Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.51.
 
Tiyotru Tanqidlariga Ahamiyat (1927) 
Bizning chinakam tiyotrumiz qurilish arafasida bo‘lsa ham, bu kunga yetguncha 
xiyla mazgillar otdiq. Orqamizda taxminan 12 – 13 yilliq havaskorlik yo‘li qoldi. Chin 
ma’nosi bilan tiyotrumiz emas, sahna bilan oshnolig‘imiz boshlang‘ichlikdan chiqdi. Shu 
uchundirkim tiyotrumizg‘a endi jiddiy talablar berilib, muhim vazifalar yuklatila 
boshladi. Demak, biz sahnada (qaytarib aytaman: sahnada!) ancha o‘sdik. 


413 
Faqat tanqid jihatimiz tiyotrumiz bilan birga bora olmay yotibdir. Tanqidchilarimiz 
nima uchundir tiyotru san’atini yaqindan anglayolmag‘an holda maydonga chiqadirlar. 
Buning sababini nimadan aqtaramiz? Menimcha, sahnamiz uning o‘z ichiga kirganlar 
tomonidan zo‘r g‘ayrat bilan ilgari olib borilmoqda; o‘sha sahna xizmatchilarining 
faoliyati bilan yuksaltirilmakdadir. Ammo sahna ahli, sahnani sevganlar va sevdim 
deganlar o‘yin o‘ynalg‘an kuni bir tomoshachi qatorida zalga kirib o‘ltirib, o‘yin bitgach, 
o‘sha kunlik taassurotni ko‘tarib mubohasa yo‘li bilan uyga qaytadirlar. Erta bilan uxlab 
turkanlarida kechagi taassurotlaridan hech narsa qolmaydir. Chunki ular o‘z ishlariga 
ketadirlar. Ba’zi bir sahna ahli yoki «san’at muhiblari» tekin belat (kantramarka) olish 
uchungina san’atga sevgi baslaydirlar. Bu yaramas jarayon hatto tushunchali 
yigitlarimizni ham, taassufga qarshi, hanuz o‘z oqishig‘a solib ketmakdadir. 
Maqsaddan jindak uzoqlashdiq. Men demak istaymankim, tiyotru tanqidchilari ham 
haligi «muhiblar» va ahllar orasidan chiqadir, shu uchun tanqidimiz o‘yimizdan keyinga 
qolib boradir. Tanqidni, boshqa bir ta’bir bilan aytsak, yalang «ro‘baru kelgan» 
(sluchaynыy) kishilar yozalar. Tabiiy, bundan sahnaning yuksalish va tuzilishiga foyda 
emas, 
zarargina 
keladir. 
«Zarafshon»ning 425-sonida «Surgun» piyesasining tanqidi* bosilg‘an. U, meningcha, 
tanqid emas, oddiy bir tomoshachining san’atdan yiroq taassurotidan iboratdir. 
«Qo‘lini unday qilmadi, munday qildi», – degan tanqidlar… «Terazaning sinishi 
chiroyliq bo‘ldi», – degan tahsinlar… 7 – 8 yil burun kelishsa kelishardi. Bu kun 
o‘ynalg‘an asarning ruhini ochib tashlash kerak. Bu kun qo‘yishdag‘i asosiy 
kamchiliklarni ko‘rsatish kerak. Bu kun o‘ynovchining tubli xato va fazilatlarini 
ko‘rsatish kerak. Bu kun, nihoyat, tamoyil (uklon)larni ochib berib, yo‘l-yo‘ruq ko‘rsatish 
kerak. Yo‘l-yo‘ruq ko‘rsatish ham yana a’zo-badanni qimirlatishg‘a oid bo‘lmasdan, 
umumiy asoslarda bo‘lmog‘i kerak. U qo‘l-oyoq qimirlatish masalalari rejisso‘r va 
o‘ynovchining ishidir. «Oh!» «O‘ldim!» «Kuydim, yondim!» – deganda mutloq 
ko‘krakni ushlash kerak emas; shunday qilmag‘an o‘ynovchini ayblash tanqid emasdir. 
Rejisso‘r va o‘ynag‘uvchi har kimga va har onda o‘ziga, o‘z shaxsiga yarashar qiliq 
qildirig‘a ixtiyorlidirlar. Bu qiliq va bir harakatni ushlab olib har qayda va har onda shuni 
qila berish «muhrli» (shtampovannыy) harakat ataladirkim, sahna olamida yaramas 
fazilatlardandir. 


414 
Sahna xizmatchilari sahna muhiblari, sahna ahllari va, umuman, san’at 
sevganlarning e’tiborlarini tanqidimizning bu qizg‘inch ahvoliga jalb qilamen. 
«Zarafshon» gazetasining 1927 yil 4 yanvar sonida «Cho‘lpon» imzosi bilan 
bosilgan. «Adabiyot nadir» maqolalar to‘plamida qayta chop etilgan. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish