqealar paydo bo‘ladirkim, u
voqealarga o‘xshash hollar undan burun ham ko‘rulib o‘tadi.
Ana shu vaqtlarda mahmadona, chechan kishilar chiqib «tarix takarrur qilayotir»,
deb shovqun-suron qilib yuboradilar.
Men mahmadona ham emasman, chechan ham. Shovqun-suron qilmoq ham
qo‘limdan kelmaydir. Men, o‘zing bilgan Farg‘onaning ba’zi bir ahvollarini, eski
kotiblarning qalami qanday sekin yursa, shunday sekinlik bilan hovliqmasdan,
shoshilmasdan sizga or qilib etmakchiman.
Shu xolos.
Farg‘onaning 1919 va 20-yillari esingizda bordir. Farg‘onada oqqon haqli va haqsiz
qonlarning hidi Toshkent, Samarqandlarni emas, Moskva, Leningradni ham tutib ketdi.
Shuncha qon to‘kilgan joyda, albatta, voqea emas, hodisalar bo‘lub turadir.
Hodisa va voqealar shu qadar tez va shoshilishliq bilan yuz ko‘rsatadirlarkim, ularni
tarix betlariga joylab qolmoq ham juda qiyin bo‘ladir.
Farg‘onada ham shunday bo‘ldi. Kechagi voqealar bugun esdan chiqdi. Ertangi
voqea oldida ilgari kungisi hech narsa bo‘lmay qoldi. Aqllar, hatto shu voqealarga guvoh
bo‘laturg‘on bir tarix borlig‘ini o‘z doiralariga sig‘dira olmay qoldilar.
Shunday vaqtda bizning buyuk bir hissiyotli adib va shoirimiz chiqib, o‘shal
voqealarning hammasini adabiy tomosha, nafis pesa holida tarix betlariga naqsh qilib
qolmoqchi bo‘ladir. Jur’atni, jasoratni qarang!
Hamza Hakimzodaning 6—7 bo‘lakdan iborat valuolaliq (sensatsionniy) «Farg‘ona
fojealari» ana o‘shal xovliqishning mevalari edi. Tomoshachi muarriximiz o‘z asarlarini
o‘shal vaqtda «tarix uchun oddiy bir matiriyol» deb o‘ylagon emas. Hatto, muni da’vo
qilib chiqqanlardan juda qattiq xafa bo‘lgon. «Farg‘ona fojealari» muallifining fikricha
Shekspirning «Hamlet»» «Maqbet», «Ro‘meo‘ va Julet» larining o‘zbek va Farg‘ona
muhitidan yetishganlarigina edi; shuning uchun unda yuksak mafkurali qizlar, yuqori
tushunchali allaqanday Tal’at afandilar bor edi.
380
O‘shal vaqtning ommasi xalqi ham qiziq. «Farg‘ona fojealari» dedimi, 5000 kishi
sig‘aturg‘on keng sahnalarga ham odam liq to‘la bergan. Muni ko‘rgan muallif,
«qimmatlik, «nafis» asarlarini keng Turkistonning u boshidan bu boshig‘acha ko‘tarib
borib, o‘ynatib yurg‘an…
Orag‘a «Chig‘atoy gurungi» degan bir jamiyat chiqib qoldi. U jamiyatga mansub
kishilar tilni soddalashtirmak maqsadini asos qilib ushlaganlari holda, o‘zbek
adabiyotining tugallanishiga ham katta ahamiyat berdilar. Tugallanadurgon adabiyot chin
adabiyot bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun adabiy asarlarga haqiqiy qiymatini berib,
adabiyot kira olmag‘on narsalarni shafqatsiz suratda maydondan hayday boshladilar. Ana
shu harakatning zarbiga uchrag‘onlar orasida, Xurshid Sharafning «Kichik askar»i
(o‘zicha: «Kuchuk askar») bilan birga bizning «Farg‘ona fojealari» ham bor edi.
«Chig‘atoy gurungi» asosini mahkam qurg‘onlig‘i va chiziqni to‘g‘ri chizg‘onlig‘i
uchun — o‘zi yo‘q ketsa ham o‘zbekning yangi adabiyotida yangi, porloq, sharaflik
sahifalar ochdi va ochmoqda davom etadir.
Lekin, quruq voqealarni ingichka, nozik adabiy yo‘l bilan ko‘rsatmak istagan
«Farg‘ona fojealari» o‘shal vaqtlarning o‘shal vaqtdag‘i xabar (xronika) laridan boshqa
narsa bo‘la olmadilar. Shuning uchun 20-yillardayoq motamsizgina ko‘muldilar.
Tarixning takarrurimikan?
Yaqinda Qo‘qon (Farg‘ona muzofotining poytaxti) shaharining ko‘chalarida bir
xitobnoma qadar uzun, Buxorodag‘i «Anas» yoki «Ulug‘ Turkiston» gazetasining tilidek
«qurama» bir e’lon o‘qudim. E’londa: bir-ikki soatlik muqaddima (to‘g‘risi, reqlam!) dan
so‘ng «Farg‘ona fojealari»ning sahnaga qo‘yilg‘usi xabari berilgan. Hayron bo‘ldim,
shoshdim. Nima uchun shoshding deysizmi? Bu dunyoda «o‘liklarning qaytadan
tirilishiga» ishonmag‘onim uchun! Shu uchun hayron bo‘lib shoshqon edim, lokin
«Rahimboyev» tiyotrining pardasi ochilib, «bosmachi» va «doshnoq» so‘zlari
eshitilgandan so‘nggina «o‘liklarning tirilmagi mumkin bo‘lg‘onlig‘iga» ishondim.
Pesadan gapirib o‘lturmayman. Pes va moxov qilib o‘ynolg‘onidan ham so‘z
ochmayman. U kungi o‘ying‘a o‘shal o‘zingiz bilgan «atoqli aktrisa» Kuznetsova ham
oralashg‘on edi. Ovrupo asarlarida bir ovrupoli qiz ro‘lini qanday o‘ynash lozim bo‘lsa
bir o‘zbek qizi ro‘lini Farg‘ona sahnasida shunday o‘ynag‘on Kuznetsova u kun sahna
oldig‘a chiqib gapirgan bir o‘rtoq tomonidan juda ko‘b maxtaldi. Shu joyni sizga bildirib
381
o‘tmasam bo‘lmaydir. O‘zi oddiy bir xizmatchi bo‘lg‘oni holda, «Istambul dorilfununi
muazzinlari»dek gapiraturg‘on bir doshnoq armani ro‘li ham bor. Bu ro‘lni o‘ynagan
«Usta» artist arman-ozarbayjon tillarining xususiyatidan shu qadar xabarsiz ediki, o‘shal
vaqt doshnoqlarining zulmlarini ko‘rsatmak bilan emas, tillarini buzub, masxara qilib
gapirmak bilan ularning adabini bergan bo‘ldi… Barakalla, bu ham katta hunar! Men, u
to‘g‘rida ko‘p gapirmoqchi emas edim. Ba’zi bir udur-budur yerlarini ko‘rsatib o‘taman
deb, xiyla vaqtingizni oldim. Menim asl to‘xtalmoq istagan no‘qtam shudirkim, shu
pesani shu holda o‘ynamoq bilak ishga kirishgan shu teatr to‘dasi, mahalliy mablag‘ning
ta’minotiga o‘tkazilar emish degan gap bor. «Fojealar»ning muallifi va to‘daning ruhi
bo‘lg‘on Hamza Hakimzoda o‘rtog‘imiz, atay shu ish uchun Xevadan chaqirilib
keltirilgan. Hamza o‘rtoqning o‘zi ham xususiy bir gaplashish vaqtida «shu to‘g‘rida
20—30 kishilik ismeta tuzib muzofot ijroqo‘mig‘a topshirmoqchi bo‘lg‘onini» aytib
o‘tdi.
O‘zbek teatrini tirgizmak, o‘zbek san’atini yashatmoq yo‘lida Farg‘ona muzofot
ijroqo‘mining jiddiy harakat ko‘rsatishi — olqishga loyiq ish. Lekin shuni bilmak
kerakkim, o‘zbek teatr va san’ati bu xil san’atdan yiroq asarlar va san’atga 1919 yil ko‘zi
bilan qaraydurg‘on to‘dalar tomonidan tirgizilib, yashatila olmas. Bu muhim ishni yosh
kuchlarga, san’atni to‘g‘ri ko‘rib taniy oladurg‘on kuchlarga topshirmoq kerak.
Shubhasiz, Hamza o‘rtoq o‘zbek teatrining, o‘zbek san’atining yuksalishida muhim
bir omil bo‘la oladir, uni bu sohada ishlatmak kerak. Lekin unga bildirmak, tushundirmak
kerakkim, o‘zbek teatrini, Turkistonning markazida sobiq «Karl Marks» to‘dasi
boshlag‘on to‘g‘ri yo‘l bilan olib bormoq kerak. Bu to‘g‘ri yo‘lga tushgani unamasalar
tarixni quramasliq bilan «takarrur» qidirmoqchi bo‘lsalar, sahnani voqealarning quruq bir
xabarlar bobidan iborat qilmoq istasalar— ularga xoh mahalliy mablag‘ va xoh boshqa
mablag‘dan bir chaqa berish kerak emas.
19-yilning «fojeafurushliq» davri o‘tgan va tarixning bu «takarruri» biz uchun
zararlik!..
________________
Tarixning zararlik takarruri. — «Turkiston» gazetasining 1924 yil 14 oktyabr
sonida e’lon qilingan. Garchi maqolada sahna asari haqida gap ketsa-da, unda muallifning
adabiy-estetik qarashlari yorqin ifodasini topgani uchun mazkur bo‘limga kiritdik.
382
Takarrur — arabcha, takror so‘zining ko‘pligi.
«Farg‘onaning 1919 va 20-yillari esingizda bordir» — Qo‘qon muxtoriyatining
qonuniy hukumati bolsheviklar tomonidan mahv etilgach, Farg‘onada birin-ketin
dahshatli xunrezliklar sodir etildi: Qo‘qonning vayron qilinishi, dashnoqlar qirg‘ini,
milliy g‘ururini va milliy erkini himoya qilib chiqqan erksevarlar (ya’ni bosmachilar)
bilan urush, dahshatli ocharchilik… Cho‘lpon ayni shu narsalarpi eslatmoqchi bo‘ladi.
Voluolalik — sensatsion, shov-shuvga sabab bo‘luvchi.
Xurshid Sharaf — asl ismi-sharifi Shamsiddin Sharafiddinov (1892—1960),
Xurshid taxallusi bilan ijod qilgan, shoir, dramaturg, tarjimon, teatr tashkilotchisi. O‘zbek
muzikali dramasining asoschilaridan.
«Buxorodagi «Anas» yoki «Ulug‘ Turkiston» gazetasining tilidek «qurama» bir
e’lon o‘qudim» — eslatilayotgap gazetalarning birinchisida tojik, ikkinchisida tatar tiliga
xos so‘z va so‘z formalarshshig ishlatilganiga ishora qilinmoqda.
«Atoqli aktrisa Kuznetsova» — Mariya Kuznetsova (1899—1956), o‘zbek
teatrining birinchi aktrisalaridan, O‘zSSR xalq artisti. 1918 yildan Hamza boshchiligidagi
«O‘lka sayyor siyosiy truppasi»da o‘ynagan. 1921 —1925 yillarda Qo‘qon teatrida, 1925
yildan to umrining oxiriga qadar hozirgi Hamza teatrida ishlagan.
«Istanbul dorilfununi ma’zunlaridek gapiraturg‘on…» — dorilfunun lektorlaridek
gapiradigan.
Do'stlaringiz bilan baham: |