419
mashhur qiziqlardan Pantalo‘ni, Truffaldin va Birigallalarga uchraymiz. Ular sahnaning
hammavaqt ko‘rina turg‘on tanish yuzlari, chehralari bo‘lg‘onlari uchun «maska» (niqob)
nomini oldilar. «Komedi darlort» deganlari «Niqobdorlar qiziqchilig‘i» degan mafhumni
onglatadi. U qiziqlarning yana bir xususiyatlari ijodchi bo‘lishlarida edi. Ya’ni asl
piyesada ularning so‘zlari kam bo‘lib, kerak joyda ular o‘sha zamonning qiziq gaplaridan
qo‘shib so‘zlar edilar. Ular kuchli ijodchi bo‘lg‘onliqlaridandirkim, tomoshachilarni
hamma vaqt piyesada yozilmag‘on so‘zlar bilan kuldirib kelganlar.
Butun dunyo miqyosida shuhratga ega bo‘lib qolg‘on Yevgeniy Vatang‘o‘fning 3
mashhur «tuzma»
[1]
sidan biri o‘sha Karlo‘ Xo‘tsining «Malikai Turondod» degan asari
edi. Bu asar Vaxtang‘uf nomidagi teatrda shu yil qishda 500 nchi marta qo‘yilishining
to‘yini qilib o‘tkazdi. Har yakshanba kuni kunduzi, umuman ko‘b bayramlarda bu asar
to‘qtovsiz qo‘yilib turadi. Hamma vaqt tomoshachilar bilan teatr sahni liq to‘la bo‘ladi…
«Agar yosh turib o‘lib ketmasaydi, chinakam inqilob teatrini yaratqon bo‘lar edi»,
deydilar uning to‘g‘risida. Chinakam quvvat va qudrati endi ochilib kelayotqonda juda
yosh o‘lib ketdi. «Ming gulidan bir guli ochilmasdan» so‘ldi bechora.
Inqilobni ko‘plardan burun qabul qilib, unga unab,
u bilan ishlamakka bel
bog‘lag‘on Vatango‘f inqilobdan burun yozilg‘on asarlarga — o‘yin yo‘li bilan — inqilob
unsurlarini payvand qilardi. Bolchiqli Meterlinkning «Anton avliyoning karomati» degan
asarida. Vaxtang‘o‘f yuqori tabaqa odamlarini juda qattig‘ masxara qiladi. Unda
«burjuazi»ning turli rangdagi kishilari eng olchoq qiliqlar bilan ko‘rsatiladilar.
«Gabelma» degan yahud teatri uchun qo‘yib bergan asarida, «Hadebuk»da yahud
xalqining necha yuz ming yilliq alamlarini juda o‘tkur qilib ko‘rsatadi.
Xo‘tsining «Turondod» degan asari erga tegishni istamagan va erkakdan jirkangan
«nozli» bir xitoy malikasini tasvir qiladi. Qizning otasi Xitoy xoqoni Altaum qizining
«nozi» uchun hadeb bosh kesdiradi. Qizining erga tegmak uchun qo‘yg‘on sharti —uchta
jumboq (tobishmoq) ni hal etib berishdir; hal etkanlar — qizni olalar, eta olmag‘onlar —
boshlarini kesdirtalar… Astarxondan bir no‘g‘oy xonining o‘g‘li borib, jumboqlarni
topquncha qancha yigitlarning boshi ketadi. Bu o‘zimizning eski Sharq hikoyasi
majmualarida («Haft paykar»larda) uchrab yurg‘on xayoliy hikoyalardan bittasidir.
Mavzu e’tibori bilan bu asar foje’dir, qo‘rqinchdir. Lekin boyag‘i
Italiya qiziqlaridan bir
nechtasi aralashib qolg‘oni uchun bir necha joyda yaxshi kulgilar beradir. Asarning
420
tubandagi qiziqlik xususiyatiga «niqoblar qiziqchilig‘i» yo‘lining ijodiy imkonlariga juda
chuqur tushungan Vaxtang‘uf qo‘rqinchli, foje’li asarni juda qiziq bir kulgiga aylantirdi.
Asarning mavzuini, rejasini, mafhumini o‘zgartmasdan yangi shakl berdi; o‘yun,
tuzma va mafhumni chuqur onglash yo‘llari bilan asarni boshqa qolibqa soldi. Asardagi
qiziqlar, bukun ham o‘sha qadimgi ismlarini taniganlari holda, bu kunning
tomoshachisini bu kunning mavzulari bilan kuldiralar. Shuning uchun Xitoyning necha
ming yil burung‘i turmushidan oling‘on, balki yolg‘iz xayol mevasi bo‘lg‘on bu qadim
asarda…
bu kunning radiosi, futo‘g‘irof mashinasi, anket to‘ldirishlari to‘g‘risida
so‘zlanadi; o‘sha muyumlarning o‘zlari sahnada ko‘rinadilar…
Vaxtang‘o‘f tuzmasining yana bir to‘b tilagi: xurofotdan tomoshachini
sovutmoqdir. Ya’ni asar bo‘lg‘on bir voqeaday emas yaxshi, yengil,
silliq va tekis
o‘ynalg‘on bir uyunday ko‘rinadi.
Vaxtang‘o‘f bizga — tomoshachilarg‘a butun asar bo‘yicha «Ishanmang!
Ishanmang! Bu—bo‘lg‘on gap emas! Yolg‘on bir hikoya! Bu «o‘yun» deb turadi. Shu
uchun o‘ynag‘uchilar (qiziqlardan boshqalari) tugal sahna kiyimi kiyib lozlarini bo‘yab
chiqmaylar. To‘g‘ri, o‘z kiyimlari bilan chiqalar-da, tomoshachilar oldida mayda-chuyda
lattalarni u yer-bu yerlariga ilib, tashlab, bog‘lab… xitoy ertagisining qahramonlarig‘a
jindak o‘xshab olalar… Jindak! Biz, tomoshachilar Altaum podshoh ro‘lini o‘ynag‘on
Uyg‘urni, shahzoda o‘ynag‘on Abror bilan Hojiqulni, qiz ro‘lidagi Tursunni, Sora,
Zamira, Bahrinisa va boshqalarni bahuzur tanib o‘ltiramiz…
Bizni shu hikoyatga
ishantirmaslik uchun o‘yun yo‘li bilan ham birmuncha choralar ko‘rilgan.
Maskavdagi dram maktabimiz bu yil shu asar ustida ishlamakchi bo‘ldi.
Vaxtang‘o‘fning shogirdlaridan Simo‘nif rejisso‘rliqqa chaqirildi. U Vaxtang‘o‘f teatri
o‘ynovchilaridan ikki kishi Talchanif va Basif o‘rtoqlarning ko‘magi bilan ishga
boshladi. Asarning tarjumasi kaminaga topshirilg‘on edi. Qofiyasiz lekin 11 hijoli vazn
bilan tarjuma qilib chiqishqa muvaffaq bo‘lindi. Albatta istudiya «ish» deb turg‘on vaqtda
o‘ylayib-netib, ishlab-tuzatib o‘ltirishqa to‘g‘ri kelmadi. Bu uning boshqa o‘yunlari
qatorida bir o‘yuni bo‘ladir. Lekin asar tayyorlanmoqda; kelasi yil teatr faslida yosh
jumhuriyatimizning yosh poytaxti u asarni ko‘ra oladi. Munga ishonamiz.
Asar navbatdagi bir piyesa qo‘yilishi kabi qo‘yilmasdan, fan-tahlil yo‘li bilan
qo‘yildi desak bo‘ladi. Rejisso‘r va uning emakdoshlari u asarni sahnaga qo‘yib berish
421
uchun emas, o‘sha asar ustida istudiya talabalariga sahna darsi berish uchun ishladilar.
Shu uchun bu asar bizning sahnamizda ortiqcha hurmat qozonolmog‘onda hamki, sahna
kuchlarimizning yuksalishi va o‘sishi uchun katta xizmat qilg‘on bo‘ladi. «Sahnamizda
hurmat qozonolmog‘onda» dedim, bundan maqsadim shu: Maskavda jahonlar qadar dong
topqon bir asar bizda balki juda xor bo‘lar: Maskav tomoshachisig‘a sira yoqmag‘on bir
narsa bizda katta hurmat topar, sevilar. Bu farq har kim uchun ochiq va ravshan bo‘lg‘on
farqdir. Munda asarning yolg‘iz bir dars quroli bo‘lg‘onini ko‘z oldida tutish kerak.
Io‘qsa, o‘tkan yildagi kabi yanglish tushunchalar bo‘lmog‘i mumkin. Ya’ni, o‘tgan yil
dram istudiyamiz ruschadan tarjuma asarlarni ko‘nrak olib borg‘oni uchun hajviy
«Mushtum» da jiddiy koyishlar bo‘ldi. «O‘z turmushimizni keltirmagan!» dedilar. U
asarlariing rus rejissurlari tomonidan maktabda tayyorlang‘on darsliklar ekani
tushunilmadi. Munosabat kelgan vaqtda shu yerni picha oydinlashtirib o‘tishni lozim
ko‘rdim.
[1]
«Tuzma»ni «postanufka» o‘rnig‘a ishlatdim. (Ch.)
Do'stlaringiz bilan baham: