Jo‘rj Danden.
— «Zarafshon» gazetasining 1927 yil 16 iyun sonida bosilgan.
Molyer
— Moler, haqiqiy ismi-sharifi Jan Batist Poklen (1622 — 1673) frantsuz
dramaturgi, aktyori, teatr arbobi. Qator komediyalar muallifi, haqli ravishda frantsuz
komediyasining otasi sanaladi. «Jorj Danden yoki ahmoq qilingan er» nomli komediyasi
1688 yilda sahnalashtirilgan.
416
«Maskov teatr maktabimiz tomonidan»
— Molerning «Xasis» p’esasi 1925 yil 14
iyulda sahnaga qo‘yilgan.
«Asl javhari ochilmadi»
— obrazning mohiyati ochilmadi degan ma’noda
qo‘llanyapti.
3.2.53.
«Oydin» (1927)
Iyunning 15-ida chorshanba kuni Boku teatr texnikumidagi talabalarimizning
uchinchi o‘yunlarini ko‘rdik. Bu daf’a tarjima emas, tabdil qiling‘on bir asar, Ja’far
Jaborzodaning «Oydin» nomli fojeasi qo‘yilg‘on edi. 25—30 yillik bir tarixga ega
bo‘lg‘on Ozarbayjon turk teatri, bu asarni so‘nggi bir-ikki yil ichida repertuvaridan sira
tushurmaydi. Hozir munday yaxshi asarlar turk xalqlari sahnalarida barmoq bilan
sanaladi. Hatto, bu kun teatr san’atining markazi sanalg‘on Maskavda ham yaxshi teatrlar
uchun yaxshi asarlar topilmasdan, repertuvar masalasi bosh aylantirguchi masalalardan
biri bo‘lib yuradi. O‘zi yaxshi bo‘lsa ruhi (mazmuni) to‘g‘ri kelmay qoladi, ruhi yaxshi
bo‘lg‘onlarining yozilishi zaif bo‘ladi va hokazo… Shunday bo‘lg‘ondan keyin milliy
jumhuriyatlarning sahnalarida yaxshi asarga muhtojliq hammadan ko‘b ko‘rilib,
hammadan ko‘b seziladi. Bu, ko‘z oldimizda o‘tib turgan ahvol.
Jabborzodaning bu asari haqiqatning qoq o‘rtasidan kovlanib oling‘on bir mavzuni
sahnalashdirgan bo‘lsa ham, juda ko‘ngilchak (sentimental) bir ruh bilan yozilg‘on.
Asarning shirin va yoqimli tili, boshdan-oyoq odamliq (kosmopolit) fikrlarini to‘kib
turadi, asarning bosh qahramoni Oydin, tinchimas va to‘polonchi, ko‘nglidan hamma
vaqt odamliq, ayash va qizg‘onish tuyg‘ularini chiqarib turadi. U, Abdusalimzoda
Muhammadhodining «Firdavsi alhomat» degan asaridagi yer yuzi jannatlarini istaydi,
dunyoni «oltin» degan balodan qutulg‘on qilib ko‘rmakchi bo‘ladi. Xotini Gultaksin
tuzuk-qo‘ruq bir ko‘ynagi yo‘g‘lig‘idan, lyak ro‘molini paranji qilib bekitib yuradi.
Oydin bo‘lsa o‘z eliga Napoleo‘n va Chingiz hashamati bilan kirishni istaydi, shuni xayol
qiladi… Bu Oydin, asrimizning manxali darvishlaridan; odam aqlli ish qilib, ishlab
basharning dardiga malham bo‘lish o‘rniga—siz… siz… o‘zingizning nima ekaningizni
bilmaysiz, anglamaysiz! — deydi. Tegrasidagi hammani «bilmaslar» deb o‘ylaydi.
Holbuki, o‘zi o‘z xotinining uni deb (ya’ni Oydinni deb) nomusini sotishg‘a majbur
bo‘lg‘onini bilmaydi. Umri o‘t aravada o‘tgan, fikri tilla soat va tilla uzuklardan
417
ayrilmag‘on axmoq bir boy xotininiig to‘rt og‘iz g‘arazli gapiga ishonib, qilcha aybi
bo‘lmag‘on Gultaksinga bo‘lmag‘an og‘ir so‘zlarni tashlaydi. Oydin «shapkali» dedim,
Oydin palli bir turkning shapkasi bo‘lg‘ondan keyin, u «munavvaz» dir, madaniydir.
So‘zlari oltindan qimmat bo‘lsa ham, salbiy, yomon, yaramas madaniydir. Dunyo zulmu
jabrga to‘lg‘on bo‘lsa, achchiq qilib, «vo‘dka» ichish kerak ekanmi? Bitga achchiq qilib
to‘nni kuydirish lozim ekanmi? Jabru zulmda entikkan odam bolalarining alamlarini oz
bo‘lsa ham, jindek bo‘lsa ham yengillatish har bir sog‘lom kishining qo‘lidan keladi-ku.
Olaylik Davlatbek boyning zovutidagi ish tashlashni: ishchilar ish tashlag‘onlar bola-
chaqalari bilan och yotalar boy hammasini zovutdan haydamakchi, bechora ishchilar
nima qilishlarini bilmaydilar, ularga yo‘l ko‘rsatish kerak: Yo‘lni kim ko‘rsatadi?
Bilganlarmi? Bilganning biri va kattasi Oydin bo‘lsa, bolg‘ani olib u bilan gaplashadi,
unga «sen bilmaysan» deydi: Zovutg‘a o‘t qo‘ymoqchi bo‘ladi, qo‘yolmaydi, boshqalar
qo‘yib yuborsa, «suv bering, suv! Madaniyat kuydi!» deb boqiradi… Munday bashariyat
xodimi bilan haligi ha deb «jahannamga» deb yura turg‘on jinni ishchining orasida nima
farq bor? Nima farq?
Bu asarni tekshirib o‘ltirmoqchi emasman, u ko‘b cho‘zilib ketaturg‘on narsa.
Munga gazeta betlari torliq qilib qoladir. Asarni bir necha daf’a o‘qib, ko‘rib so‘ngra
durustroq tekshirmak mumkin. Hozircha men bosh qahramon to‘g‘risida kerak deb
olganim gaplarni aytib ketdim.
Endi o‘ynalish jihatiga kelsak, yana burung‘i gapni qaytarishg‘a to‘g‘ri keladi.
Talaba holidag‘i yigitlarimiz uchun bu asar og‘ir. Ayniqsa, Oydin bilan Gultaksinning
ro‘llari juda kuchli va mohir akto‘rlar talab qiladi. Oydin bilan Gudtaksinni o‘ynagan
akto‘r o‘sadi, tez o‘sadi; u ikki ro‘l, tarbiya berguvchi ro‘llardandir. Shuning uchun
yuhorida ta’rif qiling‘on Oydinni biz bu daf’a qoniqib ko‘ra olmag‘on bo‘lsak, bilmadim
kimni ayblashg‘a to‘g‘ri kelar ekan. Mencha hech kimni… Shubhasiz bu kecha Oydin
ro‘lini o‘ynag‘on Rahimberdi, so‘ngroq o‘sadi, lekin, «bu ro‘l o‘shaniki bo‘ladi» deyish
ham mumkin emas. Aynihsa, Gultaksin ro‘lidagi qiz Nazira, u hali ham umud beradi. Boy
ro‘lidagi Sayfi qori juda yot ko‘rindi. Demak, merosxo‘r boybachcha; u holda uning
buzuqlig‘i o‘tkur qilib ko‘reatilsa bo‘lar edi. Boyning xotini ro‘lidagi qiz sahnada o‘zini
erkin tutadi, bu birinchi muvaffaq bo‘lish demakdir, Boshqalar o‘zlariga yarasha tekis
o‘tdilar. Qo‘yilish va ziynat jihatlaridan kamchilik ko‘b bo‘ldi.
418
____________
Oydin
— «Zarafshon», 1927 yil 20 iyun.
Tabdil
— a., o‘zgartish, almashtirish. Bir-biriga yaqin tillardagi asarlarning
tabdilini tarjima deyilmaydi. Bu o‘rinda ozarbayjon turkchasidan o‘zbek turkchasiga
almashtirish nazarda tutiladi — tabdil shu.
Ja’far Jabborzoda
(1899—1934) — ozarbayjon dramaturgi, rejisser, teatr arbobi.
«Oydin» pesasi 1922 yilda yaratilgan.
Rahimberdi
— R. Pirmuhammedov (1897—1972), o‘zbek teatri va kino aktyori,
SSSR xalq artisti.
Nazira
— Nazira Aliyeva, 1912 yilda tug‘ilgan, o‘zbek aktrisasi, O‘zbekiston SSR
xalq artisti.
Do'stlaringiz bilan baham: |