Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

Rizo Tavfiqbek
— «Farg‘ona», 1924 y. 10 mart. 


355 
«Jahon urushidan burun…»
 
— 1914 yildan ilgari Turkistonda turk matbuoti ancha 
keng tarqalgan. Jahon urushi vaqtida Turkiya Rossiyaga dushman lagerida bo‘lgani bois 
bu narsa ancha cheklangan. 
«Oshiq tarzida va hijo vaznida yozg‘on»
 
— «oshiq» deb turk va ozarboyjon elida 
baxshilarni aytiladi. 
Hijo vazni — barmoq vazni demak. 
Abdulhaq Hamid
 
(1851—1937) — XIX asr oxiri va XX asr boshlarida juda 
mashhur, bo‘lgan turk adibi. 
«Qomus falsafa»
 
— falsafa entsiklopediyasi nazarda tutilayotgan bo‘lsa kerak. 
3.2.38.
 
Quturg‘an Mustamlakachilar (1924) 
(Bo‘lg‘an gaplardan) 
Qurshob 
O‘sh bilan O‘zgant orasida, mashhur O‘ttiz adirning yonida, Qurshob degan qishloq 
bor. Uning nomi hali ham rasman Pokrovskiy deb ruscha atalib keladur. Undagi fuqaro 
tamoman ko‘chkunchi (muhojir) o‘ruslar bo‘lub, bular o‘zlarining istakli otalari va 
homiylari bo‘lg‘an Nekalay podshohning davrida shu munbit tuproqqa kelib 
joylashkanlar. Bechora qirg‘izlarning eng unumlik joylarini qozoq o‘ruslarning zaharlik 
qamchisi orqasida tortib olib, ularning o‘zlarini «to‘rt tarafing qibla» deb haydab 
yuborg‘andan keyin tez orada shu qadar boy bo‘lub ketgan edilarkim, ularning bu «harom 
davlatlari» to‘g‘risida o‘sha vaqtdag‘i turk-tatar gazetalari ham ko‘b narsa yozg‘an edilar. 
Yerning, tuproqning asl egasi, xo‘jayini bo‘lg‘an bechora qirg‘izlarning ko‘bi o‘sha 
vaqtdayoq bu «betakalluf mehmonlar»g‘a xizmatkorlikka yollang‘an edi: har bir uyi bor 
muhojirning eng kami 1-2 ta qirg‘iz xizmatkori bo‘lg‘uchi edi. 
Qurshob qishlog‘ining o‘zi ham oz fursatda juda obod bo‘lub ketib, bir shahar 
rangiga kirgan. Rusiyadan kelganda ikki oyoq, ikki qo‘llaridan boshqa narsalari 
bo‘lmag‘an muhojirlar g‘alati imoratlar, boy xo‘jaliqlarg‘a ega bo‘lg‘anlar edi. 
O‘ktyabr inqilobining avvalgi 2-3 yilida bularning tarixlari butun nomussizliq, 
xiyonat, jinoyat va zulmlar bilan to‘ladur. Bular inqilobning boshlarida sho‘rolar 
hukumatiga qat’iyan ishonmay tursalar ham, keyincha qizil qo‘shun qatorig‘a kirib olib 


356 
yerlik xalqning qishloq va shaharlarini talon-toroj qilib yurdilar. Bir vaqt ozuq siyosatida 
sho‘rolar hukumati tomonidan razverstka va monopoliya usullari ushlangach, mashhur 
Madaminbekga qo‘shulub Andijon shahrini muhosara* qildilar. 
Er islohoti vaqtida bularning bir qadar adablari berilgan bo‘lsa-da, inqilobkacha 
ular tarafidai qirg‘iz xalqig‘a berilgan «adablar»ga nisbatan hech narsa emasdur. 
Eng kerakli bir ish 
O‘tgan yil o‘sha atrof qirg‘izlarining mo‘tabarlaridan bir nechtasi O‘sh shahar va 
atrof qizil militsiyasining boshlig‘i Qorabekov o‘rtoqning targ‘ib va tashviqi orqasida 
qirg‘iz xalqi orasig‘a bilim-maorif tarqatish ishiga jiddiyat bilan kirishdilar. 
Qirg‘iz xalqi orasida boshlang‘ich maktablar ochib, u maktablarni ko‘chmanchi 
xalqning maishat usullariga to‘g‘rilab olib borish va buning uchun-da o‘sha xalqning 
o‘zidan muallimlar yetishdirish haligi maqsad yo‘lidagi eng keraklik bir chora edi. Shu 
chorani amalga tatbiq qilmoq uchun bir ta’lim-tarbiya Qursig‘a ehtiyoj ko‘rulib, u Qurs 
o‘tgan 1923 yil mazkur 
Qurshob qishlog‘ida ochildi. 
6 oylik qilib ochilg‘an bu ta’lim-tarbiya Qursining butun ta’minoti yerlik xalq – 
qirg‘iz xalqining bo‘ynida edi. Andijondan 3 ta muqtadir muallim ham chaqirildi. 
O‘qushlar ham boshlandi, ish ham yaxshi, sevinchlik bir yo‘lga tushdi. 
Mustamlakachilar quturdilar 
Bu ish, bu yaxshi tashabbus Nekalayning haqiqiy o‘g‘ullarig‘a, Qurshobdag‘i o‘rus 
mustamlakachilariga yomon ta’sir qildi. Nimaga desangiz, ular qirg‘iz xalqining 
ma’rifatlik, bilimlik bo‘lub, dunyoda odam qatori yashashka istihqoq* kasb etishini sira 
istamaslar edi. Ular ko‘z oldilarida qirg‘iz xalqining yuksalib yotkanig‘a, yosh-yosh 
qirg‘iz bolalarining bilim olib, dunyoni tanib, yangi hayot maydoniga zavq bilan kirib 
borishlarig‘a chiday olmadilar. U yerda, u qishloqda aksariyatni o‘zlari tashkil 
qilg‘anliklari uchun va ham eskidan kelgan «xo‘jayinlik»larining ta’siri bilan Qursg‘a 
erkin-erkin hujum qilishg‘a boshladilar. Har bir yo‘l, har qanday harakat bilan shu Qursga 
ozmi-ko‘bmi zarar berishga, bir daraja tahqir qilishg‘a kirishdilar, qursning talabalari, 
muallimlari, ishqilib, shu Qurschilar chiqqan vaqtlarida: «Tfuu, sart!» – degan 


357 
tahqirlarg‘a juda ko‘b uchrarlar edi. Bu narsa odat bo‘lub ketdi, bunga qurschilarning 
o‘zlari ham ahamiyat bermadilar. 
Lokin Qurshob mustamlakachilarining haddan oshib ketkan hujum taarruzlari* 
borkim, bularga Qurschilarg‘ina emas, butun hukumat ahamiyat bilan qarashga tegish. 
Shuning uchun shu haddan oshkan, ortiqcha hujumlardan 3 tasini shu yerda yozib 
o‘taman. 
Ayniqsa, shu ortiqcha, jinoyatlik hujumlarga bir firqa a’zosining aralashib 
qo‘yushi, munga qarshi na firqa va na sho‘ro mahkamalarining mahalda hech bir chora 
ko‘rmasliklari yuqori firqa va sho‘ro mahkamalarining ham diqqatlarini jalb etishga 
tegish. 
Odam ustida ot o‘ynatish 
28 yanvarda kunduzi Qurshob ko‘chasida bir mast muhojir ot chopib kela 
boshlag‘an. Shu vaqtda bir muallim o‘rtoqning biri 5 yashar, yana biri undan kichik ikki 
o‘g‘li ko‘chada o‘ynab yurgan ekan. Mast muhojir katta bolaning ustidan ot irg‘ishlatib 
o‘tmakchi bo‘lub bolaning ustiga ot solg‘an. Barakat bersunkim, bola ot ostida qolub 
ketmasdan, otning yonboshig‘a to‘g‘ri kelib qolg‘an ekan, ot urib ketib, bir hafta kasal 
yotub, zo‘rg‘a tuzalgan. Bu bolaning ustida ot o‘ynata olmagach mast muhojir kichkina 
bolaning ustidan o‘tmakchi bo‘lub ot soldirg‘an. Lekin bunisi qochib qutulg‘an. 
Bu to‘g‘rida ham ul ijroqo‘m raisiga og‘zaki arz qiling‘an, rais o‘rtoq: «Ana u 
qildim, mana bu qildim», – deb maqtang‘an bo‘lsa-da, haqiqatda haligi mastga qarshi 
hech narsa qilg‘an emas. 
Musht bilan hujum 
Qurs ochilg‘andan bir oy keyin Qursning xo‘jalik mudirini kechasi ko‘chada tutub 
olub urg‘anlar. Bu safargi musht hujumchilari orasida haligi o‘rtoq Kirilovning firqasiz 
ukalari ham bor. 
Moliya mudiri shu hujumning natijasida qattig‘ kasal bo‘lg‘an, do‘qto‘rg‘a 
ko‘rsatilgan, do‘qto‘rdan shahodatnoma oling‘an. Do‘qto‘rning shahodatnomasi bilan 
birga bir ariza yozilib, Qurshobka ish bilan kelgan vaqtlarida muzofot firqaqo‘mining 
rayosat a’zosi o‘rtoq Mirzohid Oqil bilan O‘sh shahar va uyezd ijroqo‘m boshlig‘i o‘rtoq 


358 
To‘raqul o‘g‘illarig‘a berilgan. To‘raqul o‘g‘lining buyrug‘i bilan haligi urg‘anlarni 
qamag‘an bo‘lsalar-da, u ketgach, yana darhol chiqarg‘anlar… 
Mustamlakachilar va mahalliy hukumat 
Qurshobda har uyda desak mumkin, kishmishovka mashinasi bor va ichkilik, 
mastlik, ko‘chalarda mastlik bilan to‘palang qilish ishlari rivojda. Munga qarshi mahalliy 
hukumat hech narsa qilmaydur. 
Erlik xalqning eng muqaddas bir bilim muassasasiga qarshi qora kuch bilan hujum 
qilayotg‘an Kirilov va sheriklariga qarshi ham mahalliy ijroqo‘m jiddiy bir chora ko‘rub, 
qirg‘iz xalqining shu ko‘z qarashini qora guruh (chernosotenstvo) mustamlakachilardan 
saqlashka tirishmaydur. 
Bilmaymiz, buning sababi nima bo‘lsa? 
Qo‘rqamizkim, haligi musallas qurg‘urning bu ishlarga ham katta ta’siri 
bo‘lmag‘ay 
(bo‘lmasa) 
deb. 
Har holda, bu mustamlakachilar mustamlakachilik harom sanalg‘an mamlakatda tezrak 
yo‘q qilinishka tegish! 
Maqola «Farg‘ona» gazetasining 1924 yil 12 mart sonida «Q» imzosi bilan 
bosilgan. Keyin «Sharq yulduzi» jurnalining 1991 yil 6-sonida (nashrga tayyorlovchi 
D.Quronov) qayta nashr etilgan. 
«Farg‘ona» gazetasi asosida nashrga tayyorlandi. 
Muhosara (arab.) – qamal, o‘rab olish. 
Istihqoq (arab.) – biror narsaga haqli bo‘lish, loyiqlik. 
Taarruz (arab.) – 1) tegish, taqilish; 2) qarshilik. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish