Ulug‘ hindiy.
— «Maorif va O’qitg’uvchi» jurnalining 1925 yil 7—8 qo‘shma
sonida chop etilgan.
Rabindranat Tago‘r
— (Thakur Rabindranath — 1861—1941) — mashhur hind
adibi. Qator she’riy va nasriy kitoblar, romanlar muallifi. 1913 yilda «Baxshida
qo‘shiqlar» she’riy kitobi uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.
393
Himolaya tog‘i
— Hindiston, Xitoy, Nepal va Pokiston davlatlari hududida
joylashgan yer yuzidagi eng baland tog‘ tizmalari. Himolaya — sanskritcha «qorlar
makoni» demakdir.
Umarxon
— Qo‘qon xoni (1811—1822) Nodirabegimning eri, Amiriy taxallusi
bilan g‘azallar bitgan, devon tartib bergan. Uning xonlik davrida Qo‘qon adabiy muhitida
jonlanish seziladi.
Fazliy
— Fazliy Namangoniy (18 asr oxiri, 19 asr boshlari), shoir, adabiyotshunos.
Umarxon davrida Qo‘qon saroy shoirlariga boshchilik qilgan. Bir guruh mualliflar
ishtirokida 1821 yil «Majmuai shoiron» tazkirasini tuzgan. O‘zbek va tojik tillarida
yozgan g‘azal, tuyuq, muhammaslari bayoz va majmualarda saqlanib qolgan.
3.2.46.
Tago‘r va Tago‘rshunoslik (1925)
TAGO‘RNI QANDAY TANIYLAR?
Hindiston va balki butun dunyoning bu kungi ulug‘ adib va shoiri bo‘lg‘on
Rabindranat Tago‘rni madaniy olamning hammasi taniydir. Madaniy olamga nisbatan
ancha ketda bo‘lg‘on bugungi turk-totor sho‘ro jumhuriyatlari xalqlari ham uni anchadan
beri taniydirlar.
Mundan rosa 12 yil burun (1913 yilda) chiqqan «Sho‘ro» majmuasi dunyoda eng
o‘tkur adibga berilaturg‘on No‘bil mukofotining hindistonli Tago‘r degan kishiga
berilganini yozib chiqadi. Mundan 6—7 yil burun Qozon shahrida Sharqning ulug‘
shoirlari to‘g‘risida bir risola chiqdi, o‘sha risolachada — agar yanglishmasam — Umar
Xayyom bilan birga Tago‘rdan ham gapirilgan va uning ba’zi bir parchalari tarjima
qiling‘on edi. Bokuda chiqaturg‘on «Maorif va madaniyat» majmuasining mundan 2 yil
burungi nusxalarida do‘qtur Sa’ditdin tomonidan Tago‘rning ba’zi bir narsalari sochma
yo‘li bilan tarjuma qilindi va o‘zi to‘g‘risida biroz ma’lumot berildi.
Bizning o‘zbek o‘qig‘uchilari esa mundan bir yilcha burun «Inqilob» majmuasining
bir sonida maoli Tago‘rdan oling‘on «Chirog‘lar» degan she’rni o‘qudilar. Undan keyin
mana bu majmuaning o‘tgan sonida kaminani Tago‘r to‘g‘risidagi mulohazasi bilan birga
uning bolalarga atab yozg‘on she’rlarining sochma tarjimasini ko‘rdilar. Lekin, bizning
o‘zbek o‘qig‘uchilari Tago‘rning kimligini, zotini va aslini hali bila olg‘onlari yo‘q;
394
gazeta va majmualarning o‘z so‘zi bilan aytsak, o‘zbek tilida Tago‘rning «tarjumai holi»
chiqqani yo‘q. Bu safargi musohabamiz o‘sha kamchilikni to‘ldirmoq niyatida yoziladir.
Tago‘rning «tarjumai holi»ni topish ko‘p qiyin bir ish bo‘ldi. Nimaga desangiz,
uning hamma asarlari degunday anglizcha orqali tarjuma qilinib necha marotabadan
bosilib turg‘on o‘rus tilida tuzuk quruq bir «tarjumai holi» yo‘q.
O‘ruscha kitoblarning bozori ham juda qiziq: bir Tago‘rning bir asari necha
mutarjim tomonidan necha xil tarjuma qilinib, har nom bilan bosdirilib chiqarilardi.
Chunonchi, uning kichkina adabiy hikoyalari eng avval o‘sha hikoyalardan bittasining
nomi bilan — «Baxtli kecha» bo‘lib chiqdi, undan keyin hikoyalardan bitta-yarimtasi
tushirilib o‘rniga bitta-yarimta yangisi qo‘shuldi-da, «Yangi hikoyalar» ismi bilan chiqdi,
eng oxirida yana o‘sha hikoyalarning o‘zlari oralaridan bittasinig bo‘lakcha nomi bilan
— «Tashna toshlar» bo‘lub chiqdi… Uning ba’zi bir pesalari ham o‘ruscha kitoblar
bozoriga necha xil kiyim kiyib chiqdilar.
Tago‘rning asarlari ustida bo‘lg‘on bu hangama uning o‘z to‘g‘risida yozilg‘on
mulohazalar ustida ham bo‘lub keladilar. Chunonchi: Frantsiyada Tago‘r bilan Gandhini
(Hind millatchilarining boshlig‘i edi, vafot etdi) sevgan bir adib bor, ismi Roman Rollan!
Bu kishi Tago‘r bilan Gandhini parastish qilar darajada yaxshi ko‘radir. Uning «Mahatma
Gandi» degan kitobi Gandhi bilan birga Tago‘rni ham osmonlarga kutarib yozilg‘on
narsadir. Ana shu odam Tago‘rning fransuzcha bosdirilg‘on asarlari uchun uzungina bir
muqaddima yozib bergankim, u ham boshdan-oyoq maqtash bilan to‘ladir. Ana o‘sha
muqaddimani Tago‘rning o‘ruscha noshirlari «afandining qushi»day qiladilar. Ya’ni:
bittasi u muqaddimani butun holida bosdiradir, boshqa bittasi uning bosh tomonidan
birmuncha joyini olib qo‘yub yashiradir, yana bitta chiqib undan ham ko‘proq tushurib
qoldiradir-da, bir «chimdim» qilib bosdiradir va hokazo!..
Bu to‘g‘rida yana bitta asl (originalni) misol keltiray: 92-nchi yilda Moskovda
bosilg‘on qimmatbaho va juda yaxshi bir kitob bor, ismi: «Hindiston istiqlol uchun kurash
yo‘lida». U kitob maqolalar majmuasiday bir narsa bulub Palo‘vich, Go‘rku-Krashin va
Veltman kabi sharqiyot olimlari oralashqonlar. O‘shanda Veltmanning «Tago‘r va
Hindiston» degan 26sahifalik katta bir maqolasi bor. Xuddi o‘sha maqolaning o‘zi bosh-
oyog‘i biroz qirqilgani holda mundan bir yarim-ikki oylar burun «O‘ttuz kun» (30 dney)
degan oylik bir majmuada ham o‘rtog‘imiz Veltmanning imzosi bilan «Hind tasvirlari»
395
(Indiyskiye silueti) sarlavhasi ostida bosilib chiqdi. Agar yanglishmasam, o‘sha mazmun
va o‘sha mavhum mundan bir yilcha burun «Yangi Sharq» (Novыy Vostok) mamjuasida
ham yana o‘sha imzo bilan o‘tub edi.
Uzun so‘zning qisqasi shukim, Tago‘rning asarlari va o‘zi ustida bo‘lg‘on shuncha
hangamalar orasida uning «Tarjumai holi»ni topish juda mushkul bo‘lda Hatto
Tago‘rning o‘zi ham o‘z hayotiga oid yozg‘on «Xotiralar»ida bir adabiy hikoya
boshlag‘onday silliq va tekis bir she’r boshlab ketadir-da, bizga lozim bulg‘on «tarjumai
hol» qolaveradir. U «Xotiralar»ni boshdan-oyoq o‘qusak, Tago‘rning bolaligidan tortib
sunggi vaqtig‘acha o‘tkazgan hamma sarguzashtini bilamiz, lekin qaysi yil tug‘ulg‘onini
yana bilmay qolamiz.
Tago‘rning «Tarjumai holi»ini tuzuk-kuruq topib yozg‘on kishi o‘ruslarning til-
adabiyot olimlaridan Gruzinskiydir. Uning 1918 nchi yilda bosilg‘on asari bor.
Tago‘rniig 3—4 asaridan terib oling‘och she’rlar o‘sha Gruzinskiy tomonidan o‘ruschaga
tizma (nazm) bilan tarjuma qilinib bosdirilg‘onlar. Tarjuma tekis anglarlik, ravon, lekin
ohangi va qofiya-vazn z’tibori bilan, albatta, asliga to‘g‘ri kelmaydir; buni mutarjimning
o‘zi ham aytib o‘tadir.
Ana o‘sha asarni, so‘ngra Tago‘rga oid o‘ruschada bosilg‘on boshqa ba’zi bir
asarlarni dastak qilib turib bu safar men majmua o‘qig‘uvchilariga Tago‘rning «tarjimai
hol»ini taqdim qilmoqchi bo‘ldim.
TAGO‘R KIMDIR?
1913 nchi yilgacha na Ovro‘po va na Rusiya, darhaqiqat, Tago‘r to‘g‘risida hech
narsa bilmaydir, uni taqir ganimaydir. Hindistonni hokima va u yerga «madaniyat
kirgizuvchi» bo‘lg‘on anglizlar uning to‘g‘risida hammadan ko‘b va hammadan burun,
hattoki Hindiston bilan bab-barobar bilishlari lozim edi. Holanki anglizlarcha «Muhit ul
maorif» (entsiklopediya)ning 1911 nchi yilgi bosmaxonasida ham Tago‘r to‘g‘risida hech
narsa yo‘q. O‘sha «zo‘r» asarning «t» bobini boshdan-oyoq qarab chiqing, Hindistonning
til va adabiyoti to‘g‘risida yozilg‘on juda ko‘b maqolalarni o‘qub chiqing yana Tago‘r
to‘g‘risida hech narsa topa olmaysiz. Holbuki, Tago‘rning she’r maydonida ishlay
boshlog‘oniga o‘sha vaqtda 30 yil bo‘lg‘on va u o‘z vatanida ulug‘ shuhratga ega edi.
Ovrupo uni birinchi marotaba 1913 nchi yilda taniydir. U yilda uning «Gitanjoli»
degan munojotlar majmuasining anglizcha tarjumasi bosilib chiqadir. U tarjimani Yaits
396
nomli bir anglizning yordami bilan shoirning o‘zi qilg‘on. Asarga haligi aigliz bir
muqaddima yozib, shoirni asarini osmonlarga ko‘taradir va hind shoiri to‘g‘risida
ko‘pgina ma’lumot beradir.
Anglizcha tarjumai hol majmualaridan bittasining 1915 nchi yilda bergan
ma’lumotig‘a qarag‘onda, «Rabindranat Tago‘r» Kalkutta dorilfununining adabiyot
do‘qtiridir. 1861 nchi yilning 6 mayida magarish (alloma) Dibindranat Tago‘rning
sulbidan dunyog‘a kelgan Dorkanat Tago‘r degan shahzodaning nabirasidir. 1885 nchi
yilda (24 yoshida) uylangan. Bir o‘g‘li va ikki qiz bor. Bangala viloyatida Bolpur
shahrining yaqinida Shanti Nekiton degan joyda turadir.
Bolalik va yoshligi Kalkuttada o‘tgan. 1901 nchi yilda «Shanti nekiton»da bir
maktab ta’sis qildi, u maktab hozirga qadar uning hayotida katta bir ish bo‘lub keladir.
1912 nchi yilda Angliyani ziyorat qildi va «Gitonjoli» kitobchasi angliz tilida bosilib
chiqdi. 1913 nchi yilda No‘bilning adabiyot mukofotini oldi. Bangala tilida 30 qadar
tizma (she’rli) asarlar, 28 ta sochma asarlar (hikoya, maqola, nutq va dramalar) bostirib
chiqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |