Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.52.
 
«Jo‘rj Dandin» (1927) 
JO‘RJ DANDIN
(o‘zicha)
Dushanba kuni 7 iyunda Ozarbayjon tiyotr maktabidagi talabalarimiz taniqli 
Molyerning shu nomdag‘i asarini o‘ynadilar. Yolg‘iz fransiyalilarninggina emas, balki 
butun dunyoning taniqli kulgi yozg‘uvchisi bo‘lg‘on Molyer shu bilan bizning 
sahnamizda ikkinchi daf’a ko‘rinadi. Uning «Xasis» degan asari, Maskov tiyotr 
maktabimiz tomonidan bultur va uzoq yillari bir martadan o‘ynalib o‘tgai edi. Bu safar 
qo‘yilg‘on asarni yanglish tanlang‘on deya olmaymiz. Muni tanlash bilan bokuli 
talabalarimiz yaxshi ish qilg‘onlar. Asar, eng yalgari, bitta-yarimta akto‘rni o‘sdirishga, 
tarbiya qilishg‘a yaraydi. So‘ngra uning qo‘yilishida ham o‘rta asrlarning qiziq va g‘alati 
tarz (stil) lari bor. Masalan: parda hamma vaqt ochiq turadi. Uyunning boshlanish va 
tugashini xodimlar e’lon qiladi. O‘yunning bir qismi tomoshachilar orasida o‘ynaladi. 
Asarda u vaqt yozg‘uvchilarig‘a qonunday bo‘lib qolg‘on ba’zi-bir asoslar kuzatiladi
ya’ni: uchala parda ham bir joyda, bir ko‘rinishda ketadi (joy birligi); voqea bir kecha-
kunduz orasida bo‘lub o‘tadi (vaqt birligi); har kim o‘z jupi bilan chiqadi va boshqa-
boshqalar. O‘rta asr tiyotr tarzida yozilg‘oni uchun, bu asar, o‘zida bizning o‘zbek 
tomoshachilarig‘a ancha yaqinliq, nuqtalari topa olar edi. Bu jihatni, hech bo‘lmag‘onda 
tajriba yo‘li bilan bo‘lsa ham tatbiq qilib ko‘rilganda, bizning el o‘yunlari asosiga yaqin 
nuqtalarini ishirib qovartirib ko‘rsatilganda, yaxshi samara berar edi, balki… 
Lekin, tomoshaning eng zaif nuqtasi ham taasufga qarshi, shu «qo‘yilish»dadir. 
Gapning ochig‘ini aytganda, bizning maorif komissarligimiz o‘z vaqtida yaxshiroq bir 
rejisso‘r uchun kerak bo‘lg‘on mablag‘ni bermagan, bersa ham oz bergan, yaxshi rejisso‘r 
kelmagan, kelgani bo‘lsa berilib ishlamagan… Uzun so‘zning qisqasi «qo‘yilish» jihati 
ko‘b zaif chiqqan. 


415 
Yigitlarimiz va qizlarimiz chinakam tirishib o‘ynaydilar. Mumkin qadar to‘la ta’sir 
berish uchun jonbozliq qiladilar. Shunday bo‘lsa ham, ta’sirning mazasi uncha bo‘lmaydi. 
Kerakli joylarda talvasa (hayajon) yetmaydi. Balki, chiqmay qoladi. O‘yun yog‘idan juda 
qiymatli, oltin fursatlar sezilmay o‘tub ketadi. O‘zingiz o‘ylang axir: Karimjon, bizning 
eng kuchli kuldirguchilarimizdan biri u kulgida ro‘lning ruhiga kiradi, hato ortdirib 
yuboradi. Shunday bir erkin kuldirgichga, kulgidan ko‘ra ko‘brak fojiasi bor bir ro‘lni 
berganlar. Shu uchun uning fojiali so‘zlari ham, kulgili so‘zlari ham bo‘sh, talvasasiz, 
ishonchsiz (neubiditelnыy) chiqadi, tomoshachi kulgan bo‘lsa Karim qiziqning gapiga 
emas,—Molyer adibning lutflariga, tazodlarig‘a, usta gaplariga kuladi; u kulishlar, 
piyesani to‘ppa-to‘g‘ri o‘qib berilgan vaqtda ham bo‘lmog‘i mumkin. Karimga shu 
ro‘lning yanglish berilgani, butun asarga ta’sir qildi, chunki, asarning jon nuqtasi o‘sha 
ro‘lda, asar ismi ham o‘shaning ismida. «Dandin» odam bolalari orasida ko‘b 
uchrayturg‘on irodasi zaif (slabovolnыy), bo‘shang, landavur kishilarning biridir. Asar, 
o‘shaning tiriklikdagi fojiasini ko‘rsatadi, ham juda to‘la ko‘rsatadi. Uning kulgili so‘zlari 
ham ko‘z yoshlari orasidan aytilmagi kerak; ko‘z yoshlari samimiy bo‘lsa, akto‘r ro‘lning 
ruhiga kirsa, ko‘z yoshlari orasidan tomib ketgan yeng‘il kulgi so‘zlari ham tomoshachini 
kuldira beradi. Kuldirganda ham talvasa, iztirob bilan kuldiradikim, asl maziyat shunda. 
Kuldirguchi va qiziq Karimjonimiz fojia niqobida chiqqach, albatta uning borlig‘i, 
asl javhari ochilmadi: shu uchun butun asarda mavjud bo‘lg‘on asllik ko‘rilmadi. 
Sahnaning o‘z kamchiliklari ko‘b, muni narkompiro‘sning qulog‘iga shipshitamiz. 
So‘ngra eng oxirda bir narsani aytib o‘tayin: bu asarni mundan so‘ng qo‘yg‘on vaqtda, 
uchta qora bolaning «o‘yun boshlanadi» sini birga tushurish kerak. 
Ortiqchasi zeriktiradi ham sovuq chiqadi. 
_____________ 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish