(«Tago‘r» — anglizcha aytilishidir. Asl bangalcha hindchasi «k» bilan
«Tako‘r»dir. Ch.)
1913 nchi yilda ham anglizcha tarjumai hol majmuasi mundan ortiq ma’lumot
bermaydir.
Tago‘r qadim naslli bir braxman oilasiga mansubdir. Uoila Kalkuttada «Tago‘r»
nomli ko‘chada 150 yildan ko‘proq bir zamondan beri istiqomat qiladir. Tago‘rlar oilasi
qadim zamonlardan beri Ovrupo bilan munosabat qilib, uning urfonini o‘rganib kelgan,
Rabindranatning katta bobosi Dorkanat Angliya va Fransiyaga borib, o‘sha vaqtning
qirollari (Viktoriya va Lui Filipplar) bilan ko‘rishgan. O‘z otasi «alloma» ma’nosida
bo‘lg‘on «magarish» laqabi bilan laqablangan. O‘zining tarjumai holini yozg‘on va u asar
anglizchaga tarjuma qilinib bosdirilg‘on. Uning bir birodari shuhratli rassom bo‘lib,
hunarlari Angliyaning rasm ko‘rgazmalarita chiqadir. Yana bir birodari Surindrama Gun
1875 yilda Kalkuttada hind musiqasi to‘g‘risida anglizcha bir kitob bosdirtqon.
Tago‘rning eng katta va Sharq ruhi bilan G‘arb asosini birlashtirgan asari «Shanti
nekiton»da ochqon maktabidir. U maktab 1901 nchi yildan beri davom qiladir va o‘zi
o‘rmonlar orasida, otasining yolg‘iz qolib o‘ylashni sevgan joyida ochilg‘ondir. Daraxtlar
orasiga tomi maysa ko‘katlardan yopilg‘on olachiqlar (kapalar) tikilgan, ular —
397
shogirdlarning yotoqxonalaridir; muallimlarning uylari ham o‘shanda, shogirdlarning
adadi 200 ga yetadir. Maktab tamoman hind tarzidadir, o‘qitg‘uchi va o‘qig‘uvchilar —
kiyim, yashash, urf-odat va anglash jihatidan asl hindilardir. Darslar ochiq havoda
bo‘ladir. U maktabga Angliya hukumati moddiy yordam bermakchi bo‘lg‘onda Tago‘r
rad qilg‘on va muning sababini shoirning o‘zi bir ziyoratchiga tinch bir jilmayish bilan
jilmayib turub, mana munday ko‘rsatgan: «Ular mening bolalarimni iskamiya (kursi)
larda o‘lturishqa majbur qilar edilar, mening fikrimcha ular daraxtlar ostida va bo‘yralar
ustida o‘lturub o‘qusalar yana, yaxshiroqdir». Maktabda shu milliy xususiyatlardan
boshqa bu kungi G‘arb maktablarining mehnat va muxtoriyat asosi ham tatbiq qilinadir.
Chunonchi uy ishlarining hammasini — to kir yuvishgacha bolalarning o‘zlari qiladilar,
ro‘zg‘or, xo‘jalik ishlarini bolalar orasidan saylang‘on qo‘mita bajaradir, maktab
mudirini ham muallimlar o‘z oralaridan saylaylar. Tartib va intizomni kattalar sudi bilan
kichiklar sudi amalga qo‘yadir va ikkalasi ham saylanib qo‘yiladir.
Tago‘rga «o‘lim»ning zarbasi ham juda qattig‘ bo‘lg‘on. Shuning uchun uning
asarlarida «o‘lim» to‘g‘risig‘a ko‘b uchratiladir. 1885 nchi yilda birodarining xotini
o‘ladir; 1902 nchi yilda xotini, o‘g‘li va qizi o‘ladir; 1905 yilda kichik o‘g‘li va otasi
o‘ladir. 1918 da yaia bir qizi o‘ladir.
Tago‘rning she’rlari hammasi degunday kuyli, kuylari — xalq kuyi. Uning har bir
she’ri o‘z kuyi bilan xalq orasida o‘quladir, u o‘z she’rlariga kuylar ham topadir, no‘ta
ham yozadir. Bu ulug‘ kishi to‘g‘risida uzunroq yozishni birorta jiddiy asari o‘zbekcha
chiqar vaqtqa qoldirib, bu safar uning bir ashulasini tizma yo‘li bilan tarjuma qilib
beramiz (adabiyot bo‘lumida).
________________
Tago‘r va tago‘rshunoslik. — «Maorif va O’qitg’uvchi» jurnalining 1925 yil 11—
12 qo‘shma sonida e’lon qilingai.
Gandhi
— Mahandas Karamchand (1869—1948) — Hindistonda milliy ozodlik
kurashining rahnamolaridan biri, taniqli mutafakkir. Hind xalqi uni «Mahatma» (buyuk
qalb) deb atagan.
«Yaits»
— ingliz ismining arab alifbosidagi yozilishini shartli ravishda qoldirildi.
Cho‘lpon nazarda tutgan kishining nomini topishga muvaffaq bo‘lolmadik.
398
«Qadim naslli brahma oilasi»
— Hindistondagi tabaqalanishga ko‘ra brahmanlar
oliy tabaqa kishilari sanalgan bo‘lib, ular katta imtiyozlarga ega bo‘lganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |