3.2.49.
Bazm-Cholg‘i To‘dasi (1926)
O’zbekiston maorif kamisarligi tomonidan «Davlat bazm-cholg‘i (konsert) to‘dasi»
tashkil qilinmoqchi bo‘lunub bu ishning ashulachimiz Muhitdin Qori Ya’qubiyga
topshirilg‘onini gazetalarda o‘qub edik. U to‘g‘rida; maorif kamisari o‘rtoq Mo‘min
Xo‘janing maxsus maqolasini o‘qug‘och, u ishga mazkur kamisarlik tomonidan qanday
jiddiy ahamiyat berilganligini ham o‘rgangan edik. Maorif kamisarligimiz so‘ng
vaqtlarda ilm-madaniyat ishlarining boshqa xillari qatorida ingichka san’atlarga ham
jiddiy ahamiyat bera boshladikim, buni ko‘rgach sevinmay va uni olqishlamay
turolmaymiz.
Boshqa sharqli jumhuriyatlar bu yo‘lda, albatta bizdan ko‘prak ishlaylar. Buni ham
quyunib, ham sevinib iqror qilishqa to‘g‘ri keladir. Yaqinda Totoriston jumhuriyati o‘z
sahnasining 20 yilliq bayramini juda zo‘r tantanalar bilan o‘tkazdi. Bayramdan so‘ng
406
Maskavga borib o‘yin qilg‘on totor davlat dramasi haddan tashqari katta muvaffaqiyatlar
qozondi, Maskavdagi totorlar va boshqa Sharq xalqlarigina emas, hatto Sharqqa qiziqqan
ovrupolilar ham chinakam ko‘ngil qo‘ydilar. Ozarbayjon jumhuriyati o‘zining teatr
bayramini mundan bir-ikki yil burun o‘tkazgan edi. Tunov kungina Ozarbayjon maorif
kamisarligi tomonidan davlat opera artisti Bulbul o‘rtoq qo‘l ostida yuborilg‘on 7—8
kishilik shirin bir cholg‘i to‘dasi Maskavning Sharq doiralarini ancha qo‘zg‘olon qilib
ketdi. Kechagina yana o‘sha Ozarbayjon maorif kamisarligi tomonidan mashhur xalq
hofizi Sarobskiy yo‘ldoshlig‘ida yuborilg‘on 20—30 kishilik muhtasham bir cholg‘i
tudasi Meyerho‘ld teatrida Maskavning ovrupoli qismini ham ancha anglantirdi. Uch
kunga deb tayinlangan bazm-cholg‘i (konsert) lar yana bir necha uch kunlarga cho‘zuldi.
Bu so‘nggi to‘dada Qofqosiya millatlarining uch katta shoxidan vakillar bor edi: gurji,
armani, ozarbayjonlilardan. Cholg‘i to‘dasining chinakam usta ustozi do‘qtur Yivnasioni
edi. Maskav gazetalarida «Qofkosiya jaz bandi» deb u to‘g‘rida ko‘pgina narsalar
yozdilar.
Shunday bo‘lg‘ondan keyin maorif kamisarligimizning so‘ngg‘i tashabbusini «hali
ertak» deganlar bo‘lsa, ularga «siz kech qoldingiz» deyishga hammamizning haqqimiz
bordir albatta!
Mana, qarshingizda mashhur Yusuf qiziq: biri Xudoyorxondan qolg‘on, yana biri
ham kecha-ilgari kundan burunroq qoplang‘on ikki katta nog‘orani oldiga qo‘yub olibdir-
da, bir qo‘lida «taq» cho‘pini urub, yana bir qo‘lida «tum» cho‘pini ko‘tarib turadir...
Nog‘oraning bir tomonida — o‘ng tomonda yolg‘iz nayni juda alamli lirik qilib
cholg‘uchi Abdulqodir naychi o‘lturadur. Uning pastida jumhuriyatimizning hozirga
qadar birgina bo‘lub kelgan hunarmand qo‘shnaychisi o‘lturadur: uning ismini aytib
o‘lturush ham lozim emas: «qo‘qonli qo‘shnaychi» desak hamma biladir. So‘ng ularning
yon-berlarida Tuqtasin gijjakchi, Usta Olim changchi, Muhitdin Hoji tanburchi, Hayit
Oxun tanburchi, Orifjon va Jo‘raxon yallachilar, katta o‘yunchilardan Otaxo‘ja
Muhammad Bobo hofiz, uning yo‘ldoshi Xudoyberdi, o‘zbek xotinlaridan Tuhfanisa,
Tojinisa, Xonchanisa opalar o‘lturadirlar.
Nahoyat o‘ng qo‘l tomondan hammadan chetda o‘zimizning Muhitdin Qori bilan
Tamaraxon (Kamara bilan Tamara orasida menimcha farq yo‘q!) o‘lturadirlar.
407
Yaqindagina Muxtoruva xonimning «ashula bazm»larida Toshkentning
muhtasham «Qolizey»si 6 marotaba to‘lib-toshdi. Yaqinda bizning shu bazm-cholg‘i
to‘damiz ham Farg‘onada birinchi bazmini qurg‘on vaqtida ko‘plar xafa bo‘lib, so‘kib
chiqib ketdilar. Nimadan xafa bo‘lub, kimni so‘kdilar: joyning torligidan xafa bo‘lub,
joyni tor solg‘onlarni so‘kdilar... Kechagina O’zbekiston markaz ijroqo‘mining
Samarqandda bo‘lg‘on to‘rtinchi yalpi majlisida to‘daning birinchi chiqishi bo‘ldi.
Jumhuriyatimizning katta-kichik eranlari hammasi bor edi. Haddan tashqari ko‘b qilinib
tuzulgan program hech kimni to‘ydurmadi. Hamma barobar, hamma bir tilak bilan
olqishladi. Yo‘ldoshboy akam chidamadilar, chiqib so‘zladilar, xursandlik bildirdilar:
demak, ko‘plar hursandlik bildirdilar; demak, ko‘plar xursand bo‘lg‘on! Firqa
markazqo‘mining mas’ul sarkotibi o‘rtoq Ivano‘f qizib-qizib Yusuf qiziqni chaqirar edi.
Yusuf qiziq chiqmadi. Chiqmas — emish-da. Chunki bu bizning tariximizning
tadqiqiga aloqador (etnografi) to‘da emish. Men Yusufjonni, uning o‘tkur hajvli — pochti
dohiyona gaplarini juda yaxshi ko‘rsam-da, to‘daning asosiga qarshi bo‘lgum kelmaydir.
Chinakam, bizning cholg‘imiz yo‘qolib ketishidan saqlonmog‘i lozim, kuylarimiz
unutilish va buzulishdan asralmagi darkor. Ko‘pdan beri darkor bo‘lg‘on bugun kech
bo‘lsada tuzulibdir. Yashasun yashnasun, bizning kutgan tilaklarimizni bersun.
Bizning vazifamiz — o‘shalarni tor burchaklardan keng maydonlarga olib chiqish,
o‘sdirish, parvarish qilish, tarbiya berishdir. Ijtimoiy hududlar ichida parvarish
topaturg‘on bolaning ijtimoiy hodisalarga begona qolishi mumkinmi? Yo‘q!
Demak, bu kunning vazifasi o‘sha qari bolani parvarish qilmoq!..
«Davlat bazm-cholg‘i to‘dasi»
— O‘zbekistonda ilk ashula va raqs ansambli, .1926
yilda Samarqandda M. Qoriyoqubov rahbarligida tashkil qilgan.
Muhitdin qori Ya’kubiy — Muhitdin Qoriyoqubov (1896—1957), o‘zbek
san’atining taniqli arbobi, O‘zSSR xalq artisti.
Bulbul o‘rtoq
—
Bulbul Mamedov (1897 — 1961), ozarbayjon artisti, opera solisti,
SSSR xalq artisti (1938), professional vokal maktabi va muzika teatri asoschilaridan biri.
«Mana, qarshingizda…»
— maqolaning bu tarzda yozilishiga sabab shundaki,
«Maorif va O’qitg’uvchi» da fotosurat e’lon qilingan (ayni shu sonda), Cho‘lpon esa unda
aks etdirilganlarni tanishtiradi go‘yo. Bu suratdagilardan eng mashhurlari: Yusufjon
408
qiziq, To‘xtasin g‘ijjakchi (T.Jalilov), Usta Olim, Orif garmon (O. Toshmatov), Jo‘raxon
yallachi (J. Sultonov), Muhitdin Qoriyoqubov va Tamaraxonimlardir.
Yo‘ldoshboy akam
—
Y. Oxunboboyev (1885—1943), taniqli davlat arbobi, 1925
yildan O‘zSSR Markaziy Ijroya Komitetinipg raisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |