Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.45.
 
Ulug‘ Hindiy (1925) 
«Shu narsani yuragim duk-duk urib turub yozdim» desam yo ishonasiz, yo 
ishonmaysiz. 


391 
Lekin, yuragim «shamol tekkan yaproqday qaltiraydir…» Bir xil zavq — «nash’a» 
bilan qaltirag‘on yuragim, butun tanimni silkitadir va qo‘lim ham shu orada yengilgina 
chayqalib turadur. «Bu nimadan keldi?» desangiz, anglatay: 
Shu so‘zlarning eng yuqorisida «Ulug‘ hindiy» deb qo‘yubmen-ku, ana o‘sha ulug‘ 
zot, ya’ni Robindranat Tago‘r degan kishi, yoshroq vaqtlarida butun dunyoning eng 
baland tog‘laridan bo‘lgan Himolayaning haybatli yonbag‘irlarida otasi bilan birga 
sayohat qilib yurgan ekan. O‘sha vaqtlarda ham nippa-ninazin (ya’ni balodek) shoir 
bo‘lg‘on bu buyuk zot hech narsa yoza olmabdir. Shunday ulug‘ Himolayaning ko‘klar 
bilan o‘pishgan cho‘qqilarida, tun qorong‘isidan ham qalin o‘rmonlar qo‘ynida, shunday 
katta shoir bir og‘iz narsa deya olmasa, birgina she’r parchasi yoza olmasa-ya? Muni 
qarang! O‘z tirikchiligiga oid kitobida o‘zi shunday deb yozg‘ondan keyin tang‘irqab — 
hayrat yoqasini ushlab qoldim… 
Ruschaga tarjuma qilinib, bosilg‘on asarlarining ko‘pini o‘qub o‘tganimdan keyin, 
shu ulug‘ va qiymatbaho odamni o‘z elimga tanitmoqchi bo‘ldim. Shu niyat bilan 
qo‘limg‘a necha marotaba qalam olg‘on bo‘lsam, hammasida ham qaltiroq bosdi, 
to‘xtadim… Faqat, meningcha, u qaltiroq bosishlarning va u yurak qaltirashlarining 
«sirri» ham shu orada bilindi, shundaykim: 
— Hind dohiysining Himolaya tog‘larida hech narsa yoza olmaslig‘i u tog‘ning 
juda haybatli, azamat va ulug‘ bo‘lub aqlni shoshirib qo‘yishlig‘idan bo‘lsa, mening u 
azim zot to‘g‘risida hech narsa yoza olmay qaltiroqlanishim ham u odamning Himolaya 
tog‘lari qadar haybatli va ulug‘ bo‘lishidan kelgan ekan! 
Eski adabiyot bilan yangi adabiyotning o‘rtasida qolg‘on sharqli yosh chinakam 
chuchmal bir vaziyatdadir. Eski adabiyot bir shirin, yangisi yana shirin, g‘arbniki tag‘in 
—yana shirin. Qaysi bittasiga ko‘proq berilsin? Biri biridan shirin axir! 
Bizning o‘zbeklar uchun hali hozirg‘a u xil chuchmallik yo‘q. Nimaga desangiz, 
o‘zbeklar eskidan — hech sababsiz — arazlag‘on, xafa; yangiga — endigina suqulib 
kirmoqda U adabiyot maydonida yangilikka nisbatan: yosh bola go‘dak, chaqaloq, 
eskilikka nisbatan: yetim, kimsasiz; besprizornыy, o‘zboshli! Jur’at qilib: «yo‘lsiz» deb 
yuborayin deymenu, qo‘rqamen; negakim boshlab… o‘zim yo‘lsiz! 
O‘zimning yo‘lsizlig‘imdan bir oz so‘zlab o‘tayin: Navoiy, Lutfiy, Boyqaro, 
Mashrab, Umarxon, Fazliy, Furqat, Muqimiylarni o‘qiymen: bir xil, bir xil, bir xil! 


392 
Ko‘ngil boshqa narsa yaigilik qidiradir: Botu, G‘ayratiy, Oltoy, Oybek, 
Julqinboylarni o‘qiymen, quvontiradir xolos! Ular mening uchun yong‘on chiroqlar 
bo‘lsa ham mening ertam uchun! Avloniy, Tavallo, Siddiqiy, Hakimzodalarni 
o‘qumaymen, o‘qumaymen, meni shu holg‘a solg‘on o‘shalar!.. 
Nechun ochildp ko‘zim. Qayda ketdi uyqularim?..» 
To‘qaydan tortib Qavi Najmigacha — tatar adabiyotini, Hodiydan tortib Javodga 
qadar Ozarbayjon adabiyotini (Husayn Jovidni ajratib olib qoldim!), Nomiq Kamoldan 
Ali Sayfi (A. Sayfi) ga dovur usmonli adabiyotini o‘quymen: yo — ortiq yangilik, 
g‘arbliq, yo ortiqcha sharqlilik! Faqat usmonlichadan Rizo Tavfiqning ba’zi bir yangi 
shakl bilan eski ruhda aytgan sufiylarcha she’rlarini o‘quymen; shularga durustgina 
qonamen; undan keyin Yahyo Kamolning «Sa’dobod» ruhida ba’zi narsalari. Faqat — 
ular shu qadar ozki… Ana shu vaziyatda ekan, haligi ulug‘ zot menga yo‘luqdi. Shundan 
keyin chinakam qondim! 
Qo‘lim qaltirasa ham, yuragim o‘ynasa ham, qudratim yetmasa ham o‘sha «Sharq 
va G‘arb o‘rtasidagi oltun ko‘pruk»ni elimga tanitmoqchi bo‘ldim. Mundan ortiq bir 
narsa demak, chinakam, qo‘limdan kelmaydir. Mening qo‘limdan kelgani: u muborak 
odamning ba’zi bir narsalarini nasr bilan ruscha orqali tarjuma qilib berish bo‘ldi. Shu 
ham — katta gap. 
Qo‘yida uning «O‘roq oy» degan asaridan uchta she’rning tarjumasi bosildi. U 
she’rlar to‘g‘risida faqat shunigina ayta olamankim, ular yosh bola, ya’ni go‘dak ahvoli 
ruhiyasini ko‘rsatishda bir-birlari bilan poyga qo‘yishadirlar. Shularni o‘qudim, qaytib-
qaytib o‘qudim, undan keyin Hoji Rajabning Shukur va Habib degan kichkina-kichkina 
bolalari bilan gaplashdim va birga-birga… o‘yun qilishdim! Shunda bildimkim, 
o‘shalarning har biri: bir Tago‘r, bir ulug‘ Hindiy! 
________________ 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish