Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.48.
 
Maskavdagi Dramstudiyamiz (1926) 
«Er yuzi» jurnalining o‘quvchilariga nafis san’at muassasalarimizdan studiyani 
tanitish zarur; chunki, biz o‘rtoq Mo‘min Xo‘ja aytganday, ingichka san’atimizga bino 
qurish kunlaridamiz. Hozir bu yo‘lda nechta qadam qo‘ysak, har bir qadamimiz kelgusi 
zamonda ming marotabalar tekshirilib, saralanadir. Undan keyin: mening bu kichkina 
musobaham bilangina elni bu muassasaga tegishincha oshno qilolmaymiz. Chunki, yana 
o‘rtoq Mo‘min Ho‘ja aytganday «O‘zbek teatrining asosidir». Maskavdagi teatr 
jarayonlari bilan chala-chulpa tanishib chiqmoq uchun studiya talabalari 7—8 oy lektsiya 
eshitdilar. Yaqin kelgusida bizning teatrimiz ham o‘sha darajalarga qarab ancha yo‘l 
bosib qolar. O‘sha vaqtda bu kungi yozilg‘on har bir xat (satr) yozuv, ko‘p chigallarni 
yechishga yordam qilar. 
Studiya bundan ikki yil burun Maskavdagi «Stalin nomiga ochilg‘on o‘zbek bilim 
yurti» qoshida alohida studiya bo‘lib tashkil qiling‘on. Boshda unga Maskav davlat teatr 
maktabida o‘quvchi yigitlarimiz kirganlar; undan keyin o‘shal vaqtgacha sahnalarimizda 
o‘ynab kelgan atoqli san’atkorlarimiz kirganlar. Ularning orasida Toshkent bilan Buxoro 
va Farg‘onadan elga mashhur va maqbul bo‘lg‘on yigitlarimiz bo‘lg‘onlar. Xotin-qizlar 
hay’ati esa bizning tariximizda birinchi daf’a o‘laroq, o‘zbek qizlari bilan O‘zbekistonda 
tug‘ulib o‘sgan totor qizlaridan iborat bo‘ladir (keyingilardan faqat birgina kishi). 
Birinchi yilda studiyada ingichka san’atga oid birmuncha darslardan boshqa rus tili, 
ona tili va ba’zi bir umumiy fanlar ham bo‘ladir. Sahna hunari (stsenicheskoye 
m
:
asterstvo) fanining mudarrislari u yil o‘sha fan ustida fransuzlarning klassik (qadim) 
adiblaridan Molerning mashhuri jahon bo‘lg‘on «Xasis» pesasini tayyorlaydilar. Bu pesa 


404 
uzoq yil Samarqandda bir, Toshkentda bir qo‘yiladir-da, shu bilan studiyaning yozliq ishi 
tamom bo‘ladir.. 
Bu yil (1925—1926 yillarda) esa studiyadan umumiy fanlar bilan ona tili fani 
muallimsizlikdan chiqoriladir, boshqa ingichka san’at fanlari boyag‘iday davom 
etdiriladir. Ayniqsa, o‘tkan yil qadim zamon teatr tarixini o‘qutgan muallim va munaqqid 
Filippov bu yil studiya talabalarini Maskavdagi teatrlarning tarixlari va masalalari bilan 
tanishtiradir. «Sahna hunari»ning muallimlari esa bu yil «Xasis»ni bir oz tuzatmak bilan 
birga mashhur rus adibi Gogolning o‘lmas kulgusi bo‘lg‘on «Tergovchi»ni inqilobiy 
fojealardan «Labbay» (Exo) ni so‘ngra Xolxo‘ja qo‘rboshi turmushidan so‘zsiz o‘yin—
«Qorovul uyqusi»ni tayyorlaydilar. Bundan boshqa o‘z muallimlarimiz o‘rtoq Uyg‘ur 
tomonidan kaminaning «Yorqinoy» («Sarkash qiyo») pesasi tayyorlandi. Bulardan 
«Yorqinoy», «Tergovchi» pesalari Farg‘onaning Namangandan boshqa hamma 
shaharlarida «Labbay» bilan «Qorovul uyqusi» Toshkentda, Samarqandlarda qo‘yildi. 
Oldimizdagi bir qish tahsil bilan studiya tamom bo‘ladir. Undan so‘ng Maorif 
komissarligimizning fikriga qaraganda, o‘sha studiya talabalari asos qilingani holda 
markaziy va doimiy jumhuriyat teatrimiz tashkil qilinsa kerak. Shu yil teatrning qoshida 
o‘ziga maxsus studiyasi (maktabi) bo‘ladir. U holda, Maskav studiyasi, ehtimol, tamom 
berkitilsa. 
Bu yil ingichka san’at fanlaridan ba’zilari chiqarilib, o‘rinlarig‘a boshqalari 
kirgiziladir. Chunonchi: yuz yasash (grim), sahna yasash (dekoratsiyachilik) va 
boshqalar. 
Bu yilgi repertuarda milliy narsalar ko‘proq bo‘lsa kerak: «Yorqinoy» xomroq 
bo‘lgani uchun yana ishlanmakchi; kaminaning 4 pardalik «Uzun quloq bobo» degan 
pesasi ham repertuarg‘a kirsa kerak. Yana boshqa milliy pesalar topish harakati bor. 
Studiyaning o‘zi bilan qisqacha tanishtirg‘ondan keyin endi uning sayohatidan ham 
ozroq gapirib o‘taylik. Toshkentda (teatr san’atining bu markazida) —studiyaning 
moddiy muvaffaqiyati mazasiz bo‘ldi. O‘zbek bazm to‘dasi moddiy jihatdan aqllar 
ishonmasliq muvaffaqiyat qozong‘on holda studiyaning muvaffaqiyatsizligi albatta 
sababsiz emas. U sabab hattoki ko‘pimizga ma’lum. Bizning milliy cholg‘uvlarimiz 
asrlardan beri bazmlarimizda tayyorlanib, xalqning ruhiga singib ketgan yengil bir 
shabada ham uni qo‘zg‘ay beradir. Teatr esa biz uchun yangi narsa, so‘ngra minglarcha 


405 
to‘dalarimizning bema’ni va san’atsiz teatrlari xalqni bezdirgan. Shularni anglag‘on 
uchun studiyaning o‘zi ham moddiy muvaffaqiyatga ahamiyat bermadi; bu holatni 
hammadan ko‘ra ko‘proq tushungan Maorif komissarligimiz shu moddiy tejash davrida 
studiyaning moddiy kamchiligini yopdi. 
Moddiy jihat shunday zaif bo‘lsa ham ma’naviy jihati ancha yaxshi bo‘ldi. San’atni 
tushungan kishilar keldilar, ko‘rdilar, harorat bilan olqishladilar. Ana shu olqishlar, ana 
o‘sha samimiy aloqa studiyaga ruh berdi; bu olqishlar bu kun bir hovuch bo‘lsalar ham, 
samimiy bo‘lg‘onlari uchun kelgusida u hovuchlarning hech qayerga sig‘may ketishiga 
qat’iy imon keltiradilar. 
So‘z oxirida studiya talabalari to‘g‘risida ikki og‘iz gapirib o‘taylik: men, studiya 
bilan birga bir yarim oycha yurib chinakam san’at fidokorlarini ko‘rganimga ishonib 
suyundim. Moddiy muvaffaqiyatsizlik hali bizning ko‘p «fidokorlarimizni» yarim yo‘lda 
yo‘ldan uradir. Bular o‘z hayotlaridagi moddiy muvaffaqiyatsizliklarga ham e’tiborsiz 
qaradilar va ko‘zlarini qizil Maskavning toglar qadar teatrlarig‘a tikib turib: «— Bizning 
tilagimiz shunday!» deydilar… 
__________________ 
Maskavdagi dramstudiyamiz — «Er yuzi» jurnalining 1926 yil 12-sonida bosilgan. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish